Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


O‘zbek va ingliz tillaridagi tilidagi to‘y/bayram konsepti etnografizmlarining o‘rganilishi


Download 0.52 Mb.
bet6/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

1.2 O‘zbek va ingliz tillaridagi tilidagi to‘y/bayram konsepti etnografizmlarining o‘rganilishi
Har bir millat va xalq o‘zining qadriyatlariga, urf-odatlariga, e’tiqodi, diniga qarab boshqa bir millatlardan ajralib turadi, va o‘sha xalqning madaniyatini saqlab asrdan asrga, avloddan avlodga o‘tishi uchun til kata ahamiyat kasb etadi. Avvalgi boblardan til va madaniyatning ahamiyati haqida fikr yuritgan edik, albatta, to‘y va bayramlarning har bir xalqning tarixinini madaniyatini butun dunyo hamjamiyatida o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, ajralib turishida muhim rol o‘ynaydi. Tilshunos olim N.Qurbanazarova to‘y bayram konseptiga oid lakunalarni milliy mentalitet ifodalovchilari deb ta’kidlagan.42 Demak aynan shu konsept millatning xususan, o‘zbek millatining aslar davomida shakllangan, millatimizning ma’naviy, ijtimoiy taraqqiyotidan darak beradi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak Sharqda sivilizatsiya G‘arbiy mintaqaga nisbatan avvalroq boshlanib, gullab yashnagan bir paytda G‘arbda qabilalar ortasida o‘zaro kurashlar oqibatida osiyo mamlakatlaridan biroz kechroq boshlangan. Sharq doimo o‘zining madaniyatining boyligi, urf-odatlar, an’analarga yuksak hurmat bilan qaralishi, oilaning jamiyatdagi ahamiyatining beqiyosligiga, jamoaviy ahillikka kata e’tibor qaratgani uchun ham yillar davomida bu etnomadaniyat doimo dunyo e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘zbek xalqining ham nafaqat O‘rta Osiyo balkim Osiyo madaniyatining rivojlanishida ahamiyati yuqori baholanadi va UNESCO tomonidan e’tirof etiladi.
Xalqimiz orasida urf-odatga aylangan to‘y marosimidagi kelinni gulxan atrofida aylantirish ham Zardushtiylik diniga amal qilingan yillardan xotira desak ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki Avestoni o‘qir ekanmiz quyosh, olov, suv, havo va tuproq ular uchun muqaddas sanalganligini bilib olishishimiz mumkun, to‘y marosimi tugagach kelinni birinchi marotaba uyga olib kirishdan avval kuyov kelinni ko‘targan holda gulxan atrofida aylantirgan va bu ikki yoshni o‘rtasidagi munosabatlarni ilitib, ularni turli insu-jinslardan himoya qilishi, ularni umrlari oxirigacha uzoq va baxtli hayot kechirishlariga ishonishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki oila ijtimoiy hayotda qadimgi davrlarda ham juda ahamiyatli hisoblangan va to‘y va morosimlar turli an’analar bilan boyitilgan.
To‘y bilan aloqador bo‘lgan urf-odatlarning xalqimizning asrdan asrlarga og‘izdan og‘izga o‘tib, saqlanib kelinayotgan milliy dostonlarimizda ham ko‘rishimiz mumkun. Xususan, Alpomish dostonida to‘ydan oldin va keyin bajariladigan marosimlar ko‘chmanchi xalqlar orasida ham qanchalik rivojlanganligi va inobatga olinganligini ko‘rishimiz mumkun.
Ikki yoshning oila qurishini sovchilk udumisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Har qanday holatda ham, xox ota-otaning istagimi, xox yigit va qizning tanloviga ko‘rami yigitning oila a’zolaridan vakillar asosan ayollar tomonidan qizning uyiga tashrif buyurib, unga og‘iz solishadi. Sovchilikka yoshi ulug‘ oila vakili, kuyov bo‘lmishning ammasi, oilasi, yoki kelinoyisi kuyovning onasi bilan ba’zi bir joylarda onasi ishtirokisiz yoki ota va onaning o‘zlari nomzod qizning uyiga borishadi. Bu anʻananing asrlar davomida bizgacha saqlanib haligacha to‘y marosimining asosiy va birlamchi qismi hisoblanadi. Yuqorida Alpomish dostonida bunday urf-odatlarning keltirilganligi keltirib o‘tdik, misol tariqasida M.Sharipova Qalmoq eli alplarining onasi Surxayl kampir kichik o‘g‘li Qorajon uchun Barchinga og‘iz ochib, sovchilikka borganligini ko‘rishimiz mumkunligi haqida yozgan va dostondan quyidagi parchani keltirgan.
O‘zbaklarning yaxshi qizi bor bo‘lsa,
Atashtirib ro‘mol berib kelaman.
O‘zbaklarning yaxshi qizi bor bo‘lsa,
Boshi bo‘shmi deyin, avval so‘rayin.43
Bundan ko‘rinib turibdiki kuyovning onasi avvalo sovchilik yo‘li bilan kelinning boshi ochiqligi yoki yo‘qligini bilib olgan va boshi bo‘sh bo‘lsa unga o‘z maqsadlarini bayon etgan. Etnograf K.Shoniyozovning sovchilikka bergan ta’rifiga ko‘ra sovchi bo‘lib kuyovning onasi emas uning yuqorida keltirilgan yaqin qarindoshlaridan ikki vakil borishligi aytib o‘tilgan. M.Sharipova xalq dostonidagi Surxayl kampirning urf-odatlarga qarshi chiqqan bunday hatti-harakati uning ma’naviy qoloqligi, urf-odatlarga bepisandlik bilan qarashi, makkoraligidan, farosatsizligidan dalolat beradi deb fikr bildiradi.44
Albatta yillar davomida tuli madaniyatlaning o‘zaro ta’siri natijasida marosimlarga o‘zgarishlar va yangiliklar qo‘shilib boradi. Bugungi kunda sovchilikka ota-onaning o‘zlari qarindoshlarning yordamisiz borish Alpomish dostonidagi kabi ma’noni bildirmaydi, aksincha oilalarning ochiqchasiga samimiy suxbatlashib olishi imkonini beradi. Albatta sovchilikka borishning ham o‘z odobi bor: xushmuomala bo‘lmoqlik, farzandlarini ortiqcha maqtamasdan kamtarroq bo‘lishi kerak. Sovchilik orqali qizning saramjon sarishtaligi, odobi ham kuzatilgan. Sovchilikka quruq qo‘l bilan ham borib bo‘lmaydi, chunki o‘zbek odatiga ko‘ra mexmonga odatda nonsiz borilmaydi. Mezbonlar ham dasturxon yoyib, ketayotganida agar sovchilarga rozilik bildirishsa sarpolar berib kuztishadi. Alpomish dostonida ham Surxaylni it qopib kiyimlarini yirtib yuborgani uchun berilgan kiyimdan u o‘g‘lini aldashda foydalanadi va Qorajon onasiga sarpolar berilganligini qizning roziligi deb o‘ylaydi.
Bilamizki har bir konsept va tushuncha turli madaniyatlar tulicha ma’no beradi va o‘sha madaniyat vakillari haqida ma’lumot beradi. Alpomish dostonida nafaqat sovchilik haqida balkim boshqa faqat ma’lum bir millatga xos bo‘lgan lakunalar haqida ham misollar berilgan, xususan, “kuyov uloq” lakunasi orta osiyo hududida yashagan chorvadorlar uchun kuyovning jo‘ralariga kelinning uyiga ketishdan oldin beriladigan echkining bolasi yoki undan tayyorlangan taomlar bilan beriladigan ziyofat tushuniladi.
To‘y konseptiga aloqador hisoblangan uloq lingvokulturemasi turli ma’nolarda qollanilishini N.Qurbanazarova o‘z ilmiy ishida misollar bilan asoslab bergan.45

  1. To‘y oldidan kuyovning kelinning uyiga jo‘natadigan sepi, jonlik qo‘y. Uning miqdori ikkala tomon kelishuviga binoan, kuyovning imkoniyatidan kelib chiqqan holda berilgan. Shor lakunasi to‘y kuni boyniga ro‘mol va pul o‘ralgan uloqqa nisbatan ishlatilgan, kim unga erishsa o‘sha g‘olibniki bo‘lgan.

  2. Bayramlar va to‘y arafasida o‘tkaziladigan ko‘pgari milliy o‘yinida ot choptiruvchilar bir-biri bilan talashadigan uloq ma’nosida

  3. Kelinning uyiga yuboriladigan ziyofatga bosh qilib yuboriladigan qo‘y.

Xalqimiz orasida bunday ziyofat to‘y berish birikmasi bilan ham ishlatiladi. Hozirgi kunda ham to‘y berish udumi xalqimizda saqlanib qolgan va turli viloyatlarda turlicha beriladi. Misol uchun Farg‘ona vodiysida ushbu birikmaga sinoninim sifatida xom-xarajat leksemasi ishlatiladi, chunki u to‘yda tayyorlanadigan oshga kerakli mahsulotlar va qo‘y tashkil etgan. Bugungi kunda kelishuvga binoan kelin tomon jonlik olmasligi ham mumkun. Biroq Surxon vohasi va Xorazm hududida bunday to‘y berish odati muhim hisoblanadi.
Ingliz tilida esa wedding leksemasi, to wed – turmush qurmoq fe’lidan olingan bo‘lib, nikoh qurilgandan so‘ng o‘tkaziladigan bazm ma’nosini anglatib, nikoh to‘yi yoki nikoh to‘yining yillik nishonlovi (wedding anniversary) shakllarida uchraydi.
Ikkala tildagi to‘y leksemasining semantik strukturasiga qaraydigan bo‘lsak, ikkalasi ham bazm ma’nosini anglatar ekan, lekin ulaning asosini turli semalar tashkil etadi. Ingliz tilidagi to wed so‘zining etimologiyasiga nazar tashlasak, qadimgi ingliz tiliga oid weddian o‘zini garovga qo‘yish, biron nimaga ahd qilish, qasamyod qilish, turmush qurish degan ma’nolarni bildirib, garov yoki pul evaziga xotinlikka olishni ifodalaydi. O‘zbek tilidagi to‘y leksemasi Mahmud “Qoshg‘ariyning Devoni lug‘atit turk” asarida yozib o‘tkandek, to‘ymoq fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek madaniyatida to‘y konseptida nafaqat turmush qurish semasi, balki yig‘in, bazm, ziyofat semalari ham mavjuddir.
To‘y marosimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tilshunoslari tomonidan turli ilmiy ishlar olib borilgan bo‘lib, har bir lingvist to‘y marosimlarini kategoriyalashda o‘ziga xos yondashuvni tanlagan.
Tilshunos olim A.Jo‘raboyev Andijon hududida ishlatigan va foydalanib kelinayotgan shu joy shevasiga aloqador bo‘lgan to‘y marosimlari haqida o‘z dissertatsiyasida ma’lumot beradi va ilmiy ishida, ularning nomlanishiga, uning semantik analiziga va qo‘llanishiga e’tibor qaratgan holda 120 ta xatna,130 dan ortiq nikoh to‘yi bilan aloqador bo‘lgan til birliklarini o‘zga hududlardagi shevalar va bizning an’analarimizga yaqin bo‘lgan millatlarning, xususan, qirg‘iz, turkiy, qozoq, tojik tillaridagi nomlar bilan qisoblab o‘rganib chiqqan.46
Dissertatsiyaning o‘zbek etnolingvistikasidagi ahamiyati yuqori hisoblanadi, chunki unda to‘yga oid marosimlar, urf-odatlar, ularning kelib chiqishi, aholi tomonidan qo‘llanilishining tarixi haqida fikr boradi va xatna qilishning islom dini paydo bo‘lgungacha mavjud bo‘lgani, uning o‘tmishi misrliklarga borib taqalishini ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari tilshunos bu konseptga aloqador nomlarni qadimgi, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tilidagi so‘zlarni taqqqoslab, bu uchun “Devoni lug‘atit turk” va “Памятники древнетюркской письменности” asarlaridan foydalgan.47
Bundan ko‘rinib turibdiki, to‘y marosim konsepti hech qachon eskir-maydigan, balki oradan vaqtlar o‘tsada faqat to‘ldirilib, rivojlanib, osha til mada-niyatiga xos bo‘lgan lingvokulturemalarni boyitib xalning ma’naviy va madaniy merosi bo‘lib xizmat qiladi.
To‘y o‘zbek xalqi hayotining ajralmas qismi hisoblanadi va aytib o‘tkanimizdek ko‘plab marosimlarni qamrab oladi. Ularni kategoriyalarga bo‘ladigan bo‘lsak, to‘ydan avval, to‘y kuni va to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan marosimlarga bo‘lishimiz mumkun. Har bir marosim o‘ziga xos tarixga va ma’noga ega.
Ushbu dissertatsiyada ingliz va o‘zbek tilidagi to‘y bayram konseptiga kiruvchi til birliklarining avvalo etnografik va semantik jihatdan, so‘ngra ushbu birliklarning mikrolingvistikaning bo‘limlari hisoblangan til sathlari bo‘yicha tahlil qilib chiqamiz.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari A.Joraboyevning dissertatsiyasida to‘y-marosim nomlari umumiylik va xususiylik kabi tomonlariga ko‘ra farqlanishi aytib o‘tilib, umumiylik jihatidan quyidagi turlarga ajartilgan: 1) nikoh va xatna to‘y va marosimlaridagi ma’lum bir funksiyani va topshiriqni bajaruvchi shaxsni bilduruvchi nomlar, misol uchun, dasturxonchi, sovchi, to‘yboshi; 2) yigit va qizning unashtirilganligini bildiruvchi nomlar: beshikketti, etakyirtish, ro‘mol tashlash; 3) qudalar o‘rtasidagi bordi-keldi marosimlari:qizko‘rdi, qudako‘rdi, uyko‘rdi; 4) qudalar tomonidan kelin kuyovlarga jo‘natiladigan sovg‘alarini ifodalovchi nomlar: sarhafta, kichipatir, kelinko‘rdi; 5) nikoh va xatna to‘ylariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar:o‘choq kavladi, qozonko‘rdi, ko‘rpaqopladi kabi nomlar; 6) to‘y nomlari: fotixa to‘yi, xatna to‘yi, qizil to‘y; 7) toy munosabati bilan tashkillanadigan marosimlar: xatyozdi, maslaxat oshi, xatm; 8) to‘y kuni uyushtiriladigan marosimlar: kulchayopti, oshyedi, mehmonchaqirdi 48
Bunga qoshimcha qilgan holda, birinchi guruhga keltirilgan misollarga kelinyanga, kuyovnavkar, quda, oshpaz, va hozirgi to‘ylarimizga xos bo‘lgan qo‘shiqchilar, raqqosalar, dekorator (to‘y marosimi bolib o‘tadigan xonadonni, joyni,to‘yxonani bezab beruvchi shaxs) kabi yangi zamonaviy misollarni keltira olamiz.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda Farg‘ona viloyatida qo‘llaniladigan, ma’no jihatdan bir xil ammo boshqa til birligi orqali ifodalananigan nomlarni keltirishimiz mumkun. Hozirgi davrda oqkiydi, patirsindirdi kabi marosimlar xalqimiz orasida ahamiyatli hisoblanadi va sanab o‘tilganlarning ikkinchi guruhiga kiritishimiz mumkun.
Beshikketti marosimini haqida N.Qurbanazorova “Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining semantic tabiati valingvomadaniy tadqiqi) nomli dissertatsiyasida ma’lumot keltirib, uning dublet shakllarini ham keltirib otgan. Beshikketti marosimi beshikkertti, atashttirish, atab qo‘yish shakllarida ham kelib, oilada qiz tug‘ilganda uni biron bir tanishi yoki qarindoshiga atab unashtirib qo‘yish tushuniladi.49
Etakyirtish marosimiga ham ushbu olima ta’rif berar ekan, bu ham xuddi Beshikketti marosimi kabi unashtirishni maqsad qiladi. Bunda chaqaqloq qizning kiyimi etagidan kelin qilmoqchi bo‘lgan kuyovning otasi yoki onasi yitib olishgan yoki eshon chaqirib qiz va yigitning etagidan baravariga yirtib olingan va shu bilan ular unashtirilgan. Etakjirrti qilinganda kuyov kelinga qalin berishdan ozod etilgan bo‘lib, Ikkala xonadon ham bundan mamnun bo‘lishgan,chunki kuyoshning otasi qalin bermasada, kelin tomonga to‘ygacha qadar sovg‘a salom tortiq etib turgan, bundan esa qizning oilasi manfaatdor bo‘lishgan. Bundan tashqari dissertant Eshikshipirdi marosimi ham unashtirish maqsadida otkazilishini keltirib o‘tgan. Bu marosim 2 xil ko‘rinishda amalga oshirilib, birinchisi, qizoloq tug‘ilgan xonadonga guvohlar yordamida borib ertalab eshik supurib kelishadi, ikkinchisi, balog‘atga yetgan qizning uyiga sovchilikka borib bajarilgan va “eshigingizni supurgani keldik”, “qulchillikka keldik”, “Dardginamni aytgani keldik degan jumlalar bilan bilan xonadonga kirib borishgan”.50 Bu odat ko‘p viloyatlarda bajarilib keladi, sovchilar qizning eshigini supurmasalarda “qulchilikka keldik” degan gapni albatta atishadi,shu bilan ular tashriflarining sababini aytishadi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling