Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi


Download 176.5 Kb.
bet8/10
Sana22.02.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1222697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tutdoshlar oliasi

Urgʻochi gulning eng pastki qismi-tuguncha, oʻrta qismi – ustuncha va ustki qismi – tumshuqchadan iborat. Tumshuqcha changlanish vaqtida changlarni qabul qilib oladi, ustuncha tumshuqchani tuguncha bilan birlashtiradi va uni ozmi – koʻpmi balandlikka koʻtarib turadi; tugunchaning ichida urugʻkurtaklari (makrosporantiyalar) boʻladi. Urugʻlanishdan keyin bulardan urugʻlar hosil boʻladi, tuguncha esa mevachaga aylanadi. Binobarin, tuguncha urugʻ kurtaklari bilan birga onalik (ginetsey) ning muhim qismini tashkil etadi.
Tutning urgʻochi (onalik) guli kosa shaklidagi gultevarakligining ikkita yashil bargchasi gulning ichidan, ikkitasi sirtidan onalikni oʻrab olgan boʻladi. Urgʻochi gul tugunchasi gul tevarakligining ustki qismida joylashganligi uchun, uni ustki erkin tugunchali gul deyiladi. Tuguncha bir xonali boʻlib, ustuncha orqali tumshuqcha bilan birlashadi. Urgʻochi gulning ustunchasi tutning turiga qarab uzun va qisqa boʻladi. Bu sistematika jihatidan ahamiyatlidir. Baʼzi tugunchada ustuncha boʻlmaydi. Ustunchasiz tugunchada joylashgan gul tumshugʻiga kalta pocha deyiladi. Onalik tumshuqchasi qoʻsh qanotli boʻlib, sirtida juda koʻp tukchalar joylashgan. Bu tukchalar otalik changini ushlab qolishga yordam beradi. Tukchalarning tubidan maxsus shira (qand eritmasi - enzim) chiqadi. Bu eritmada tumshuqchaga otalikdan tushgan gul changi boʻrtib, naycha hosil qiladi.
Urugʻkurtak yadrosining ichida joylashgan murtak qopchasi yettita hujayradan tuzilgan. Oʻrtadagi eng katta hujayraning markazida ikkita yadrodan hosil boʻlgan ikkilamchi yadro bor, uning ikki ichki tomoniga uchtadan yalongʻoch hujayra kelib yopishadi. Ularning har qaysisida oʻziga xos yadrosi va parda bilan ajratilgan alohida protoplazmasi boʻladi. Urugʻ yoʻli yaqinida turuvchi uchta hujayra tuxum apparatini hosil etadi. Bu apparat bitta tuxum hujayra (urgʻochi gameta) va ikkita yordamchi hujayra (sipergidlar) dan iborat. Murtak qopchasida, tuxum hujayrasiga qarama-qarshi tomonida uchta hujayra joylashgan boʻlib, ularga antipodlar deyiladi.
Urugʻlanish hodisasi quyidagicha roʻy beradi: erkak gulning changi oq rangli onalik tumshuqchasiga tushgach, bir necha soat, baʼzan bir necha minutdan keyin chang naylari oʻsa boshlaydi va u tumshuqchaning etiga kirib, soʻngra tuguncha devorchalari orqali urugʻkurtakka va urugʻpoyaga qarab oʻsadi. Changdagi oziq moddalar (kraxmal, shakar, moy) tumshuqcha va urugʻkurtakdan ajralib chiqadigan oziq moddalar bilan qoʻshilib, urugʻ yuli tomon oʻsayotgan chang naychalariga sarf etaladi. Onalikning eti orqali koʻp chang naychalari bir tomonga qarab oʻsadi. Nihoyat, eng hayotchan va kuchli naycha urugʻ yoʻliga birinchi boʻlib yetib keladi va urugʻkurtak yadrosiga hamda murtak qopchasiga kiradi. Soʻngra chang naychasining uchi yoriladi.Uning ichidagi ikkita jinsiy hujayra (sperma) ning bittasi tuxum hujayra bilan va ikkilamchi yadrosi bilan qoʻshiladi, yaʼni qoʻshaloq urugʻlanish hodisasi roʻy beradi. Bu hodisani 1898-yilda mashhur rus botanigi S.G.Navashin kashf etgan.
Urugʻkurtak qoʻshaloq urugʻlangandan keyin uruqqa aylanish jarayonida eng oldin murtak qopchasidagi ikkilamchi hujayradan hosil boʻlgan endosperm (jamgʻarilgan oziq modda), soʻngra tuxum hujayradan roʻyobga kelgan murtak rivojlana boshlaydi. Shunday qilib, urugʻkurtaklardan urugʻlar, uning qoplagichlaridan urugʻ poʻstlari, tuxum hujayradan murtak hosil boʻlib, murtak qopchasining ikkilamchi yadrosi boʻlgan hujayra endospermaga, tuguncha esa mevaga aylanadi.

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling