Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
Quloqtishlash, etakyirtish, beshikkerti marosimlarining bajarilishidan maqsad qiz va yigitning yoshlik chog‘idan bir-biriga atab qo‘yishdir.
Sovchilik qadimiy urf-odatlardan biri bo‘lib, qizning uyiga yigitning oila a’zolari tomonidan qizga og‘iz solib tashrif buyurishadi, agar ular rozi bo‘lishsa patirsindirdi ma’rosimini o‘tkazishadi va bunda patir sindirilib sovg‘a salomlar almashishadi. Oqkiydi – bunday marosim odatda kelin bolmishning ota-onalari qizni yigitga uzatishga rozilik bergandan so‘ng tez fursatlarda o‘tkaziladi. Fotixa to‘yidan farqli tomoni shundaki kelin va kuyovning eng yaqin qarindoshlari va yigit-qiz uchun sarpolar beriladi(oqlik sifatida kelinga oq kiyim hadya etiladi) va kuyovning qarindoshlaridan iborat 4-5 kishi kelin bolmishning uyida mehmon bo‘ladi, patirsindirishadi, bu qiz va yigitning unashtirilganligi bildiradi. Xalqimiz orasida qiz bolaning oqi buzilishi uning baxtsiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi degan bid’at gaplar yuradi va xalq bunga ishonadi. To‘y marosimlarida keksa yoshli, ko‘p farzandli kishilar ishtiroki zarur va o‘ta muhim hisoblangan. Ular to‘y marosimining ma’lum bosqichlarida o‘ziga xos afsungarlik funksiyalarini bajarganlar. Biz buni bo‘lg‘usi kelinning sepini tayyorlash jarayonidan boshlab kuzatishimiz mumkin. Odatda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning ko‘rpa-to‘shaklarini tikish, ya’ni, ko‘rpa soldi marosimida tikish-bichish ishlari keksa yoshli ayollar tomonidan boshlab berilgan. Bunda keksa yoshli, ko‘p farzandli ayollarning xususiyatlari bo‘lg‘usi kelin-kuyovga ham o‘tsin degan afsungarlik niyati mujassamlashgan. Ko‘rpa soldi marosimida biz nafaqat keksa yoshli kishilar afsungarlik xususiyatlari, balki narsalarning ham afsungarlik xossalariga bo‘lgan ishonchni uchratamiz. Marosim oldidan keksa yoshli onaxonlarimiz kelin-kuyovning dastlabki ko‘rpalari orasiga turli-tuman qand qog‘ozlarini qo‘shib tikkanlar. Bunda bo‘lg‘usi oilaning hayoti shirin, dasturxoni qut-barakali, to‘kin-sochin bo‘lsin degan niyat mujassamlashgan. Sabzitug‘rar/sabziarchdi – to‘ydan oldin o‘tkaziladigan marosim. Bunda to‘ydan bir kun oldin to‘y bo‘ladigan honadon egalari ertangi tadbir uchuntayyorlanadigan taomlar masalliqlarini tayyorlashadi. Maslahatoshi – to‘ydan bir kun oldin o‘tkaziladi. To‘y bo‘ladigan xonadonga oqsoqollar, yaqin qarindoshlar, kuyovjo‘ralar yig'iladi. Dasturxon tuzatilib, osh damlanadi. Yig‘ilganlar ertangi to‘yni kamchiliklarsiz o‘tkazish rejasini tuzadilar, mas'ullarga vazifalar yuklatiladi. To‘y boshlagan oilaga eng yaqin, ishonchli kishi bakovul qilib tayinlanadi. Bu shaxs barcha oziq-ovqat mahsulotlariga egalik qilib, teng taqsimlanishi bilan shug‘ullanadi. Payondozsoldi – payondoz – kelinni tushirib kelgandan keyin, uyga kiritayotgan vaqtda uning oyoqlari ostiga to‘shaladigan mato. Oyoqbosar – kuyov kelinning uyidan chiqib ketayotganda ushbu marosim O‘tkaziladi. Bunda qarindoshlar, kuyovjo‘ralar va kelinning dugonalari ishtirokida kuyov kelinning oyog‘ini bosadi. Buning mazmuni shuki, birinchi bo‘lib oyoqni bosgan kishi oilada etakchi bo‘ladi. Qo‘lushlatar – kelin-kuyovni butun umrga bog'lanishi, bir-biriga yelkadosh bo‘lib, yaxshi-yomon, og‘ir-yengil kunlarida, sog'ligida yoki bemorligida bir-birini tashlab ketmaslik ramzi sifatida ushbu marosim o‘tkaziladi. Urf-odatlarni bajarishda bosh-qosh bo‘layotgan yoshi ulug'ayol bir qo‘liga kelinning, bir qo‘liga kuyovning qo‘lini ushlab, ikkalasini birlashtiradi, ya’ni qo‘llarini ushlattiradi. “Umrlaringning oxirigacha bir-birlaringga sadoqatli bo‘linglar, ushlashgan qo‘llaring, birlashgan yo‘llaring hech qachon ayrilmasin” deb duo qiladi. Kelin ibo-hayo ifodasi sifatida kuyovdan qo‘lini tortib olishga harakat qilib ko‘radi. Oynako‘rsatar – oyna oq yo‘l va oydin hayot ramzi hisoblanadi. Marosim ishtirokchilari taraf-taraf bo‘lib bo‘linadilar va bir tomon “kuyov chiroyli” desa, ikkinchi tomon “kelin chiroyli” deb turishadi. Yangi kelin va kuyov oynaga birga qaraydilar va hamma birgalikda “kuyov ham chiroyli, kelin ham chiroyli” deyishadi. Qolgan oila qurmagan yoshlar ham kelin-kuyov bo‘lishni niyat qilib, birin ketin shu oynaga qaraydi. Oynako‘rsatarda kelin va kuyov birga oynaga qaraganda kelin dastlab nigohlarini olib qochadi. Bu milliyligimizga xos harakter bo‘lib, kelinning ibosi, kuyovga hurmat ma’nolarini ifodalaydi. Erning ko‘ziga tik qaramaslik, shu jarayondan boshlanadi. Yana bir ma’lumotga ko‘ra, ushbu odat tanishtiruv vaqti ham bo‘lgan. Chunki, avvallari ba’zi hollarda kelin va kuyov to‘ygacha bir-birlarini ko‘rmagan. Ilk marotaba barchaning guvohligida ushbu marosimda bir-birlarini ko‘rganlar. Marosim oxirida yoshi ulug‘roq kishi shu oynaga qaraganlarga oydin hayot, baxtli kelajak tilab duo qiladi. Kampiro‘ldi – kelinni tushirib kelib, kuyovning uyiga, kelin-kuyov uchun tayyorlangan xonaga kiritayotgan vaqtda oyoq ostida bir qari kampir yotadi va o‘zini o‘lganga soladi. Shunda uning atrofidagi ayollar “kampir o‘lib qoldimi?”– deyishgan. Kampir esa joyidan turayotib: “bir tush ko‘rdim, ajab xosiyatli tush ko‘rdim. Tushimda bir eshik ko‘rdim, eshik ichida bir tilla beshik ko‘rdim. Tillo beshikning ichida qo‘sh kokilli ul ko‘rdim. Yilim halol, tushim o‘ngidan keladi. Tushimda ko‘rgan beshikka kelinning bolasini belayin, omin!”– deydi. Kelin yotgan kimpirning boshini ko‘tarib, yostiq qo‘yadi. So‘ngra oyoq tarafidan sekin xatlab o‘tib ketadi. Marosimni o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad bir nechta. Birinchisi, xonadonga kelayotgan yangi kelin chimildiqqa pokiza, har qanday insu jinslardan holi bo‘lib kirsin. Nimaiki yomonlik bo‘lsa ostonada qolsin, joniga jabr qilmasin degan maqsadlar ko‘zda tutiladi. Yotgan kampir, kelinni barcha yomonliklardan asrovchi hisoblanadi. Kelinga yaqinlashayotgan balo-qazolar yoshini yashab, oshini oshagan shu kampirdan o‘tmasin deb niyat qilinadi; Ikkinchi ma’nosi shuki, yangi kelinchak o‘ziga begona bo‘lgan xonadonning barcha a’zosiga, xususan qariyalariga mehribon bo‘lsin, ularning boshi yostiqqa tekkanda ularga g'amxo‘rlik qilsin degan maqsadda ham o‘tkaziladi. Uchinchidan, kelinning ostonadagi kampirning oyoqlari ustidan epchillik bilan hatlab o‘tishiga nisbatan, hayotda qoqilmasin, qiyinchiliklardan oson, engil oshib o‘tsin degan mazmun ham ifodalanadi. Surpayoydi marosimi to‘ydan so‘ng(hozirda to‘y kuni) o‘tkazilib, surpa yoyilib to‘shak solinib, kelinning qo‘llari yog‘ga va unga tekkaziladi. Oq rang soflik, sokinlik rangi hisoblanadi. Shu bilan birga aholi o‘rtasida oq rang yomonliklar va baxtsizliklarni o‘zidan qochiradi, degan tasavvur bor. Yuzochar marosimi kelinnig yuziga tutilgan oq mato, ro‘molchani 3-4 yoshli o‘gil bola tomonidan olinishi bilan boshlanib, kelinning salomi bilan davom etadi. Kelinga sovg‘a salomlar beriladi va kelin tomon ham ularga sov‘ga qaytaradilar. Yog‘ azaldan to‘kin sochinlik va to‘qchilik manosini ifodalagan. Yangi kelin rizqli-nasibali bo‘lsin, kelin tushurgan xonadonda esa to‘qchilik va to‘kin-sochinlik bo‘lsin degan niyat ushbu odatda aks ettirilgan. Ingliz madaniyatida bundan tashqari ham ko‘plab to‘y bilan aloqador marosimlar, urf-odatlar mavjud va ularni ham to‘ydan oldin, to‘y kuni, va to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan marosimlarga bo‘lishimiz mumkun. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling