Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Ingliz va O‘zbek tillaridagi to‘y/bayram konseptiga oid etnografizmlarning nomlanishi
Bob bo‘yicha xulosa
Ushbu bob oxirida ushbu magistrlik ishida keltirilgan nazariy bilimlar, taniqli tilshunoslarning bayonotlari va ko‘plab tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar tuzilishi mumkin: 1.Tilga ijtimoiy fenomena sifatida qaralib va tilshunoslikdagi narsa va nom o‘rtasidagi aloqani mavjudligi tarafdorlari analogistlar deb nomlanib, tilning insonlar tomonidan yaratilib, shakl va ma’no til egalari tomonidan yaratilib, ularning o‘rtasidagi aloqaning yo‘qligini ilgari surgan tilshunoslar anamalistlar deb nomlangan. 2.Til va madaniyat tushunchalari lingvokultural tadqiqotlarning asosiy obyekti bo‘lib, u yoki bu madaniyatning kontseptual mohiyatini ochib beradigan turli madaniyatlarning lingvistik qiyofasini o‘rganishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 3.Kontseptsiya muammosi lingvokultural tadqiqotlar fanida keng o‘rganiladi va kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi hisoblanadi. Kontsept inson ongida paydo bo‘ladi va uning bilimi, tafakkuri va dunyoqarashiga ko‘ra bo‘lish haqidagi kontseptual nuqtai nazarini ifodalaydi. 4.Bugungi kunga qadar jahon tilshunosligida kognitiv lingvistika va lingvokulturalogiyada kontsept atamasini izohlash bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi, bu tushuncha nafaqat tilshunoslik, balki xalq madaniyati uchun ham muhim ekanligini isbotladi. 5.Ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konsepti turlicha konseptosferalarni qamrab olib, til egalarining madaniyati, urf-odatlari, hayot tajribasidan iborat bo‘ladi. II bob. Ingliz va O‘zbek tillaridagi to‘y/bayram konseptiga oid etnografizmlarning nomlanishi 2.1 O‘zbek va ingliz tillaridagi tilidagi to‘y/bayram konseptiga oid marosim etnografizmlarining nomlanishi. Har bir millatning o‘z urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, diniy qarashlari mavjud bo‘lib bu tilda yaqqol namoyon bo‘ladi va bir konsept negizida bir biriga o‘xshagan va farqlanadigan leksemalar paydo bo‘ladi. To‘y atamasining etimologiyasiga qaraydigan bo‘lsak, turkiy so‘z bo‘lib to‘y yoki qurultoy shaklida o‘tkaziladigan yig‘in ma’nosida Mo‘g‘ullar va Chig‘atoy xonlari davrida ham keng qo‘llanilgan va to‘y qadim zamonlardan beri ziyofat va dabdaba bilan uzviy bog‘liqliq bo‘lgan odatligi aniqlangan51 O‘zbek tilining izohli lug‘atida “to‘y “ leksemasi: 1.uylanish, turmushga chiqish, xatna qilish va shu munosabatlar bilan ziyofat berib, bazm-tomoshalar bilan o‘tkaziladigan xalq marosimlarining umumiy nomi. 2.Qudalar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kuyov tomondan qiz tomonga beriladigan pul, sarpo, masalliq va shu kabilar majmui. 3.Shu narsalar yuborilishi munosabati bilan kuyov xonadonida, kelishi munosabati bilan qiz xonadonida o‘tkaziladigan marosim kabi ma’nolarda qo‘llaniladi.52 O‘zbek tilidagi birinchi ma’noda qo‘llaniladigan to‘y tushunchasining turlari ham bir necha bo‘lib, nikoh to‘yi, beshik to‘yi, xatna to‘yi, uy to‘yi,moshina to‘yi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Sh.Qurbanazarova yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib, tug‘ilish to‘yi, chilla to‘yi, muchal to‘yi, payg‘ambar to‘yi, hoji to‘y kabi do‘stu-birodarlarga beriladigan ziyofat kabi tushunchalarni keltirib o‘tgan. 53 Bunda nikoh to‘yi qiz va yigit o‘rtasida nikoh rishtalarini bog‘lash maqsadida turmush qurganliklarini xalqga e’lin qilish maqsadida o‘tkaziladigan marosim bo‘lsa, xatna to‘yi og‘il bolalarni sunnat qilinganligi munosabati bilan tashkillanadigan to‘y. To‘yning kata kichikligi oilaning moddiy holatidan kelib chiqqan holda bola katta bolguncha, asosan 10 yoshigacha o‘tkazilgan. To‘ydan avval qarindoshlar,yaqinlar, qo‘shnilarni chaqirgan holda Qur’on tilovat qilingan va keksalar to‘yni boshlash uchun fotixa berib to‘y bolani va uy egalarini duo qilib, oq fotixa berganlar. Hozirda to‘ylar asosan to‘yxonalarda o‘tkaziladi, biroq bunday zamonaviy joylarning paydo bo‘lishidan avval, uyda ertalabdan kechgacha davom etgan. Fargona viloyatida to‘yda ayol mehmonlar davrasida bolaning onasini faqat qiz farzandi bor, o‘g‘il farzand istagida bo‘lgan qarindoshi bilan birgalikda mevali daraxtga bog‘laganlar va ularga sovg‘a-salomlar, pul berishgan, bu sovg‘alarni dasturxonchi vazifasini o‘tayotgan ayolga berishgan. Bu bilan mevali daraxt kabi serfarzand, serdavlat bo‘lishligi, o‘g‘il farzand talabida bo‘lgan qarindoshiga shunday farzandlar nasib etishilishi ma’nosiga ega hisoblanadi. Muchal to‘yi esa islomgacha mavjud bo‘lgan, har 12 yilda takrorlanib keluvchi hayvonlar nomlari bilan ataluvchi yilning nomlanishi va dastlabgi davrlarda sonlar bilan tanish bo‘lmagan xalq ularni hayvon nomlari bilan atay boshlagan. Muchali kirgan insonga qizil kiyimlar, buyumlar sovg‘a qilinib do‘stlari va qarindoshlari o‘rtasida tug‘ulgan kun keng nishonlanadi, odatda yoshlar o‘rtasida bu odatga e’tibor qaratiladi. Ba’zi bir hududlarda bolaga atab oqlik mato olib, masjidga berish, yoki bolaning kiyimidan biron bir sharoiti og‘irroq oilaga berib yuborish kerak degan qarashlar ham mavjud54 Beshik to‘yi(ba’zi hududlarda chillaguzarang ham deb ataladi) asosan chaqaloqning ona tomondagi yaqin qarindoshlari tomonidan o‘tkaziladigan marosim bo‘lib, odatda birinchi marta bolani beshikka solish maqsadida o‘tkaziladi, chaqoloqqa beshik, o‘yinchoqlar, sovg‘alar va uning ota-onasi, buva-buvisiga sarpolar, og‘il bolalar uchun toy ham berilgan.Ba’zi hududlardagi anʻanalarga ko‘ra beshikni avval bobosi ong yelkasida ko‘tarib, so‘ngra dadasiga va onasiga uzatib beradi. Qadimda mehmonlarning kirishida yuziga oqlik ma’nosida un tekkazib qo‘yilgan va va chaqoloqning hayot yo‘li yorug‘ va toza bo‘lishi konsepti mavjud. Marosim oxirida chaqaloq yotgan beshikning ustidan shirinliklar sepilib, sovg‘alar taqdim etilgan. Bu bilan mehmonlar chaqaloqgahayoti davomida shirin va to‘kin yashashligini tilab qolishgan. Hoji to‘yi esa biron bir insonning umra yoki haj safariga borib kelganda, kutib olish maqsadida o‘tkaziladi. Mahalla aholisi, qarindoshlar, tanigan insonlar safardan qaytgan odamni ziyorat qilish maqsadida ko‘rgani kelishadi, dasturxon yozilib mexmon qilinadi, odatda ertasi kuni xoji oshi marosimi o‘tkaziladi. Yangi uy qurganda, ko‘chib kirilganda uy to‘yi marosimi o‘tkaziladi, bunda mehmonlar yangi uy uchun sovg‘alar, buyumlar olib kelib, uy egalarini tabriklashadi. Ingliz va o‘zbek to‘ylari hamda marosimlarining nomlanishida o‘ziga xos o‘xshashliklar va farqlar mavjud bo‘lib, ushbu faslda ingliz tilidagi to‘y etnografizmlarining nomlanishi misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu bobda o‘zbek va ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid til birliklarni quyidagilarga bo‘lib o‘rganib chiqamiz: -to‘y bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar -ularning ishtirokchilari - kiyim-kechaklar nomlari - to‘y konsepti bilan bog‘liq buyumlar nomlari - to‘y konsepti bilan bog‘liq taom nomlari - to‘y konsepti bilan bog‘liq rang - diniy motivlar(islom dini, zartushtiylik, xristian dini aqidalariga muvofiq) -kuy- qo‘shiqlar matni O‘zbek tilidagi to‘y konsepti tarkibiga kiruvchi nikoh to‘y marosimlarining sanog‘i juda ko‘p va ular haqida bobning boshida ma’lumot berib ketildi. Hozirgi o‘zbek to‘y marosimlari yillar davomida ham shaklan ham mazmuman o‘zgarganligini ko‘rishimiz mumkun. To‘ydan oldin bajariladigan marosimlar: eshikshipirdi, sovchilik, oqkiyish marosimi, fotixa to‘yi, maslaxatoshi, kuyovziyofat berish, ko‘ch jo‘natish, ko‘rpasolar, xatmi, sabziarchdi, sepyoydi, to‘y kuni bajariladigan marosimlar: otayupatar, nikoh, kelinsalom, oyoqbosdi, payondozsoldi, qo‘lushlatar, oynako‘rsatar, sochsiypatar, to‘ydan so‘ng bajariladigan marosimlar: yuzochar, septarqatar, surpayoydi, challari,mehmonchaqirdi, kuyovchaqirdi, otako‘rdi. Sh.Qurbanazarova o‘z dissertatsiyasida to‘y marosimlarini ta’riflab bergan.55 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling