Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB.INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TO‘Y/BAYRAM KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING IFODALANISHI
Bob bo‘yicha xulosalar
Ushbu bob boyicha quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz. 1.To‘y tushunchasi universal kategoriya bo‘lib, har bir millat madaniyatida juda muhim rol o‘ynaydi, barcha tillarda ular nafaqat universal tushunchalarni, balki obyektiv dunyoning mutlaqo boshqa ma’nolari va xususiyatlarini aks ettiradi, bu ularning tildagi turli ko‘rinishlarini tushuntiradi. 2.Dunyoning lingvistik manzarasi odamlarga ta’sir qiladi va ularning lingvistik ongini, ular bilan birga madaniy va milliy o‘ziga xosligini shakllantiradi. Madaniy va insoniy omillarning turli lingvistik birliklarning (leksemalar, erkin va erkin bo‘lmagan iboralar, hatto matnlar) shakllanishi va faoliyatiga ta’siri milliy mazmunda mujassamlangan tarkibda madaniy jihatdan belgilanadi. 3.Har bir madaniyat uchun to‘y marosimi maxsus ananaviy bayramdir. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan madaniyatlarning har birida to‘yning lingvokulturologik tushunchasi falsafiy va diniy e’tiqodlar bilan shartlangan chuqur an’analar bilan ajralib turadigan o‘ziga xos milliylikka ega. 4.O‘zbek va ingliz tillaridagi to‘y/bayram konseptiga oid etnografizmlarni to‘y bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, ularning ishtirokchilari, kiyim-kechaklar, buyum, taomlar nomlari , rang, diniy motivlar(islom dini, zartushtiylik, xristian dini aqidalariga muvofiq), kuy- qo‘shiq matni asosida tadqiq etish natijasida ular o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar mavjudgini ko‘rishimiz mumkun. III BOB.INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TO‘Y/BAYRAM KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING IFODALANISHI 3.1 Ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarining ifodalanishi morfemik sathda ifodalinishi Morfemik sathda so‘zlarning morfemik tarkibi o‘rganilib, so‘zlarning yasalishi va undagi morfemalarning o‘zaro munosabati tahlil etiladi. Avvallo morfema nima ekanligini bilishimiz zarur. Morfema eng kichik ma’no bildiruvchi birlik bo‘lib, morfemikada so‘zning ma’noli qismlari tarkibi haqidagi gramma-tikaning bo‘limidir. Ushbu sathda morfemalar ikki turga ya’ni o‘zak va affiksal morfemaga ajratilar ekan, to‘y konseptiga oid so‘zlarni ham ushbu tarkibiy qismlarga bo‘lgan holda ko‘rib chiqamiz. To‘y/bayram konseptiga oid so‘zlar tub yoki yasama bo‘lib, tub so‘zlar turkiy qatlamnigina qamrab olmaydi, balki tojik va arab tilidan o‘zlashma so‘zlar ham lug‘at boyligining yetarlicha qismini tashkil etadi:fotixa, sunnat kabi so‘zlar arabiy qatlamga, sarpo, go‘shanga, xirmon to‘yi kabi birliklar forsiy qatlamga tegishlidir. Bundan tashqari rus va ingliz tilidan ham turli lingvokulturemalar kirib kelmoqda. Chunonchi love story(so‘z birikmasi, ingliz tilidan), fata, fatasessiya(rus tilidan), kabi so‘zlarning o‘zbek tilidagi ekvivalenti yo‘q bo‘lib, nutqda asl holaticha ishlatiladi. Tub so‘zlarga misol etib qalin, sarpo, paranji, go‘shanga, nikoh, xatna, kuyov, taloq kabilarni keltirish mumkun. Bir tilning so‘z boyligining kengayishida o‘sha tilda mavjud so‘zlardan qoshimchalar qo‘shish orqali yoki qo‘shma so‘z yasash, boshqa bir tildan so‘z olish orqali yangi leksemalar hosil qilinadi. To‘y bilan bog‘liq so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasalib, bunda sof turkiy so‘zlarga turkiy yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish yoki turkiy so‘zga boshqa bir tildagi morfemalar qo‘shish orqali yasash mumkun. Masalan, to‘ylik leksemasini oladigan bo‘lsak, to‘y+lik(turkiy+turkiy) holatida yasalib, to‘y kunidan avval kuyovning kelin tomonga jo‘natadigan, to‘y kuni tayyorlanadigan taomlar uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqatlarga nisbatan ishlatiladigan etnografizm tushuniladi. 3.1-Jadval To‘y/bayram konseptiga oid so‘zlarning asos va qo‘shimchalarga ajratilishi
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling