Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
3.3-jadval76
“Marriage” leksemasining sinonimlari
Ingliz tilidagi wedding – to‘y konseptiga oid so‘zlar ma’lum bir leksik maydonni hosil qiladi va shu maydondagi til birliklari asosida ushbu konsept oydinlashadi. Engagement-betrothal-affiancing so‘zlari unashtirish ma’nolarini bildirib, o‘zaro qo‘llanila oladi. Feast(bazm)-banquet-meal(taom)intertaiment(ko‘ngilochar mashg‘ulotlar) kabi so‘zlar bilan shakldosh bo‘lsa, intertainment so‘zining ma’nodoshlik munosabati ma’lum bir konteks orqali namoyon bo‘ladi, bu yerda wedding feast to‘y bazmini ifodalab ushbu so‘zlar bilan sinonim bo‘la oladi. Wedding vow birikmasidagi ‘vow’ so‘zi promise(mutloq sinonim)pledge, oath so‘zlari bilan kontektual sinonim hisoblanib, to‘y kunidagi kelin va kuyovning bir biriga beradigan qasamidir. Divorce, split up, break up, annulment, separation – ajrashish leksemasining ma’nodoshlik munosabati natijasi bo‘lsa ushbu so‘zlar o‘z o‘rnida marriage leksemasiga antonim hisoblanadi. O‘zbek tilining lug‘at boyligining tarkibida to‘y/bayram konseptiga oid birliklar mavjud bo‘lib, marosimlarning nomlanishi o‘rtasida ham ma’nodoshlik holati mavjud. Misol etib beshikkerti, atashtirish, etakjirtish, belquda kabi ma’rosimlar mantiqan qiz va yigitni bolalik paytida yoki tug‘ilmasdan oldin bir biriga atab qo‘yishni anglatgani uchun o‘zaro sinonim bo‘la oladi. Eshikshipirdi, sovchilik marosimi nomlari qizning uyiga og‘iz ochish maqsadida bajarilgan. Sep/sarpo, chimildiq/go‘shanga, to‘y/bayram/ziyofat/marosim, to‘yxat/taklif-noma, kelinsalom/yor-yor, turmush qurmoq-oila qurmoq kabi juftliklarni sinonimlar, turmush qurmoq/ajrashmoq, nikoh/taloq, sevgi/nafrat kabi so‘zlar antonimlar yoki zid ma’noli so‘zlar deb ataladi. To‘y bilan bog‘liq marosim nomlarining hozirda ishlatilmasligi sababli eskirgan so‘zlar qatoriga kiritish mumkun, misol uchun, kampiro‘ldi, itirrilar kabi marosim nomlari hozirda xalq orasida qo‘llanilmaydi. Bridalope so‘zi qadimgi ingliz tilidagi nikoh marosimlariga nisbatan ishlatilib, kelinning kuyovning uyiga qochishi ma’nosini bildirgan, biroq hozirgi kunda bu so‘z yuqorida to‘y bilan bog‘liq sinonimlari bilan almashib, bu so‘z ishlatilgan jihatda ham odatiy to‘y ma’nosida emas, kelinning hufyona to‘yiga qochishi, yashirin to‘y ma’nosida ishlatiladi. To court(uchrashmoq) asosan eski ingliz tilida qo‘llanilib, to date/woo leksemalari bu so‘zning o‘rniga ishlatiladi. Espose – uylanmoq, plight your troth – turmush qurisjga va’da bermoq, to wive – tumush qurmoq so‘zlari shular jumlasidandir. Eskirgan so‘zlar bilan bir qatorda to‘y konseptiga oid yangi so‘zlar ham kirib kelmoqda. Misol uchun fotosessiya-surʻatga tushish marosimi, love story – yigit va qizning sevgi tarixini yoritib beruvchi video yoki surʻatga tushishi, marry me – yigitning qizning qo‘lini so‘rash marosimini ifodalovchi birliklar kirib kelmoqda. Bu birikmalarning o‘zbek madaniyatiga xos emasligi, lug‘at tarkibida tog‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmasligi sababli, ushbu so‘zlar ingliz tilidan shundoqligicha muomalaga kirib keldi. Bilamizki har bir tilda o‘ziga xos hududiy shevalar, ma’lum bir qatlam tomonidan og‘zaki nutqda foydalinalidan birikmalar mavjud. Xususan, Farg‘ona vodiysida mehmonchaqirdi marosimi Toshkent shevasiga ko‘ra challari deb, kelin tomonning kuyov tomonga yuboradigan ziyofati kuyov ziyofat deb nomlansa, Andijon viloyatida mazari(katta, kichik mazari) deb nomlanadi. Surxondaryo vohasida beshikkerti, etakjirtish marosim nomlari, vodiy hududlarida quloqtishlash nomi bilan ataladi. Ingliz tildagi slang atamasi jargon soziga mos ravishda tushuniladi va juda norasmiy deb hisoblanadigan so‘zlar va iboralardan tashkil topgan til turi bo‘lib yozma nutqdan ko‘ra og‘zaki nutqda ko‘proq uchraydi va odatda ma’lum bir kontekst yoki odamlar guruhi bilan cheklanadi. -to get hitched/to marry – turmush qurmoq; -wife/missus/old lady/wifey/the boss/ball and chain – wife kimningdir ayoli; -hubby/beau/partner/mate/fiancé/other half/loverboy/husband – kimningdir turmush o‘rtog‘i; -grenville/father-in-law – qaynota, qizning otasi; -mob/mother-in-law – qaynona,qizning onasi; -the one – kimningdir jufti; -bridezilla – to‘yni rejalashtirish jarayonida xatti-harakati juda yomon bo‘lgan ayolni tasvirlash uchun ishlatiladi; -shot gun wedding – tezlashtirilgan to‘y( kelib chiqishi homiladorligi sababli qizning otasi tomonidan yigitga qurol o‘qtalib, uylanishga majburlash); -stagette-bachelorette/hens party – Kanadada qo‘llanilib, yigit yoki qizning turmush qurushdan oldin do‘stlari bilan birga nishonlaydigan bazm; The boss(boshliq) Britaniyada ishlatilganlarning eng keng tarqalgan sleng bo‘lib, AQShda mashhur bo‘lgan ball and chain(to‘p va zanjir) atamasi britaniyaliklar tomonidan ham keng qo‘llanilgan va ishlatilgan. O‘zbek tilidagi xotin, er, erga tegmoq, turmushga chiqmoq kabi leksemalar va birikmalar sinonimik qatorda salbiy bo‘yoqdorligi bilan asosan og‘zaki nutqga xos va shu bilan birga slenglar ham og‘zaki nutqga xosligi, hududiy va ma’lum guruh tomonidan qo‘llanilishiga ko‘ra ajralib turadi. To‘y leksemasi efimizm sifatida salbiy ma’no beruvchi so‘zlarning o‘rniga, muloqotda ishlatiladi, masalan uzoq umr ko‘rgan insonning vafoti to‘y so‘zi bilan keltirilishi mumkun. Ingliz va o‘zbek tillari iboralarga, maqollarga boy tillar ekanligini to‘y konsepti bilan bog‘liq misollarda tahlil qilib isbotlashimiz mumkun. Maqollar asrlar davomida shakllangan va xalqning hayot tarzi, urf-odati tog‘risida ma’lumot beruvchi xalq og‘zaki ijodi mahsulidir. Ingliz tilidagi to‘y konsepti bilan bog‘liq maqollarni o‘rganar ekanmiz, ularning o‘zbek tilidagi maqollar bilan solishtirib ketamiz. Ikki madaniyatda ham oila qurish ulug‘lanib, xalq maollarida buning ahamiyati yoritilgan, misol uchun, a man without a wife is but half a man(xotinsiz erkak-bu yarim erkak) – xotinli er - er, xotinsiz er - yer; man without a woman is like a ship without a sail(ayolsiz erkak yelkansiz kemaga o‘xshaydi); wives must be had, be they good or bad(ular yaxshi yoki yomon bo‘lsa ham, xotinlar bolsn); a good wife and health is a man’s best wealth(yaxshi xotin va sog‘liq - bu erkakning eng yaxshi boyligi) – xotinning yaxshisi erning kamoli, xotinning yomoni erning zavoli. O‘zbek tilidagi “to‘yda to‘ningni teskari kiyma” maqoli o‘zbek madaniyatidagi mehmondo‘stlikning ahamiyat kasb etilishi tushunilibgina qolmay isrofgarchilikka to‘la hozirgi o‘zbek to‘ylarini aks ettiradi. Frazeologik birliklar hisoblangan to‘y konseptini ifodalovchi ideomalar har bir millatda turli konseptlar orqali ifodalanadi. Ushbu jadvalda ingliz tilidagi ideomalar va ularning o‘zbek tilidagi ma’nolari ifodalangan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling