Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilmasining tavsifi
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: Mazkur ilmiy ishda qiyosiy-tarixiy, semantik tahlil metodlari qo‘llanilgan. Shu bilan birga, konseptual tahlil va linvamadaniy tahlil metodlardan foydalanillib tadqiqit o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati lingvokulturologiyada ikki millat estetik qadriyatlarning tilda ifodalanishi muammolarini yechishda, lingvokulturologiya, uni o‘rganishda to‘y konseptining ahamiyatini tadqiq etish va unga doir ilmiy, amaliy masalalarni o‘rganishda xizmat qiladi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati olingan xulosalardan lingvokulturologiya, umumiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyoti, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratishda, kurs va bitiruvmalakaviy ishlarini yozishda foydalanish mumkin. Ish tuzilmasining tavsifi: Ilmiy tadqiqot ishi kirish, III asosiy bob, boblar yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI VA TERMINOLOGIYASI 1.1. Konsept va tushuncha terminlarining o‘zaro farqi Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umum insoniy manfaatlarni ifoda etadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma’naviyat muhitning umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farqlanuvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi. Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir. Bu masala faqat tilshunoslikning emas, boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar qanday tuzilishda bolgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish sodir bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘udir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini, fikrlarini bildirib o‘tishgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar “narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan” degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim tillarning kelib chiqishini, masalan o‘zbek, rus, hind, tojik va boshqa tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. Ammo, biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini umuman tilning, insonlar nutqining paydo bo‘lishi masalasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Hozir dunyoda mavjud bo‘lgan jonli tillarning ham, ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib chiqish tarixini o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning qachon paydo bo‘lganligi, qachon tarkib topganligi aniqlangan. Biroq, yer yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi, dastlabki tillarda qanday so‘zlar bo‘lganligi, uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas. Chunki bundan bir necha yuz ming yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom – nishonsiz yo‘qolib ketgan tillar ham bo‘lgan. Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning fonetik tizimi, so‘z boyligi, grammatikasi va boshqa muayyan xususiyatlaridan qatʻi nazar, umuman tilning kelib chiqishi o‘rganilar ekan, eng avvalo, tilning kelib chiqishidagi shart- sharoitlarni tadqiq qilish, ya’ni insonlar qanday sharoitda so‘zlay boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish lozim. Til o‘zi nima, uning qanday paydo bo‘lishi, uning qanday hodisa ekanligi tilshunoslik paydo bo‘lgandan buyon olimlar tomonidan baxslarga sabab bo‘ldi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak tilning tabiiy yoki ijtimoiy hodisa ekanligini aniqlash maqsadida ko‘plab izlanishlar olib borildi. Bu nafaqat ananaviy tilshunoslikda balkim zamonaviy tilshunoslikda ham ahamiyatiga ega. Zamonaviy lingvistikaning otasi hisoblangan Noam Xomskiy garchi bu fikr ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan maqullanmagan bo‘lsada, o‘zing universal grammatika nazariyasida barcha tillar o‘xshash strukturalar va qoidalarga ega ekanligi, barcha joyda bolalar tilni bir xil qiyinchiliksiz o‘rganishi, inson allaqachon ongida mavjud bo‘lgan asosiy bilimlar va tilni tushunish qobiliyati bilan tug‘ilishini ilgari surgan.17 E.Saphir esa bu fikrni aksini insonning yurish qobiliyati va nutq misolida qiyoslagan holda aytib o‘tgan.Uning fikricha bu ikki hodisa tabiiy hodisa kabi ko‘rinishini, yurishni bolaga hech kim ataylab o‘rgatmasada bilologik irsiyat deb nomlanuvchi majmua sababli inson nerv tizimi va mushaklarining o‘zaro aloqasi bilan yura boshlaydi, normal holatda odam taqdiriga yurish sanʻatini o‘zlashtirish qobiliyati bilan dunyoga keladi. Insonnning taqdiriga gapirishning yozilganligi nafaqat uning tabiat bag‘rida tuʻilganligi tufayli, balkim ma’lum an’analardan iborat jamiyatda tug‘ilganli sababli hamdir. 18 Bolalarda nutqning shakllanishini o‘rgangan psixolingvist J.Brunner til o‘zaro muloqot natijasida shakllanishini ta’kidlab, uning tug‘ma qobiliyat emasligini isbotlagan holda, faqat nutqiy faoliyatning ning ayrim xususiyatlari,xususan, diqqat kabilar tugma bo‘lishi mumkunligini aytib otadi.19 Bola atrofdagi narsa va hodisalarni, oila a’zolarini kuzatib idrok etish yo‘li orqali avvalo ongiga saqlab, tasvir xosil qilib,songra uni lisoniy birliklar orqali namoyon etadi. Sezgi o‘rganlari orqali axborot qabul qilinib, u hali nutq orqali fikr bildirish qobiliyatiga ega bo‘lmasada ongida predmetlar voqealanadi, muloqot,irsiyat, individual xarakter,temperament kabi omillar sababli turli vaqtlarda gapira boshlaydi. Sepfirni fikrini yoqlagan holda odamlardan ajralgan holda junglii o‘rmonida yashagan qizaloqni misol keltirish mumkun. 2017 yil butunjahon ommaviy axborot vositalarida mashxur bo‘lib ketgan Kombodjaning shimoliy –sharqiy junglisidan 8 yoshligida yo‘qolgan va 19 yil vaqt o‘tib topilgan qiz tushunarli gapirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, misol uchun ovqatlanmoqchi ekanligini bildirish uchun qornini tintalash yo‘li bilan ma’lum qilgan20.Inson uchun tabiiy fenomena hisoblangan yurish,yuqirish kabi fiziologik jaryonlarni o‘zlashtirgan bolsada gapish suxbatlashish, o‘z fikrini nutq orqali bildira olish kabi qisqacha aytganda sotsiallashish jarayoni mavjud emasligi sababli unda shakllangan gapirish ko‘nikmasi ham asta sekinlik bilan yo‘qolib borgan. Demak til tabiiy hodisa emas, balkim ijtimoiy voqeikdir. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak ma’lum bir tillar rivojlandi dunyo tiliga aylandi, qaysilaridir yoq bo‘lib ketdi. Amerikaning kashf etilishi va uning inglizlar, fransuzlar tomonidan ishg‘ol etilishi oqibatida ko‘plab xindu tillari o‘z yakunini topdi, chunki tub aholi soni kamayib, ekspluatatsiya qilinib unda so‘zlashuvchilar soni qisqarib, uning o‘rnini bosqinchi davlatlarning tillari kommunikativlik vazifasini bajara boshladi. Demak til ham nutq ham jamiyatdan ayro tassavur etilmaydi, aksincha ular bir birlarining shakllanishi uchun asos bo‘ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling