Tuzuvchi: Rasulov Nekro’z Qabul qiluvchi: Abdualimova G


Download 117.19 Kb.
bet8/9
Sana30.04.2023
Hajmi117.19 Kb.
#1411027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rasulov Nekro\'zning tilshunoslik vatabiiy fanlar fanidan tayyorlagan (1)

Dialektologiya (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan D. ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografiya); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. D. tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. D. tilshunoslik, etnogrofiya, folklor va b. bilan jips aloqada rivojlanadi. F. Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Sh. Shoabdurahmonov va b. oʻzbek D.si rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.
32-mavzu;Lingvokulturologiya
Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fan sifatida. So‗nggi yillarda til va madaniyat masalalarini o‗rganuvchi fan sifatida lingvokulturologiya fani shakllandi. Lingvokulturologiyaning obyekti – madaniyat va tilning o‗zaro aloqasi, o‗zaro ta‘sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir.40 Lingvokulturologiyaning predmeti madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma‘no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi. Bunda muayyan lingvokulturologik birlik bir paytning o‗zida bir qancha semiotik tizimlarga tegishli bo‗lishi mumkin, ma‘lum bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin. Demak, muqobilsiz leksika va lakunalar (palov, patir, sumalak, ko„rpacha, belbog„), mifologiyalashtirilgan til birliklari, tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi, frazeologik birliklar, o‗xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metafora va obrazlar, nutqiy muomala madaniyati lingvokulturologiyaning predmeti sanaladi. Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so‗z bilan tarjima qilib bo‗lmaydigan so‗zlar mavjud bo‗ladi. Bunday so‗zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko‗pincha mahalliy xalqqa xos lingvistik birliklar: masofa-uzunlik birliklari, ro‗zg‗or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik kabi tushunchalarni anglatadigan so‗zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‗zlashtirilganda ularga ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o‗zga madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling – Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho„l – O‗rta Osiyo; sakura, geysha, ikebana, sake – yapon madaniyatining belgilarini assotsiatsiyalaydi. O‗zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak, ko„rpacha, belbog„ (belida belbog„i bor), do„ppi (do„ppisi osmonda, do„ppi tor) va h.k. so‗zlarda ko‗rish mumkin. Bir tildagi so‗z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‗rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi. Lakunalar (lot. lacuna – bo‗shliq, chuqurlik, cho‗nqir joy) – matnda bo‗sh qolgan, tushib qolgan joy, ―tilning semantik xaritasidagi oq dog‗lar‖dir. 41 Muqobilsiz leksika singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi. Masalan, ingliz tilida ―yurist, advokat‖ ma‘nosini anglatgan lawyer so‗zidan boshqa advokatlik kasbining turli-tumanligini ifodalaydigan attorney ―vakil‖, barrister ―oliy sudlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan advokat‖, solicitor ―mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda ishtirok etish huquqiga ega‖, counsel ―yuriskonsult‖, counsellor ―maslahatchi‖, advocate ―oliy darajadagi advokat‖ kabi. O‗zbek va rus tillarida qayd qilingan ifodalarga faqat bir advokat so‗zigina muqobil bo‗ladi. Bulardan ba‘zilari maqol, matal, frazeologik birliklar, o‗xshatishlar, ramzlar, metafora bizga tushunarli bo‗lgani bois, ularning izohiga to‗xtalmaymiz. Xullas, lingvokulturologiya jonli kommunikativ jarayonlarni – xalqning madaniyati va mentaliteti, ya‘ni uning ongi, shuuri, ommaviy an‘analari, urf-odatlari va h.k.bilan bog‗liq til ifodalarining qo‗llanilishini tadqiq etadi.
a oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlangan. Hoz. I.ning ran turlarini oʻzaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis bilan oʻzaro munosabati va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn I.si va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda
33-mavzu:Neyrolingvistika.

Download 117.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling