Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


Download 0.52 Mb.
bet13/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

Shirin suv fotixa toyi, otako‘rdi, kuyovchaqirdi marosimlarida qudalarga avval tortiladi, so‘ngra choy quyiladi. Ma’nosi shirinlik bilan boshlangan ish oxirigacha shunday borishi, ezgu niyatlar doimo yor bo‘lishi uchun ichirilgan.
Asal – ilk nikoh kechasi kuyov kelinga o‘z qo‘llari bilan asal yedirgan, hayotlari shirin bo‘lishi va butun umri davomida kuyovning kelinga baxtli kunlarning bo‘lishligiga va’dasi deb tushunsak ham bo‘ladi.
To‘y konsepti bilan bog‘liq taomlar o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lib, yosh oila uchun faqat ezguliklar tilagan holda shirin narsalardan foydalanishgan.
To‘y konseptiga oid diniy motivlar u bilan bog‘liq bo‘lgan har bir freymda, marosimlardan tortib ranglargacha namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tilidagi to‘y bilan bo‘gliq ko‘plab udumlar, urf-odatlar, anʻanalarning katta qismi islomgacha bo‘lgan paydo bo‘lib, hozirgi kungacha irim-sirimlar, bid’atlarga ishonib kelinayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkun.
Jamiyat rivojlanish bosqichining dastlabki bosqichlaridagi diniy qarashlar hisoblangan totemizm, anemizm, feteshizmning qoldiqlarini to‘y marosimlari va unga bog‘liq bo‘lgan predmetlarda ko‘rishimiz mumkun.
Totemizm hayjonlar, o‘simliklar, buyumlarning inson bilan aloqasi borligiga, ularga ta’sir qilishiga ishonishgan.Asosan hayvonlardan qo‘y nikoh to‘yi bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda ishlatilinib, totemistik qoldiqlarni kuyovniki yuboriladigan qo‘yning tosht qismida, yoki sovchilikdan so‘ng qo‘yning jigardan tayyorlangan taomning yuborilishi, marosimlarda asosan qo‘y go‘shtidan ishlatilishi ko‘rishimiz mumkun.66
Kelin va kuyovning uyiga yoshi ulug‘ onalarimiz sedana va tanga sepib qo‘yishadi, bu bilan oila serdavlat va serfarzand bo‘lishligi, sedana esa turli ins-jinslardan, nazardan saqlaydi degan qarashlar mavjud. Bundan tashqari oyna, pichoq kabi buyumlar ham qurilajak oilaning taqdiri uchun ahamiyatli sanashadi, oynaning sinishi yoki kelinning yig‘ilgan ko‘rpalarining tushib ketishi yangi oilaning buzilishi alomati deya fikrlaydigan odamlar ham bor.
Nikohdan so‘ng yosh kelin kuyov qirq kun chilla saqlaydilar, bunda shomdan so‘ng ko‘chaga chiqmaslikka harakat qilish, tunda uyning chirog‘i shu davr mobaynida yoniq turishi turli ins-jinslardan ularni saqlaydi deb ishonishadi.
O‘zbek madaniyatida to‘yning asosiy qismi bu nikoh sanalib, imom tomonidan Qurʻondan nikoh surasi orqali shariat arkonlari bo‘yicha o‘qiladi, ikki yoshning oiladagi burchlari ham aytib o‘tilib, rozilik so‘raldi. Islom dinida nikohning shartlaridan biri bu maxr hisoblanib, kuyov tomonidan kelin uchun hayoti davomida uning extiyojlaridan tashqari ishlatishi uchun beriladigan pul yoki tilla miqdori hisoblanadi. Nikoh kechasi kelin va kuyov ikki rakat namoz oqishlari dinimizga ko‘ra shart hisoblanadi. Aslida turli xil buyumlar emas Ollohdan namoz o‘qib so‘ralgan duolar ikki yoshning baxtli, davlatmand, serfarzand bo‘lishi, ularni yomon niyatli insonlardan, nazardan saqlaydi.
Ingliz madaniyatida to‘y kuni kelin va kuyovga yovuz kuchlarlarning e’tibori qaratiladi degan qarash mavjud va ko‘plab urf-odatlarning maqsadi ularni bunday ruhlardan himoya qilish bo‘lgan, bunga misol etib yuqorida marosim va to‘y konseptiga aloqador bo‘lgan taom, predmetlar, ranglar, uning qatnashchilarining mazmunida diniy motivning kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkun. Chunonchi, Ingliz va O‘zbek madaniyatiga oid bo‘lgan kelinning yangalari, dugonalari, kuyovnavkarning negizida magik qarashlar ustuvor bo‘lgan bo‘lib, ular juftliklarni yovuz kuchlardan himoya qilishi vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan. Albatta bu leksemalarning bunday semasi o‘z kuchini yo‘qotib, to‘y kunida yordamchi ma’nosini saqlab qolgan.
Buning asosiy sabablaridan biri diniy qarashlarning inson hayotida, jamiyatdagi o‘rnining yuksakligining dalolatidir.
O‘zbek milliy folklori hisoblanmish o‘lanlar, laparlar, yor-yor kabi qo‘shiqlari asrlar davomida xalq tomonidan yaratilib, og‘izdan og‘izga ko‘chib kelmoqda.
Yor-yor to‘y marosimi qo‘shig‘i bo‘lib, ikkilik yoki to‘rtlik shaklda yor-yor radifi bilan kuylandigan, kelinning hasratlarini, umidlarini, orzularini aks ettiradigan, bir vaqtning o‘zida ham ga’mgin, ham sho‘x ohangda va usulda aytiladi. Odatda yor-yor kelinni kuyovning uyiga olib ketilayotgangan kelinning yangalari, dugonalari jo‘rligida qizning ko‘zini yoshga to‘ldirib, uning qalbini jumbushga keltira oladigan tarzda kuylanadi.
Yig`lama, qiz, yig`lama,
To`y seniki, yor-yor.
Ostonasi tillodan,
Uy seniki, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan,
O`lanchi qiz, yor-yor.
Va`dasida turmagan,
Yolg`onchi qiz, yor-yor.
Ushbu satrlarda kelinga dalda, umid bildirilib, shu bilan birga o‘kinch ham aks ettirilgan. Bundan tashqari yor-yorlarda nafaqat ezgu tilaklar, balki sodir bo‘layotgan qayg‘uli vaziyatlar ham aytib o‘tilishi mumkun. Bunga misol etib quyidagi satrni keltiramiz. Uzoqqa borgan qizning
Rangi sariq, yor-yor,
Ko‘zidan oqqan yoshi
Misli ariq, yor-yor
Yor-yor kuylayotgan odam unga qo‘shimchalar kiritib kelinning holatini tasvirlash, unga ezgu tilaklar bildirgan holda o‘zgartirishlar kiritishi mumkun, va bu uning yanada ta’sirchanroq, real chiqishini ta’minlaydi.
Kelin salom yozilish uslubi, shakli jihatdan yor-yorga o‘xshab ketsada, ushbu turdagi qo‘shiqlar yuzochar marosimida kelinning qarindoshlarga, mehmonlar bildirayotgan hurmatini ko‘rsatish uchun egilgan, yoki yashash hududidan kelib chiqqan holda ma’lum harakatlar orqali beradigan salomi bilan mazmunan farqlanadi.
Bismillahdan boshlaymiz
Oshga jambil tashlaymiz
Salom-salom yana salom
Avval Ollohga salom
Shunday misralar bilan boshlanib kuyovning yaqin qarindoshlariga va mehonlarga atab qo‘shiq matni davom ettiriladi va ular kelin uchun olib kelgan sovg‘alarini tortiq etishadi.
I ngliz madaniyatida ham kuy qo‘shiqlar ahamiyatli bo‘lib, cherkovda kelinning nikoh suppasi oldida kutib turgan kuyovning oldiga yo‘lak bo‘ylab odatda diniy mazmundagi, sevgi-muhabbatni ulug‘lovchi qo‘shiqlar yoki orkest tomonidan sokin kuylar jo‘rligida boradi, aksincha O‘zbek to‘y qo‘shiqlarida esa quvnoq, sho‘x ohang hukmronlik qiladi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling