Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


UMUMIY XULOSA...…………………………...……………………….......….75


Download 0.52 Mb.
bet2/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

UMUMIY XULOSA...…………………………...……………………….......….75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………..………………………………79

KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi davr dunyo tilshunos olimlari olamning milliy va lisoniy manzarasi, turli millat va elatlarning estetik qadriyatlari, turmush tarzi hamda an’analarining tilda ifodalanishini konsept nuqati nazaridan asoslash masalalariga alohida diqqat e`tibor qaratmoqdalar. Konseptning lisoniy xususiyatlarining turli tillararo chog‘ishtirma tadqiq qilish jahon tilshunosligida yetakchi yo‘nalish sifatida tan olingan antropotsentrik nazariya doirasida yangi tendentsiyalarning yuzaga kelishini taʼminlovchi omillardan biri sanalaadi. Kontseptlar tarkibidagi obrazlar xalqlarning milliy madaniyati, dunyoqarash va tafakurining shaklllanishi bilan bog‘liqligi mazkur millatning tafakkuri, estetik ongi, mentaliteti haqida tasavvur hosil qilishi va uning madaniyati, qadriyatlari, urf-odat va an`analarini avloddan avlodga yetkazishi bilan muhimdir. Jahon tilshunosligida til va madaniyat muammolarini aynan antropotsentrik yo‘nalishda tadqiq etish turli millat va elatlar tafakkuri, estetik ongi, va baholash kategoriyasining tilda ifodalanishi, millat mentalitetining tilda aks etish hodisalari lingvomadaniyatshunoslik va kontseptologiya sohasiga doir izlanishlarini yanada jadallashtirdi. Buning natijasi o‘laroq, tafakkur birligi sanalgan kontseptning leksik-semantik maydonini yaratish, til birliklarining kontseptual izohiga doir amaliy natijalarga erishildi. Аyni paytda milliy-madaniy jihatdan farqlanadigan Sharq va G‘arb qadriyatini ifodalovchi turli tillar tizimidagi kontseptlarning lisoniy xususiyatlarini asoslash, baho kategoriyasining lisonda ifodalanishini o‘rganish, til birliklarining madaniyatlararo kontseptual mushtarak va farqli jihatlarini jahon tilshunosligining so‘nggi yutuqlariga tayangan holda tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mamlakatimizda taʼlim va maʼnaviyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan davrda ʻʻ...yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1. Yosh avlodning ilmiy salohiyatini takomillashtirishda innovatsion g‘oyalarning ustuvor strategik yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilishi chet tilni o‘rgatishda tilning kontseptual xususiyatlari, milliy-madaniy faktorlarning ahamiyati amaliy tilshunoslikning ilmiy izlanishlar ko‘lamini ko‘tarishni ustivor vazifa sifatida belgilab berdi. O‘zbekistonda xorijiy tillar, xususan, ingliz tili bo‘yicha turli loyihalarning amalga oshirilishi, ingliz, o‘zbek va qo‘shni davlatlar xalqlari o‘rtasida madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarning yanada mustahkamlashuvi pirovardida yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish yangi davrini boshlab berish uchun mustahkam asos yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- son ʻʻO‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’ʻgi Farmoni, 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda mazkur faoliyatga tegishli qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling