Tuzuvchi: Rasulov Nekro’z Qabul qiluvchi: Abdualimova G


Belgilar tizimlarining turlari


Download 117.19 Kb.
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi117.19 Kb.
#1411027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rasulov Nekro\'zning tilshunoslik vatabiiy fanlar fanidan tayyorlagan (1)

Belgilar tizimlarining turlari.
Aslida belgilar odatda farqlanadi belgilar (alomatlar) va ikonik belgilar. Belgilar va ikonik belgilar ular ko'rsatayotgan narsa va hodisalar (yo'tal - sovuq, tutun - olov, tasvir - asl va boshqalar) tomonidan aniq belgilanadi (boshqacha aytganda, aniq motivatsiya). Ushbu ikki guruhga kiruvchi ob'ektlarni belgidan foydalanmaydigan belgilar deb atash mumkin, chunki, bir tomondan, bu ob'ektlar boshqa ob'ektlarning aniq belgilari, atributlari yoki ularga o'xshash, boshqa tomondan, ular tomonidan har qanday belgilarga ko'ra, boshqa ob'ektlarni hukm qilish mumkin. Ramzlarga kelsak, ular ham o'zlari turgan narsa uchun qandaydir motivatsiyaga ega. Biroq, bu motivatsiya juda zaif bo'lishi mumkin va ba'zida faqat belgilangan ob'ekt yoki g'oyaning ramziga ishora qiladi. Belgilar go'yo belgilar bo'lmagan va tegishli belgilar (an'anaviy belgilar) o'rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi. Da tegishli belgilar (an'anaviy belgilar), ikki tomon o'rtasidagi munosabatlar tabiiy, sabab-natija munosabatlariga bog'liq emas, balki ko'pincha konventsiya (odatiylik) yoki o'zboshimchalik (o'zboshimchalik) tamoyiliga bo'ysunadi.
28-mavzu:Psixolingvistika
―Psixolingvistika‖ termini birinchi marta amerikalik psixolog N.Pronko tomonidan 1946-yilda ilmiy muomalaga kiritilgan. ―Psixolingvistika‖ psixologiya (yunon. psyche ―ruh‖) va lingvistika (lotin. lingua ―til‖) so‗zlaridan hosil qilingan. 1953-yilda AQShning Blumington shahridagi Indiana universiteti huzuridagi Lingvistika va psixologiya qo‗mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo seminarda psixolingvistika mustaqil fan sifatida e‘lon qilingan. Mazkur seminar mashhur amerikalik psixologlar Charlz Osgud, Djon Kerroll hamda tilshunos, etnograf va adabiyotshunos olim Tomas Sibeoklarning tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. 1954-yilda nashr qilingan ―Psixolingvistika. Nazariya va tadqiqot muammolari ocherki‖ kitobida seminar jarayonida qabul qilingan psixolingvistikaning asosiy nazariy masalalari, eksperimental tadqiqotlarning asosiy yo‗nalishlari belgilandi va u qator fanlararo psixolingvistik tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim rol o‗ynadi. Asrimizning 50-yillarida maydonga kelgan psixolingvistika psixologik yo‗nalishning eng yaxshi jihatlarini davom ettirdi va uni yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirda bu fan mustaqil soha sifatida o‗z xususiyatlariga, maqsad va vazifa, predmet va obyektiga ega. Psixolingvistikaning predmeti lingvistikanikidan farq qiladi. Psixolingvistikani lisoniy belgilar tizimining ishlash jarayoni, xususan, belgilarning yaratilish va qabul qilinish jarayonlari qiziqtiradi. Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan bo‗lib, uning obyektini u o‗rganadigan induvidual obyektlar majmuyi tashkil qiladi. Lingvistika nutq tuzilishini til qonunlariga ko‗ra o‗rganadi. Psixolingvistika esa nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, shuningdek, ona tili va chet tilini o‗zlashtirish jarayonlariga murojaat qiladi. Hozirgi kunda ko‗p tilshunoslar til faktlarini to‗liq tushunish uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari doirasiga kirish lozimligini tan olishadi. Binobarin, til materiali kishi miyasida tashkil topadi va kerak paytda chiqariladi. Bunday psixik jarayonlar psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi. Psixolingvistika tilni psixikaning fenomeni sifatida o‗rganadi. Soha mutaxassislari fikricha, so‗zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‗quvchining ichki dunyosi qanday bo‗lsa, til ham shu darajada mavjud. Shu bois, 47 psixolingvistika faqat matnlardagina saqlanib qolgan, bu matn yaratuvchilarining psixik olamlari bo‗lmagan o‗lik tillar (masalan, eski slavyan yoki yunon tillari)ni o‗rganish bilan shug‗ullanmaydi. Inson tilni to‗liq egallash imkoniyatiga ega bo‗lib tug‗iladi. Biroq bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‗ladi. Buni qanday yuz berishini tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini o‗rganadi. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning harakatga kelish jarayonining me‘yordan chiqib ketish sabablarini tadqiq qiladi. Kattalar va bolalar nutqidagi buzilishlarni o‗rganadi. Psixolingvistika ba‘zan til va tafakkurni o‗rganadigan fan sifatida belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‗zlash va tilni tushunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni aniqlashdir. Psixolingvistlarning kishilar orasidagi o‗zaro til munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi. Xullas, psixolingvistika tilni o‗rgangani uchun tilshunoslik fanlariga, tilni alohida aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida o‗rgangani uchun esa psixologiya fanlariga aloqador bo‗lgan kompleks fan hisoblanadi.
29-mavzu; Psixoterapiyada nutq va intonatsiyaning o‘rni
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.

Download 117.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling