Tuzuvchi: Rasulov Nekro’z Qabul qiluvchi: Abdualimova G


Download 117.19 Kb.
bet9/9
Sana30.04.2023
Hajmi117.19 Kb.
#1411027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rasulov Nekro\'zning tilshunoslik vatabiiy fanlar fanidan tayyorlagan (1)

Neyrolingvistika (lot neuron -nerv va lingua — til) — psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini oʻrganadi. N.ning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida N. soʻzlashga miyaning sistemali funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida karaydi. N.ning rivojlanishi psixolog A. R. Luriya (1902—77) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir
34-mazvu:Genderolingvistika
Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tabiiy, biologik hamda ulardagi ijtimoiy-madaniy tavsiflarning spetsifik yig‘indisini farqlashga xizmat qiluvchi «gender» tushunchasi XX asr birinchi yarmining oxirida paydo bo‘lgan bo‘lib, mohiyatan ikki:
A) biologik jins, V) ijtimoiy (sotsial) jins ma'nolarini anglatadi. Gender (inglizcha gender – «jins») ijtmoiy jins ma'nosini jismoniy reallik asosida shakllanuvchi ijtimoiy konstruksiya sifatida sharhlaydi. Genderologiyaning negizidagi jami bilimlar jinslararo tafovutlarning shakllanish jarayoniga ijtimoiylashuv jarayonining ko‘rsatgan ta'siri natijasida yuzaga keluvchi xulosalar orqali takomillashadi. Buni qanday tushunmoq kerak?
Jahon atropologlarining izlanishlari turli jamiyatda ona va otaning o‘rni, ayol va erkak hatti-harakatining motivi nisbatan turlicha ekanini isbotladi. Masalan, biron-bir qabilada ayollarga xos bo‘lgan: passivlik, mehribonlik, bolalarga nisbatan chinakam g‘amxo‘rlik va muloyimlik – erkaklarga xos xususiyat sifatida e'tiborga olingan bo‘lsa, o‘zga qabilada bundayin holatlar umuman kuzatilmagan.
Xuddi shuningdek, aksariyat genderologik tadqiqotlar erkak va ayollar to‘g‘risidagi an'anaviy qarashlarning hatto bitta jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida ham yetarlicha o‘zgarib, farqliklarga yuz tutishini isbotlaydi. Ya'ni, insoniyat tarixidagi barcha jamiyatlarda ham ayol va erkakka tegishli deb aniq bir xususiyatni belgilash qiyin kechgan, xuddiki, erkak va ayolga xos xususiylikni hatti-harakat, kiyim, ust-bosh farqlab bera olmasligi singari.
Kundalik hayotda erkak ayol kabi ishlarni bajarsa va aksincha, ayol erkakka o‘xshash xususiyatlarni namoyon qilsa, bu holat g‘ayritabiiy ko‘rinadi, uni “hazm qilish” deyarli mushkul kechadi. Buning uchun, XX asrning birinchi yarmi Markaziy Osiyoda shakllangan “Hujum” harakati, yoki Eronda 1979 yildan 1980-yillarning o‘rtalariga qadar O.Xomayni tomonidan 20 ming ayolning nobop kiyinishi va yurish-turishi uchun qatl qilinganligini misol qilish kifoya.
To‘g‘ri, genderologik konsepsiyani teng huquqlilik nuqtai nazardan o‘rganish xato. Vaholanki, shu teng huquqlilik tushunchasiga hatto erkak olimlarning o‘zlari ham shubha bilan qaraydilar. Bu hol ba'zan ularning muallifligiga mansub kitoblarda oshkor etiladi: “ayol-lider asosiy diqqatini kishilararo munosabatdarga, kim kim bilan yaqin, do‘st, kimning obro‘si yuqori, xodimlar kimning fikrlariga ko‘proq ergashadi, quloq soladi kabi psixologik omillarga qaratadi. Jamoadagi sotsial-psixologik muhitni bilish lider uchun muhimdir, ammo u bilan cheklanib bosh maqsad — ishni unutish mayda guruhlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunday mayda guruhlarni umummanfaatlarga xizmat qildirish qiyin kecha-di, ular jamoada mayda gap-so‘zlarni, fisqu fasodni ko‘paytiradi, natijada belgilangan, oldga qo‘yilgan vazifa bajarilmaydi. Bajarilgan taqdirda ham unga cheksiz to‘qnashuvlar, asab buzishlar, "san-man"lar orqali erishiladi. Erkak - lider asosiy diqqatini jamoa oldidagi vazifani, rejani bajarishga qaratadi, u ish, mehnat kishilarni birlashtiruvchi, mayda gap-so‘zlarga o‘rin qoldirmaydigan omil ekanini biladi. Jamoada mayda guruhlarning paydo bo‘lishi ta-biiy holdir, ularni taqiqlash mumkin emas. Ishdan keyin yuzaga keladigan mayda guruhlar emas, bevosita ish paytida, ishga taalluqli maqsadni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirishga intiluvchi mayda guruhlar xavflidir. Buni erkak - lider bi-ladi, shuning uchun u bunday destruktiv maqsadga ega mayda guruhlarga "jang" e'lon qilishdan qaytmaydi. Ikkinchidan, ayol - lider serhis, sertuyg‘u jins bo‘lgani uchun boshqarish ishlarida ham emotsiyaga beriladi. Shu bois u jamoani birlashtiruvchi strategik maqsad ishlab chiqolmaydi, uni oson va tez erishiladigan yutuq qiziqtiradi. U xodimlar o‘rtasidagi mayda gap-so‘zlarga aralashib, ushbu gap-so‘zlardan yuqoriroq maqsad zarurligini sezmaydi. Ko‘p gapirib goho xodimlarini ishdan, asosiy maqsaddan chalg‘itadi, o‘zining tashkilotchiligini, liderligini so‘zamolligi bilan namoyon qilmoqchi bo‘ladi. Vazifaning xususiyatlarini yaxshi bilgan erkak ayol-liderdagi ushbu zaiflikni darrov sezadi, agar istasa u ayoldan lavozimni tortib olishi mumkin.”1
Agar kitob muallifi liderlik qaysi va qanday tarmoqdagi rahbarlikda ayol va erkakning ijtimoiy roli aniqlashtirilishini konkret tasniflaganida edi, bu – aksariyat tomonidan so‘zsiz qabul qilinuvchi gepotizaga tenglashgan bo‘lar edi. Modomiki, muallifning lider degan ixtilof ostida qanday tushunchalarni ilgari surayotgani mavhum bo‘lib turgan ekan, yuqoridagi xulosalar o‘ta sub'ektivlik qobig‘ida qolishga mahkum. Zero, rahbarlik vazifasi ta'lim-tarbiya sohasida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, negadir, bog‘cha mudirligida bironta erkak shaxsning mas'ulligi kuzatilmaydi. Shunga qaramay, boshqaruvda metin irodali ayollarning yuqori muvaffaqiyatlarga erishishi qanchalik tabiiy hol bo‘lsa, maydagap, zarur vaziyatda qat'iy qaror qabul qilishdan ojiz, mansabparast erkaklarning mehnat jamoasini tarqoq va ayanchli ahvolga solib qo‘yishi ham isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Umuman esa, ruhshunos olim, Kaliforniya universiteti professori Robert Stollerning 1968 yilda kashf etgan ilmiy xulosasi gender muammolarini inkor etib bo‘lmasligini takror isbotlaydi. Ya'ni: jins va gender – ikkita tushuncha. Ayollar va erkaklarda biologik farqliklar o‘zgaruvchandir, ammo gender ayroliklar har bir jinsning o‘zigagina xos ravishda yuzaga chiqadi. Biroq, istaymizmi – yo‘qmi bunday tafovutlar birlamchi, har ikki jinsning tili va nutqida ravshan namoyon bo‘ladi.
Mastitsizm va feministik xususiyatning nutqdagi aksi ham anchayin bahsli. Bu borada jinslararo muloqotning yagona genderologik konsepsiyasi hozirgacha ishlab chiqilmaganini ta'kidlash o‘rinli. Shunga qaramay, D.Tannenning “Sen shunchaki meni tushunmayapsan. Ayollar va erkaklar o‘zaro muloqotda” nomli kitobidek olamshumul ishlar amalga oshirilganki, muallif bu ishida ayol va erkaklarning o‘zaro muloqotida uchraydigan anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar, muvaffaqiyatsizliklarni bir so‘z bilan gender muammosi orqali izohlaydi...
Xullas, gender ijtimoiy-siyosiy, maishiy turmushimizning har bir sohasini qamraydi. Negaki, ayol-erkak munosabatlari hamisha muammo tug‘diruvchi, ayni vaqtda – ijobiy ma'nodagi novatorliklikki, uni tadqiq etish, o‘rganish zarurati hyech zamon yo‘qolmaydi.
35-mavzu:Tilshunoslikning logopediya va defektologiya bilan munosabati
Defektologiya (lot. Defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar D. Fani obʼyek-tidir. Shunga koʻra D. 4 alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika (kar va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi), tiflopedagogika (koʻr va koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shugʻullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo boʻlgan (1770-yil karlar uchun Ispaniyada, 1784-yil koʻrlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan). Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham D.ga kiradi. D. Anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, ped., til-shunoslik, bolalar psixologiyasi va b. Fanlar bilan uzviy bogʻlangan. D.ning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan taʼlimtarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.

Oʻlkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izchil va atroflicha muayyan yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar ham, oʻz asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishlari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar bildirishgan. Oʻzbekistonda D.ning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari bilan G. Sh. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R. Moʻminova, R. Shomaxmudova, Gʻ. Shoumarov va b. Shugullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun Oʻzbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toshkent pedagogika universitetinnng ped. Va defektologiya fakultetida maxsus maktab va muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967-yildan).


Logopediya (logos va yun. Paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — ped. Fani tarmogʻi; nutqsagi kamchilik (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqsoni va boshqalar) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab 17-asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq etila boshladi. 19-asr ning 2-yarmidan bu sohaga mustaqil ravishda, ammo tibbiyot nuqtai nazaridan yondoshiddi. Asta-sekin nutq fa-oliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengaya borib, L. Yoʻnalishi tubdan oʻzgardi, pedagogik mazmun birinchi oʻringa qoʻyiladigan boʻldi.
20-asrga kelib L. Mustaqil fan sifatida shakllandi, uning maqsad va vazifalari, metodik asos va tamoyillari, boshqa fanlar bilan aloqasi masalalari ishlab chiqildi. Zamonaviy L. Maktabgacha yoshdagi bolalar L.si, maktab yoshidagi bolalar L.si, oʻsmirlar va katta yoshdagilar L.siga boʻlinadi.

L.ning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni oʻqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir.

L. fan sifatida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning talaffuzi, leksik-grammatik tuzumi, tafakkuri va butun ruxiy faoliyati uzviy bogʻlikligi bilan belgilanadi.
L.ning asosiy vazifalari: nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyati ontogenezini oʻrganish; nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi, alomatlari va darajalarini aniqlash; nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning oʻz-oʻzidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, chutkiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli koʻrinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, oʻzlarini tutishlariga taʼsirini aniklash; rivojlanishda turli xil farqlar boʻlgan bolalarda (eshitish, koʻrish, fikrlash qobiliyati hamda tayanch-harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va buzilishlari xususiyatlarini oʻrganish; nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish; nutq buzilishlarini tartibga solish; nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metod va vositalarini ishlab chiqish; nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish; logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. L.ning yuqorida koʻrsatilgan vazifalarida uning nazariy va amaliy yoʻnalishlari belgilab berilgan.
L. nazariy yoʻnalishi nutqdagi buzilishlarni oʻrganish, uning sabablarini aniklash, oldini olish va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, amaliy yoʻnalishi esa ana shu metodlarni tezroq tatbiq etib, mazkur nuqsonlar va ularni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf etishdan iborat. L.ning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir.

Logopediyalardan maʼlum boʻlishicha, nutqdagi kamchshshklarning paydo boʻlishi, tabiati, inson ruhiyatiga taʼsiri turlicha boʻladi (qarang Alaliya, Afaziya, Duduqlanish, Dizartriya). Ular bilish jarayonini, atrofdagi kishilar bilan muoma-lani qiyinlashtiradi. Bu narsa bolaning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Ogʻir nutqiy buzilishlar esa insonning akliy rivojlanishiga, ayniqsa, oliy bilish faoliyati darajalariga, shaxsning shakllanishiga taʼsir etadi, uning harakteridagi tortinchoqlik, qatʼiyatsizlik, odamovilik, nomukammallik tuygʻusi kabi salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. L.ning ahamiyati esa bolaning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etib, uning har tomonlama barkamol rivoj-lanishini taʼminlashdan iborat.



L. nutq buzilishini oʻrganish va tu-zatishda nutq bilan fikrning oʻzaro bogʻlikdigi haqidagi, bola rivojlanishida umumiy va maxsus qonuniyatlarning oʻzaro munosabati toʻgʻrisidagi nazariy qoidalarga, nutqva faoliyatning hamohang rivojlanishi hamda ruhiy kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. L. Umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada sodir boʻlishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning tuzilishi va harakatga kelishi toʻgʻrisidagi bilimlardan foydalanadi.
Nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibida nutqiy alomat bilan nutqsiz alomatning munosabatini bilish uchun L. Boshqa fanlar bilan hamkorliqda ish yuritadi. Jumladan, u tilshunoslik, otorinolaringologiya, psixolingvistika, umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnostika, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy aloqada ishlaydi. Mas, nutq va eshitish aʼzolarining patologiyasi nutqdagi buzilish etiologiyasini aniqlashdan tashqari tibbiy taʼsir vositasida boʻladigan logopedik ishlarni toʻgʻri qoʻshib olib borish uchun ham imkon beradi. Oʻzbekistonda yordamchi maktablar, bolalar poliklinikalari, bolalar bogʻchalari va boshqa muassasalarda logopedik yordam koʻrsatiladi. Bundan tashqari, nutqi zaif bolalar uchun alohida bogʻchalar, maxsus maktablar mavjud. Oʻzbekistonda logoped oʻqituvchilar Toshkent ped. Universitetida tayyorlanadi. Logopediyaishlari Toshkent ped. Universitetining defektologiya kafedrasi va ayrim tibbiyot muassasalarida olib boriladi.
36-mavzu:Kompyuter Iingvistikasi
Kompyuter Iingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalami yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing)dan iborat1 Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari quyidagilar: avtomatik o‘qitish tizimini ishlab chiqish; tillami o‘qitish; bilimlami tekshirish; matnlami turli jihatdan avtomatik tahrirlash va tahlil qilish; matnlaming avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini (inglizcha parsing) ta’minlovchi tizimlar yaratish; mashina tarjimasi uchun moMjallangan dasturlami ishlab chiqish; lug‘atlami va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish; lingvistik muammolami hal qilishga yo‘naltirilgan optimal dasturlar yaratish; muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish; matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish; elektron lug‘atlar va tezaumslar yaratish; sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish; matnlar korpusini shakli an tirish; matnni avtomatik referatlash; syujet strukturasini modellashtirish; nutqni avtomatik tushunish tizimini ishlab chiqish (inglizcha ASR - Automatic Speech Recognition); matndan faktlami avtomatik ajratib olish (inglizcha fact extraction, text mining). Kompyuter Iingvistikasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur dasturlami muayyan algoritmik tilda tilshunos dasturchi yaratadi. U bu dasturlami tuzishda maxsus sun’iy tillardan foydalanadi. Hozirda internet ma’lumotlariga ko‘ra sun’iy tillaming quyidagi turlari mavjud: a) sintez qiluvchi dasturlar uchun: Paskal, C, Prolog, Lisp, Okkamyu tillari; b) yig‘uvchi dasturlar uchun: Modula-2, Ada, Eyfel, Component Paskal tillari; d) aniqlashtiruvchi dasturlar uchun: C++, Smallmalk, Oberon, Java, Clarron tillari. NLP (tabiiy tilni qayta ishlash) kompyuter lingvistikasida tabiiy tillaming kompyuter analizi va sintezini o‘z ichiga oladi. Bunda analiz tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishiga nisbatan ishlatiladi, sintez esa kompyuterda matnning grammatik shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) deraakdir. NLP bo‘yicha yaratilgan dasturiy ta’minotlar quyidagilar: Alchemy API, Expert System S.p.A., General Architecture for Text Engineering (GATE), Modular Audio Recognition Framework, Monty Lingua, Natural Language Toolkit (NLTK). Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanadi, u nazariy tilshunoslik yutuqlaridan foydalanadi. Kompyuter lingvistikasi va nazariy tilshunoslik bir-birini toMdiradi. Kompyuter lingvistikasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi larda ko‘rinadi: kompyuter lingvistikasi tavsiflash jarayonida insonni istisno qiladi, tahlillar ko‘proq kompyuterga moslashtiriladi; kompyuter lingvistikasi masalani miqdoriy xarakteristikalar va aniq parametrlar asosida hal etad, miqdoriy (kvantitativ) tavsifga, algoritmlash, modellashtirish, statistik tahlilga asoslanadi; kompyuter lingvistikasi amaliy xarakterga ega bo‘lib, til bilan bogMiq muammolarning amaliy jihatlariga e’tibor qaratadi, uni aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, metodlar, tizimlar yordamida hal etish bilan shug‘ullanadi; kompyuter lingvistikasida ko‘proq sun’iy tillar (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi, tabiiy tillaming mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib, kompyuterga moslashtiriladi. Fanlar hamisha o‘zaro uzviy bogMiqlik va hamkorlikda ish ko‘radi, ular birbirisiz mavjud boMa olmaydi. Jumladan, kompyuter lingvistikasi fani ham bundan mustasno emas. Kompyuter lingvistikasi mantiq, informatika, statistika, semiotika, kibemetika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalari bilan o‘zaro aloqador. Kompyuter lingvistikasida qoMlanadigan lingvistik vositalami shartli ravishda ikki qismga boMish mumkin: deklarativ hamda protsedura qismlari. Deklarativ qismga til va nutq birliklari lug‘ati, grammatik ma’lumotnomalar, matnlar korpusi kabilanii kiritish mumkin. Protsedura qismi esa yuqoridagi lingvistik ta’minot bazasini boshqarish vositalari (algoritmlar tuzish, dasturlar yaratish, kompyuter analizi va sintezi kabilar)ni o‘z ichiga oladi. Matematik modellashtirish, formallashtirish, kompyuter tizimining tilshunoslikka tatbiq qilinishi avtomatik tarjima muammolari bilan shug^llanish, mashina yordamida matn tuzish, uni qisqartirish, sintezlash jarayonini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bugungi kunda kompyuter lingvistikasida til materiallarini formallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash, chastotali lug‘atlar tuzish, turli qisqartmalar va simvollardan foydalanish, MT algoritmini tuzish amallari bajarilmoqda. Kompyuter lingvistikasi fani taraqqiyoti. turli maqsadlardagi dasturlaming yaratilishi tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari taraqqiyotini ham ta’minlashga xizmat qiladi. “Kompyuter lingvistikasi” orfografik me’yorlarning buzilish hollarini, nogrammatik ifodalami bartaraf etishga yordam beradi.
37-mavzu:Tilni o’rganishda statistik metodlardan foydalanish
Tilni o‗rganishda statistik metodlardan foydalanish. Tilshunoslikda keng qo‗llanilayotgan statistik metodlar ham matematika fanining ta‘siri orqali maydonga kelgan. Statistik metodning markaziy muammosi jonli (funksional) tilning statistik qonuniyatlarini va matnning statistik strukturasini aniqlashdir. Matnning statistik strukturasi deyilganda, shartli ravishda, ma‘lum matndagi turli so‗zlar miqdori bilan shu matnda uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat tushuniladi. Shunga ko‗ra statistik ma‘lumotlarni to‗plash, qayta ishlash kabi murakkab jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash zaruriyati kelib chiqqan holda kompyuter lingvistikasida statistik yo‗nalish yuzaga keldi. Filologik izlanishlarda statistik metodni ilk bor qo‗llagan olim V.Ya. Bunyakovskiy edi. Matematik olim Yu.I.Levin fikriga ko‗ra, til hodisalarini o‗rganishda ehtimollik nazariyasi va statistikani qo‗llash XX asrning boshlariga to‗g‗ri keladi. Bu soha bilan dastlab shug‗ullangan shoir Andrey Belin va taniqli matematik A.A.Markovlar bo‗lgan. Keyinchalik A.A.Chuprov, A.M.Peshkovskiy, V.F.Chistyakov, B.K.Kramorenko, A.A. Lyapidovskiy, E.A.Shteynfeldt, Yu.Markov, I.I.Revzin, V.A.Artyomov, R.G.Piotrovskiy, Ye.V.Paducheva, I.A.Malchuk, R.M.Frumkina kabi o’nlab shu sohaning mutaxassislari yetishib chiqdi. O‗zbek tilshunosligida esa statistik metodlardan foydalanish 1930-yillardan I.Kissen lug‗atlari bilan boshlangan. Masalan, 1941-yilda bir necha oy ichida I.A.Kissen rahbarligi va ishtiroki bilan 17000 so‗zdan iborat katta o‗zbekcha-ruscha lug‗at tuzilgan. I.A.Kissen ―Hozirgi o‗zbek adabiy tilida faol qo‗llanuvchi so‗zlar lug‗ati‖ni yaratish uchun qirqta o‗zbek roman va qissalardan 101,044 ta so‗z shaklini tanlab, shundan 5,4 foizini atoqli otlar (5494 ta so‗z), qolgan 95,550 ta so‗z mustaqil va yordamchi so‗zlar bo‗lib, 94,6 foizni tashkil etishini aniqlagan. O‗zbek tili matbuotining lug‗aviy tarkibini birinchi bo‗lib tekshirgan olim V.V.Reshetov edi. U o‗z nomzodlik dissertatsiyasida va shu asosda e‘lon qilingan maqolalarida o‗zbek tili matbuotidagi so‗zlarning kelib chiqishi (o‗zbekcha, arabcha, forscha, ruscha va boshqalar) va so‗z turkumlari bo‗yicha chastotasini aniqladi. Xuddi shuningdek, 1940-yilda A.K. Borovkov ham gazeta materiallari bo‗yicha statistik tekshirish olib borgan edi. Keyinchalik ―Minsk22‖ elektron-hisoblash mashinasida S.Rizayev ―O‗zbek bolalar adabiyoti tilining chastotali lug‗ati‖ni yaratgan. R.Qo‗ng‗urov va S.Karimovlarning ―Zulfiya poeziyasi tilining lug‗ati‖, S.Muhamedovning gazeta matnlari asosida ―O‗zbek tilining alfavitlichastotali lug‗ati‖, Rizayev, N.Bo‗ronovlarning ―Abdulla Qahhor ―Sinchalak‖ povesti tilining chastotali lug‗ati‖ kabi lug‗atlari statistik metod asosida yaratilgan. 89 D.O‗rinboyeva, U.Umrzoqov ―O‗zbek xalq dostonlari tilining alfavitli chastotali lug‗ati‖, S.Karimov, A.Qarshiyev, G.Isroilovalarning ―A.Qahhor asarlari tilining lug‗ati‖, N.Xadjimusayevaning ―Orzigul‖dostoni tilining alfavitli, chastotali, chappa lug‗ati‖, D.O‗rinboyevaning ―O‗zbek xalq og‗zaki ijodi asarlarining qiyosiy chastotali lug‗ati‖, S.Umirovaning ―Usmon Azim asarlari tilining lug‗ati‖ kabi qator lug‗atlar ham statistik metod asosida yaratilgan lug‗atlardir.90 Xullas, leksik birliklarni statistik metod bilan tahlil qilish leksikologiya va leksikografiyaning ko‗plab masalalarini hal etishga ko‗maklashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




Yusupova O. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O„quv qo„llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 180 b.
SamDU.uz sayti
Wikipedia.org sayti



1 Алимасов Виктор. Гендер фалсафаси. Т.: Фалсафа ва хукук институти нашриёти, 2008.

Download 117.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling