Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi
Download 176.5 Kb.
|
Tutdoshlar oliasi
Oʻsimlik sistematikasini birinchi marta shved olimi Karl Linney 1735-yilda ishlab chiqqan. Bunga qadar oʻsimliklarning aniq ismi va morfologik terimini yoʻq edi, yaʼni maʼlumotlar tartibsiz holda edi. Linney “avlod” va “tur” tushunchasini kiritib, oʻsimliklarga aniq ilmiy nom berdi. Lekin, bu sunʼiy tartib edi, chunki Linney sistematikasida oʻsimliklarning kelib chiqishi va qarindoshligi inobatga olinmay, balki ixtiyoriy ravishda ular otalik gullarining soniga, oʻrnashishi va oʻzaro birikish usuliga qarab sinflarga boʻlinadi. K.Linney taʼrifiga koʻra, oʻzaro bir-biriga oʻxshagan, oʻzining barcha asosiy belgilarini oʻzgartmay nasliga oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar yigʻindisi tur deb ataladi. Lekin, hozirgi vaqtda tur va avlodning oʻzgaruvchanligi haqidagi maʼlumotlarning paydo boʻlishi, yaʼni muddat, ichki jarayonlar va insonning taʼsiri natijasida tur, Linneyning oʻsimliklar sistematikasi XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib koʻp olimlarni qanoatlantirmay qoʻydi. 1819-yilda Dekandolʼ tartibi paydo boʻlib, bunda oʻsimlik turlari bir qator belgilar yigʻindisiga koʻra avlodga, undan oilaga, soʻngra kattaroq gruppalarga - sinf va boʻlimga jamlanadi. Bu esa oʻsimliklar oilasini ancha aniqroq belgilab berdi. Ushbu sistematikada ham bir qancha kamchilik mavjud, chunki bunda avval murakkab oʻsimliklar, soʻng tuban oʻsimliklar taʼriflanadi, yaʼni sistema yuqoridan pastga tushishga asoslangan.
Turlarning oʻzgaruvchanlik haqidagi va ularning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi Ch.Darvin (1859) taʼlimoti oʻsimlikning filogenetik turkumlashni yaratishga yordam berdi. Olimlardan Engler, Vettiteyn, Grossgeym, Kuznetsovlarning oʻsimliklarning umumiy sistemasi haqidagi maʼlumotlar ham birmuncha ahamiyatga molikdir. Bu sistemalarning hammasi yuqoridagi sunʼiy sistemalardan shubhasiz ustun tursa ham, lekin birortasi talabga toʻliq javob bermaydi. Har biri oʻziga yarasha afzalliklarga ega holda kamchiliklardan ham holi emas edi. Bu sistemalarning asosiy belgisi oʻsimliklarning pastdan yuqoriga (tuban oʻsimliklardan murakkab oʻsimliklarga) tomon tartibda joylanishidir. Tut daraxti P.M.Jukovskiyning oʻsimliklarni bir va ikki pallalilarga boʻlinishini hisobga olgan holda, akademik A.A.Grossgeymning 1945-yilda yaratgan yopiq urugʻli oʻsimliklarni felogenetik (ketma - ketlik) sistemasi asosida quyidagi tartibda taʼriflanadi. Yopiq urugʻlar boʻlinishi – Angisperamaye; Ikki pallalilar sinfi – Dicotuledoncaye; Qichitqigullilar tartibi – Urticales; Tutgullilar oilasi - Moraceaye; Tut avlodi – Morus. Qichitqigullilar tartibiga qayragʻochsimon (Ulmaceaye ) qichitqisimon (Urticaceal) va tutsimon (Moraceaye) oilalari kirib, ular bir-biriga yaqin turadi. Qayragʻochsimonlarga qimmatli va juda koʻp tarqalgan yirik daraxtlar: silliq qayragʻoch, chayir qayragʻoch va dala qayragʻochi kiradi. Ularning gullari ikki jinsli boʻlib, barg yozishdan oldin gullaydi. Gul tevarakligi tilikli kosasimon, 4-5 otaligi va bitta onaligi bor. Barglari choʻzinchoq tuxumsimon (patsimon), chetlari arra tishli; mevasi - pistacha (qanotli) urugʻcha boʻladi. Qichitqisimonlarga qichitqi oʻt (Urticales L.) kirib, u nashaga oʻxshaydi, lekin qichitadigan tukchalari, butun barglari va otalik toʻrt boʻlakli, gultevarakligi boʻlishi bilan undan farqlanadi. Gullari yashil, mayda, bir jinsli, barg qoʻltigʻida roʻvak (popuk) lari boʻladi. Urgʻochi gullarida bitta onalik boʻlib, uning bir uyali tugunchasi, roʻvaksimon ogʻizchasi va har xil uzunlikdagi toʻrtta gultevarakligi, bargchasi boʻladi. Mevasi – yongʻoqcha. Yosh qichitqi oʻtdan ovqatga solinadigan oziq sifatida ham foydalaniladi. Voyaga yetgan qichitqining poyasidan yaxshi tola olinadi. Bu oilaga Xitoy qichitqi oʻti yoki rami (Bochmeria) ham kiradi. Uning qichituvchi tuklari boʻlmaydi, uning boʻyi 2 metrgacha yetib, juda yaxshi sifatli tola beradi. Barglarining ostki sirti oqimtir baxmalsimon tusda boʻladi. Tutsimonlar (Moraceaye) oilasiga 65 avlod va 2000 ga yaqin tur mansub boʻlib, tropik hamda subtropik daraxt va butalar, shuningdek oʻrta iqlimda tarqalgan chirmashuvchi yoki tik turuvchi oʻtsimon oʻsimliklar kiradi. Chirmashuvchi oʻsimliklardan kulmoq- xmel (Humulus lypylys) ning barglari panjasimon boʻlakli, novdada barglar qarama-qarshi oʻrnashgan, yon bargchali; ikki uyli, guli mayda yashil tusli. Erkak gullarining gultevarakligi beshta yashil yoki sargʻish tojbargdan iborat, beshta otalik shu tojbarglarga qarama-qarshi oʻrnashadi. Urgʻochi tuplarining gullari va gultevarakligi boʻlmaydi, chunki uning oʻrnida oʻralib turgan gul yon bargchalari boʻlib, bitta yuqori tugunchali va ikkita ipsimon tumshuqchali onalik mana shu bargchalarga oʻrnashgan boʻladi. Mevasi - yongʻoqchadir. Kulmoqning “boʻqoqcha”larida lupulin moddasi boʻlib, u pivo qaynatishda ishlatiladi. Boʻqoqchalar boshoqsimon urgʻochi toʻpgulidan paydo boʻladi. Tutsimonlar oilasiga yana nasha (Cannabis sativa) kirib, u bir yillik oʻsimlik, tik oʻsadi. Ikki uyli va madiniylashtirilgan. Bir uylisi ham uchraydi, uni tolasi va moyi uchun ekiladi. Erkak tuplari erkak nasha deyiladi. Gullari roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Urgʻochi tuplari ancha pishiq va koʻproq bargli, boshoqsimon toʻpgulli boʻlib, ular barg qoʻltiqlarida joylashadi. Hind nashasida mast qiluvchi modda - gashish boʻladi. Nasha uch turga boʻlinadi. Tutsimonlar oilasidan boʻlgan baʼzi tropik oʻsimliklarda sutsimon shira va kauchik (Ficus yeloctica) koʻp boʻladi (V.I. Isain, 1959). Oʻtsimon oʻsimliklar bilan bir qatorda tutsimonlar oilasiga kiruvchi toʻrtta avlod sobiq SSSRda koʻproq oʻsadi, ular koʻp yillik daraxt hisoblanadi. Bular tut – Morus, tikonli daraxt- Maclura, qogʻoz daraxti – Broussanetia va Anjir – Ficus carica dir. Tutgullilar oilasiga kiruvchi bu avlodlarning xarakterli belgisi shundaki, ularning hammasida sutsimon suyuqlik mavjuddir. Barglari yaxlit yoki kertikli hamda barg shapalogʻining kertikli darajasi juda oʻzgaruvchan, uning qirrasi tekis yoki oddiy - arrasimon tishli, gullari bir jinsli toʻpgulli, mevasi soxta meva va toʻpmeva yigʻilgan. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling