Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3 ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarining sintaktik sathda ifodalanishi
3.4-jadval77
Ingliz tilidagi ideomalar va ularning o‘zbek tilidagi ma’nolari
3.3 ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarining sintaktik sathda ifodalanishi Har bir konsept o‘zining ma’nosini matnlarda, gaplarda, so‘z birikmasi orqali yanada oydinlashtiradi va so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik munosabat orqali so‘z birikmalari va gaplar hosil bo‘ladi. Dissertatsiyamizning ushbu faslida to‘y va bayram(marosim) konseptining semantik maydonini hosil qiluvchi leksemalar bilan erkin birikish asosidagi so‘z birikmalariga to‘xtalamiz. Mustaqil so‘z birikuvi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: -barqaror birikma(mustaqil so‘zning barqaror birikuvi nutq uchun avvaldan tayyor qilib qo‘yiladi). Yuqorida tahlil qilgan to‘y konseptiga oid frazeologik birikmalar, maqollar nutqga tayyyor holda kirib keladi. -erkin birikma (nutqiy birikma – har bir so‘zlovchi tomonidan yaratiladi: to‘y qilmoq, sovchilikka bormoq, kelin va kuyov). To‘y marosim nomlarining aksariyat qismi so‘z birikmasing ma’lum bir ma’noni anglata oladigan leksemaga aylanishi sababli yuzochar, oqkiydi, mehmonchaqirdi, sabziarchdi, oynako‘rsatar, sochsiypatar kabi marosim nomlarini ifodalovchi qo‘shma so‘zlar kelib chiqqan. Biroq so‘z birikmasi va gap holatidagi marosim nomlariga Sh.Qurbanazarova ota yupatar, qo‘liga yog‘ tomizar, kelin osh yemadi ( turg‘un birikma holatida)marosim nomlarini ta’kidlab o‘tadi.78 Ingliz tilidagi va o‘zbek to‘y leksemasini oladigan bo‘lsak, 3 turdagi munosabatda so‘z birikmasi hosil qiladi. Ingliz tilida civil, religious, traditional, white, grand, large, simple, small, dream, fairytale, lovely, perfect, romantic wedding kabi so‘z birikmalarni, o‘zbek tilidagi dabdabali to‘y, ikkinchi to‘y, katta/kichik to‘y singarilarni bitishuv munosabatli so‘z birikmalariga misol bo‘ladi. Boshqaruv munosabatli: announce, arrange, book, organize, plan, can-cel, postpone, attend, be invited to kabi fe’lllar wedding so‘zidan oldin qo‘llanilib boshqaruv munosabatli so‘z birikmasi hosil qiladi. O‘zbek tilidagi to‘y qilmoq, to‘yni rejalashtirmoq, tashkillamoq, o‘tkazmoq, kechiktirmoq, buzmoq (tushum kelishigi orqali), to‘yga bormoq, kelmoq(jo‘nalish kelishigi orqali), to‘ydan qaytmoq, kelmoq(chiqish kelishigi), to‘yda bo‘lmoq, kuylamoq, ovqatlanmoq(o‘rin-payt kelishigi) kabi birikmalar boshqaruv munosabatli so‘z birikmalari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi nikoh to‘yi, xatna/ sunnat to‘yi, beshik to‘yi, diplom to‘yi, uy to‘yi, to‘y sovg‘asi, to‘y kuni, to‘y kechasi birikmalarida hokim so‘zdagi qaratqich kelishigining tobe so‘zda egalik qo‘shimchasi orqali o‘zaro moslashuvi sababli moslashuvli birikmalar hisoblanadi, biroq ingliz tilidagi bunday holat uchramasligi sababli wedding day, wedding ring, bride’s veil kabi birikmalar boshqaruv munosabatli hisoblanadi. O‘zbek madaniyatida, ingliz madaniyatida bo‘lgani kabi, duolar, tabriklar, tilaklarning o‘sha madaniyatdagi to‘y konseptini ochib beruvchi asosan gap shaklidagi birliklar hisoblanadi. Quyida ota-onalar, yaqin qarindoshlar, do‘stlar tomonidan bildiriladigan duo va tilaklarni tahlil etamiz. Baxtli bo‘linglar, qo‘sha qaringlar – I bless you for a new family life. Ushbu gapdagi ma’noviy o‘xshashlik bo‘lsada, sintaktik jihatdan turli usullar orqali ishlatilmoqda, chunonchi, o‘zbek tilida buyruq ohangida, ingliz tilida habar-darak ohangida Olloh o‘z panohida asrasin! – God bless you! Sizlarni chin yurakdan tabriklaymiz! – Dear bride and groom! We sincerely congratulate you on your legal marriage! Sizlarga yorug yo‘l tilaymiz, bir biringizni qadrlang – Live together, love each other. Ko‘zlaringiz baxtdan porlasin! Hayotingiz quvonchga to‘lsin – May life be full of happiness! Bir biringizga sodiq boling, etagingiz bolaga to‘la bo‘lsin – Keep faithful, raise children. Ifoda maqsadiga ko‘ra buruq-istak gaplarning turlari orqali ingliz va o‘zbek lingvokulturologiyasida to‘y tilaklari bildiriladi Ingliz va o‘zbek madaniyatida qadaq so‘zlar(Wedding Toast) va tabriklarni ifodalovchi gaplarda so‘zlarning o‘z manosida, ko‘chma ma’nosida, iborlarning keng qo‘llanilishi bilan bit-biriga o‘xshaydi va ularda ekspressivlilik, his hayojon ustivorlik qiladi. O‘zbek tilidagi baxtli bo‘lgin, kelgusi yil beshik to‘ylaringda qatnashaylik, serfarzand, serdavlat bo‘lgin va boshing toshdan bo‘lsin, uying nurga to‘lsin, etaging bolaga to‘la bo‘lsin, tushgan joyingda toshdek qotgin kabi ko‘chma ma’nodagi tilaklar mavjud. - Let me congratulate you on your marriage! - I hear you got married. Congratulations! - May (all) your dreams come true! - I wish you happiness!, I want you to be happy! - Let me congratulate you on your marriage! -The kingdom of the family is the kingdom of the woman. A smart, kind, unreasonable wife can, like a good fairy, create an atmosphere of love, joy, happiness and bright light at home. It is in the power of a woman to make a long golden morning out of married life. We wish all this to our newlyweds, we wish them a happy family life. Bitterly! Har bir tilaklar his hayajonga boy bo‘lib, unda so‘zlovchining madaniyatidan kelib chiqqan holda, ushbu gaplarni tashkil etuvchi birliklar til egalarining asrlar davomida shakllangan urf, odati, yashash tarzi, orzu umidlari aks etadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi nikoh vaqtidagi nutqiy aktlarda so‘roq gaplarning qo‘llanilishini quyidagi keltirilgan misollardan aniqlashimiz mumkun. ________, do you take ________ to be your wedded wife, to live together in marriage. Do you promise to love her, comfort her, honor and keep her For better or worse, for richer or poorer, in sickness and health And forsaking all others, be faithful only to her? So long as you both shall live? (Groom): “I do” ________, siz nikohda birga yashash uchun_______ni rafiqa sifatida qabul qilasizmi? Siz uni sevishga, tasalli berishga, hurmat qilishga va uni yaxshi yoki yomon, boy yoki kambag‘al, kasal yoki sog‘ paytida doimo birga bo‘lishga va faqat unga sodiq bo‘lishga va’da berasizmi? Umringizning oxirigacha birga bo‘lishga va’da bersizmi? Abdulla Qodiriyning “O‘tgan Kunlar” asarida keltirilgan parcha orqali nikoh marosimidagi so‘roq shaklidagi gaplarga misol keltiramiz: “Sizkim Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizini o‘zingizga shar’iy xotinliqqa qabul qilasizmi?”79 Ingliz tilidan farqli o‘laroq o‘zbek tili “ha” so‘zining o‘rniga aynan savol berilgan fe’l bilan javob berilishi lozim va qabul qildim deya o‘tgan zamon birinchi shaxsda keltiriladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling