Tuzuvchi: Rasulov Nekro’z Qabul qiluvchi: Abdualimova G
Download 117.19 Kb.
|
Rasulov Nekro\'zning tilshunoslik vatabiiy fanlar fanidan tayyorlagan (1)
Intonatsiya (lot. Intono — baland ?talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiymusiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda I. qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol oʻynaydi.
30-mavzu:Lingvogeografiya. Areal lingvistika. Tilshunoslik va geografiya. Lingvistik geografiya. Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Onomastikaning bir qancha sohalari, dialektologiya fani bevosita geografiya fani bilan bog‗liqdir. Shunga ko‗ra, XIX asrning 70-80-yillarida tilshunoslik va geografiya o‗zaro aloqadorligida alohida soha lingvistik georafiya (lingvogeografiya) shakllandi. Bu soha til hodisalarining tarqalish o‗rinlarini, ularda tarixiy taraqqiyot jarayonida yuz bergan o‗zgarishlarni o‗rganish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so‗z ketganda, til egalarining tarix taqozosi bilan muayyan o‗zgarishlarni o‗z boshlaridan kechirishlari, turli joylardan ko‗chib yurishlari va hozirgi vaqtda o‗troqlashish sabablarini o‗rganish tushuniladi. Masalan, Turkiyadagi aholining qadimda Turkistonda yashab, so‗ngra hozirgi zaminga ko‗chib ketganliklari va muqim hayot kechirishga o‗tganliklari fikrimizning dalilidir. Lingvogeorafiya lahja va shevalarni o‗rganishda ham ahamiyatlidir. Chunki ularning tarixiy taraqqiyot yo‗llarini belgilashda, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini o‗rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalgan joylari bilan uzviy bog‗liqlikda tekshiradi. Masalan, o‗zaro umumiy xususiyatga ega bo‗lgan Toshkent, Parkent, Pskent, Qarnob kabi shevalarning turli joylarda o‗troqlashib qolish sabablari o‗rganish, ulardagi umumiy til xususiyatlarini va o‗ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini chizib berish hamda lingvistik atlasini yaratish muhimdir. P.Meyer, G.Paris, G.Venker J.Jilyeron, E.Edmon R.I.Avanesov, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina, N.3.Gadjiyeva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishiga katta xizmat qilganlar. 30-40-yillardan boshlab turkiyshunoslar va o‗zbek tilshunoslari ham (aslida bu sohaga oid dastlabki qarashlar M.Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗ati-t- turk‖ asarida mavjud) lingvistik geografiyaga, lingvistik atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar. V.M.Jirmunskiy, M.Sh.Shiraliyev, N.B.Burganov va L.3.Zalyay, G.B.Bakinova, N.A.Baskakov, L.A.Pokrovskaya, E.V.Severtyan, Ye.D..Polivanov, V.Reshetov, G‗ozi Olim Yunusov, I.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, U.Tursunov, A.G‗ulomov, F.Abdullayev, X.Doniyorov, A.Y.Aliyev, Q.Muhammadjonov, S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, M.Mirzayev, K.Nazarov, A.Shermatov, A.B.Jo‗rayev singari olimlarning bu muammoga bag‗ishlangan qator asarlari maydonga keldi.91 Bu tadqiqotlar lingvistik geografiyaning nazariy asoslarini belgilab berishda muhim ahamiyatga ega. 31-mavzu: Dialektologiya. Download 117.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling