Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
3.2-jadval69
To‘y/bayram konseptiga oid so‘zlarning yasama shakli
Ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid so‘zlarni morfemik tahlil etgan holda o‘zbek tilidagi so‘zlarning yasalishi farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab olamiz. Ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid morfemalar mustaqil va tobe morfemalarga bo‘linib, mustaqil qo‘llanila oluvchi morfemalar mustaqil morfemalar deyiladi, yakka holda qo‘llanila olmaydigan, mustaqil morfemaga qo‘shilib undan yangi so‘z yasash, qo‘shimcha ma’no berish uchun ishlatiladigan morfemalar tobe morfemalar hisoblanadi. So‘zlarning yasalishiga keladigan bo‘lsak, ingliz tilida mavjud bo‘lgan so‘zlarga affikslar(prefix va suffiks) qo‘shish, ikki mustaqil morfemani birlashtirish orqali(composite words) orqali turli so‘z turkumlariga oid yangi so‘zlar hosil qilinadi. Bilamizki so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish natijasida ularda tovush tushushi yoki almashinilishi(fleksiya) mumkun. Ingliz tilidagi qo‘shimchalarni o‘zbek tilidagi kabi so‘z yasovchi(derivational) va shakl yasovchi (inflectional)qo‘shim-chalarga bo‘lamiz, marri/ed so‘zidagi -ed qo‘shimchasi shakl yasovchi (zamon,sifatdosh) bo‘lsa marri/age dagi -age qo‘shimchasi ot yasovchi morfema hisoblanadi. Bride ,groom, love, nuptial, vow, ring, witness kabi so‘zlar tub so‘zlar hisoblanadi. Misol uchun pro/pos/al so‘zining asosi pose fe’lidan olingan.70 Pose fe’li gavdani tutib turmoq ma’nosida hozirgi kunda ishlatiladi, lekin tarixan turmush qurushni taklif qilmoq sifatida qo‘llanilgan. Ikki mustaqil morfemalarni birktirgan holda to‘yga aloqador qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi va ingliz tilida qo‘shma so‘zlar tuzilishi jihatdan 3 guruhga bo‘lib, ya’ni ochiq, yopiq, chiziq orqali beriladigan qo‘shma so‘zlarga bo‘linadi. To‘yga oid so‘zlar misolida qo‘shma so‘zlarni ko‘rib chiqamiz. -stag night, best men, open marriage, bridal party kabi birikmalar ochiq qo‘shma so‘zlar(open compound words) -brides/maid,bride/groom,grooms/men,honey/moon, newly/weds, pageboy kabilar yopiq qo‘shma so‘z bo‘lib(open compound words), ularning orasida qo‘llanuvchi qo‘shimchalar infikslar deb ataladi. - (-) bilan shakllangan qo‘shma so‘zlar(hyphenated compound words): bride-to-be,, mother-in-law,father-in-law, sister-in-law, brother-in-law, mail-order. Misollardan shuni anglash mumkunki, ingliz tilidagi ochiq qo‘shma so‘zlar deb atalgan bridal party, wedding breakfast, wedding shower kabilar o‘zbek tilida so‘z birikmasi hisoblanadi. Chunki o‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlar so‘z birikmasidan farqli o‘laroq qo‘shib yozilib, umumlashgan ma’no hosil qiladi. Biroq ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarning tuzilishi o‘zbek tilidagi qoidalarga mustasno ekanligini anglashimiz mumkun. Ingliz tilida (-) belgisi nafaqat juft, takror so‘zlarni yasashda, balkim qo‘shma so‘zlarni yasashda ham qollaniladi, farqli tomoni ohangning va takrorlashning mavjud emasligidir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling