Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


Ingliz tilidagi to‘y oldi marosimlarining nomlanishi quyidagich


Download 0.52 Mb.
bet9/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

Ingliz tilidagi to‘y oldi marosimlarining nomlanishi quyidagicha:
One Knee Proposal – qizning qo‘lini bir tizzasi yerga cho‘kkalagan holda so‘rash, bu bajarilishi zarur bo‘lgan shartlardan hisoblanib, uzukni taqishga rozilik berishi qizning ijobiy javobi hisoblanadi. Odatda qoshiq ohangida omma oldida qizning qo‘lini so‘rash urf sanaladi. Bu bilan ular o‘zining yoriga xurmatini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, turmush qurishni taklif etadi.
Engagement – yigit qizga uzuk sovg‘a qiladi, bunday uzuk chap qo‘q o‘rta barmoqqa taqilgan nikoh uzugidan farqli ravishda ular bir-birlari uchun fience/fiencee(qalliq) hisoblanadi
Hen(bachelorette)/ Stag(bachelor) Parties – o‘zbek tiliga bo‘ydoqlar kechasi deb tarjima qilsak ham bo‘ladi. Hen party qizning dugonalari bilan to‘ydan oldin uyushtiradigan bazm bo‘lsa, stag party yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan. Bu yerda qizlar tovuq, yigitlar esa erkak bug‘uga metaforik o‘xshatish orqali nom berilgan. Yoshlar bu kuni shampan vinosi ichib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib xursandchilik qilishadi. Ular bo‘ydoqlikning so‘ngi kunlarini erkin va ozodlikda do‘stlari davrasida o‘tkazish uchun to‘planadilar. O‘zbek tilidagi qizlar bazmi va kuyov ziyofati/oshi kabi marosimlar ham shunga o‘xshaydi desak ham bo‘ladi, lekin bizning an’analarimizda bunday ko‘ngil xushlik qilinmaydi.
To‘y kuni o‘tkaziladigan marosimlarning nomlanishi:
Giving away the bride- ota yillar davomida asrab avaylagan qizini to‘y kuni kuyovning oldiga yo‘lak bo‘ylab olib borib topshirishidir, otaning mulki endi kuyovga topshiriladi, bunda rohib tomonidan “ siz kelinning va kuyovning ota-onasi, ular turmush qurishi uchun bir biringizga ishonib topshira olasizmi?” 56 Ota onalar ha deb javob bergandan so‘ng, kuyov va kelin o‘rtasida ahd aytish boshlanadi.
Taking the wows- ruhoniy boshchiligida kelin va kuyov sadoqat, mehr-muhabbat, har qanday kunda ham doimiy birgalikda bo‘lishga va’da bergan holda nikoh qasamini ichadilar. Rasmiy to‘ylarda nikohni qayd qiluvchi byuro agenti tomonidan berilgan nikoh shartnomasi imzolanadi va uzuklar taqiladi
Throwing rice- nikoh ahdnomasi o‘qilgandan so‘ng to‘yga kelgan mehmonlar kelin va kuyov ustidan ananalarga muvofiq guruch sepadilar va “May your life abundance and wealthy”57 deya tilak bildiradilar, ya’ni to‘kin sochinlik va boylik tilayman deb ezgu niyatlar bildirishadi. Guruchni unumdorlik, serfarzandlilik, farovon hayot, omad ramzi deb hisoblashgan uning tarixi qadimgi Britaniya hududida yashagan Kelt qabilalariga boradi,58 ular guruchni insonlarni yovuz kuchlardan asrashiga ishonishgan va o‘sha davrdan beri bu odat saqlanib qolgan
Throwing flower – bunda kelin qo‘lidagi gulini ma’lum bir masofadan turib orqa tomonga otadi va gulni tutib olgan qizga ham shunday baxt nasib etsin degan ma’noda bu odat bajariladi. Bu anananing tarixiga qaraydigan bo‘lsak, XV asrda to‘yga tashrif buyurgan mehmonlar kelin kabi omadli bo‘lishni istab, uning ko‘ylagidan, sochidan guldastasidan bir parchani yulib ola boshlashgan.59 Keyinchalik bu odatni etiket qoidalariga muvofiqlashtirish uchun gul otishni yo‘lga qo‘yishgan.
Throwing the garter – gul otish odatining kuyov tomonidan bajariladigan ekvivalenti desak ham bo‘ladi chunki kuyov kelinning son qismiga boylangan tasmani tishi bilan uzib kuyovjo‘ralarga otishi kerak bo‘ladi. Bu odatda bazm davomida shampan vinosi otilganidan so‘ng bajariladi, zamonaviy kelinlar to‘ydan xotira sifatida asrab qo‘yish uchun ikkita bog‘ichdan foydalanishadi yoki bu anʻanani o‘tkazib yuborishni avzal ko‘rishadi.
Wedding feast/Reception – nikohdan so‘ng o‘tkaziladigan maxsus taomlar va ichimliklardan iborat bazm dasturxoniga mehmonlar taklif etiladi. Yosh oilaga ezgu tilaklar bildiriladi(toasts) va bayramning yakuni albatta kelin va kuyov o‘rtasidagi raqs bilan davom etadi.
Cutting the wedding cake – to‘y tortini kesish va bir birlariga yedirish marosimi, bu bazmning ajralmas qismi hisoblanadi va tarixi rimliklar bilan bog‘liq bo‘lib, kuyov kelinning boshida non sindirib, o‘zining sadoqatini kelinga bildirgan va kelinning eriga bo‘ysinishi kerakligini bildirgan. Bu esa britanlarda brinchi bo‘lib kelinning to‘rtni kesishi orqali bokiralikni yakunlanishi kabi ramziy belgiga ega bo‘lgan hozirgi kunda kuyov kelinning qo‘lini ushlagan holda birgalikda bu amalni bajarishdi va bu ularning bir oila sifatida amalga oshirgan ilk ishi hisoblangan. To‘y to‘rti farovonlik ramzi hisoblanib, eng yaxshi maxsulotlardan tayyorlangan. Ko‘pchilik inglizlar tomonidan uning ustki qismidagi bezaki esdalik sifatida saqlab qolinib, birinchi farzandining cho‘qintirilishida ishlatilgan. To‘rtga turli lentalar ilinib har bir qo‘shimcha buyumning (odatda sur’atda tasvirlangan holda) o‘z ma’nosi bor: yurak – sevgi, uzuk – nikoh, tilaklar – orzularning amalga oshishi, taqa – omad, gul – yangi sevgi, langar – sarguzasht kabi semaga ega bo‘lgan. O‘tgan uch asr davomida mehmonlar to‘rtdan bunday qismlarni o‘zlari bilan olib ketib, yostig‘ining ostiga qo‘yib yotsa bo‘lajak qallig‘ini tushida ko‘radi degan irim-sirimlar mavjud bo‘lgan.
Wedding Walz – nikoh oqshomidagi kelin va kuyovning birgalikdagi raqsi hisoblanib, sokin musiqa sadolari ostida raqsga tushishadi.
Honeymoon – to‘ydan so‘ng kelin va kuyovning boshlanayotgan yangi hayotlarini quvonch va xursandchilik bilan o‘tkazish maqsadida biron bir yerga sayoxati hisoblanadi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling