У ч е н ы й X x I в е к а международный научный журнал


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/49
Sana14.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1460793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
uch21vek 3 2022

1
Nizomiddinov Jahonmirzo Zuhriddin o’g’li - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi BR-54 guruh 
talabasi. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
16 
doktorlik dissertatsiyasi, 1970-yili nashr etilgan “Muqimiy. Hayoti va ijodi” nomli 
monografiyasi Muqimiy hayoti va ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan birinchi yirik 
monografiyadir. Unda shoir hayoti va ijodi muqimiyshunoslikning o‘sha davrdagi 
mavjud yutuqlarini mujassamlashtirgan holda ancha mufassal tadqiq etilgan.
G‘.Karimov tomonidan nashr etilgan universitetlar va pedagogika institutlari 
filologiya fakultetlari uchun “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida ham (1966, 1975, 
1987) shoir hayoti va ijodi muqimiyshunoslikning o‘sha paytdagi eng so‘nggi yutuqlari 
asosida o‘rganilgan. A.Shokirov, A.Madaminov, O.Jo‘raboyev va A.Turdialiyevlarning 
Muqimiyning yangi topilgan asarlarini matbuotda e’lon qilishi ham Muqimiy 
biografiyasini tiklashda, ijodkor sifatida uning shaxsiyatini, dunyoqarashini belgilashda 
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, adabiyotshunos A.Turdialiyevning “Adabiy 
meros” jurnali 1988 yil, 1-sonidagi “Muqimiyning yangi aniqlangan dastxatlari” 
sarlavhali maqolasida Muqimiyning o‘z qo‘li bilan yozilgan fors-tojik tilidagi Isfaraga – 
do‘sti Ibrohim xo‘jaga bag‘ishlangan nasriy maktubini talqin qilib, matnini joriy imloda 
berishi Muqimiy hayoti va ijodini o‘rganishda alohida o‘rin tutadi. 
Shuningdek, A.Madaminov nashrga tayyorlagan Zavqiy, Furqat, Muqimiy 
asarlaridan iborat “Yangi bayoz” (Toshkent, 1997) nomli kitobida ham Muqimiyning 
jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan she’rlari nashr etilgan. A.Shokirovning “Adabiy 
meros” jurnalining 1976 yil, 5-son, 1976 yil, 6-son va 1978 yil, 10-sonlarida e’lon qilgan 
“Muqimiy dastxat yozgan bayoz”, “Muqimiyning bir dastxati haqida” hamda 
“Muqimiyning yangi topilgan satirasi” kabi maqolalarida Muqimiy ijodining 
jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan qirralari o‘rganilgan. 
O.Jo‘raboyevning “Guliston” jurnali 1999 yil, 2-sonidagi “Muqimiyning cho‘ntak 
bayozi”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2001 yil, 3-sonidagi “Qo‘lyozma manbalarda 
Muqimiy ijodi” kabi maqolalarida ham Muqimiy ijodining o‘rganilmagan 
jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu kabi yangi ma’lumotlar Muqimiy 
ijodining hali tadqiqotchilar e’tibori yetarli qaratilmagan jihatlariga bag‘ishlanganligi, 
ko‘p hollarda muhim masalalar o‘rtaga qo‘yilib, puxta hal etilganligi bilan e’tiborga 
molik. 
Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, Muqimiy qo‘lyozmalaridan ko‘pgina lirik 
asarlar yo‘qolgan yoki hanuzgacha topilgani yo‘q. Uning adabiy merosi hali mukammal 
o‘rganilmagan yoki Istiqlolgacha bo‘lgan davrdagi tuzum mafkurasining tazyiqi bilan 
biryoqlama tahlil etilgan.
Shunga qaramay, bizgacha yetib kelgan asarlarining o‘zi ham Muqimiyning 
katta she’riy iste’dodidan, hozirjavobligi va zukkoligidan darak beradi. Uning g‘azal va 
muxammaslari, xususan, “Sayohatnoma” asari o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga munosib 
ulush bo‘lib qo‘shilgan. Shoirning o‘ziga xos uslubiy qirralari uning asarlari tilidagi 
xalqchillik va xalqonalikda, poetik mahorati badiiy san’atlardan o‘rinli foydalana 
olishida, hayotga yaqinligida ko‘zga tashlanadi. 
Shoirning hayot yo‘li bir tekisda kechmaganligi tabiiy. G‘azallaridan birida: 
Kelsam Hindu Marvdin balki topardim e’tibor, 
Shul erur aybim Muqimiy, mardumi Farg‘onaman 
degan shikoyat va nolasining o‘ziyoq uning zamona alg‘ov-dalg‘ovlaridan, 
muhitning nizo va fitnalaridan tinimsiz ozor chekkanligini ko‘rsatadi. 
Shundan kelib chiqib, biz Muqimiyning o‘sha murakkabliklar va ziddiyatlarga 
to‘la davrdagi ijodiy faoliyatida shon-shuhratga emas, ma’naviy kamolotga intilish, 
she’riyat va ijodga talpinish ustun bo‘lgan deya xulosa chiqarishimiz mumkin. 
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Muqimiy o‘zi yashagan davr adabiy muhiti 
namoyandalaridan ma’naviy g‘amxo‘rlik, hamfikrlilik hamda rahnamolik ko‘radi.
Zavqiy, Furqat singari mashhur zamondoshlariga bo‘lgan ehtiromini ifodalovchi 
satrlari bundan dalolat beradi. 
...O‘zlarin zakki olib, xat qilmadilar loaqal, 
Emdi Zavqiy yurmasun deb xalq aro hushyor man. 
Hasbi hol aylab qilibtur xat, so‘rab holin, Muqim, 
To qiyomat Furqatiydin emdi minnatdorman. 
Muqimiy lirik she’rlarida boshqalarni kamolotga da’vat etar ekan, bu borada o‘zi 
har tomonlama ibrat ko‘rsata olgan betakror shaxs ham bo‘lgan. Yurtboshimiz iboralari 
bilan aytganda: “Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, har qanday og‘ir va 
murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o‘zligini yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
17 
mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham 
barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvat bag‘ishlab kelmoqda.”
Muqimiy ijodida dunyoviy-insoniy kechinmalar bilan birga diniy-falsafiy, 
tasavvufiy g‘oyalar ham yetakchilik qiladi: ularda biz islom ta’limoti g‘oyalari targ‘ibi 
bilan bir qatorda, ilohiy va dunyoviy ishq tarannumi, shoirning olam va odam haqidagi 
falsafiy mulohazalarining badiiy talqinlari, charxu falakdan, zamonadan va nokas 
kishilardan shikoyat ohanglari, turli bid’atchiliklar tanqidi, pand-nasihat ruhidagi va 
hasbi hol xarakteridagi she’rlarni ko‘ramiz. 
Qayda bo‘lg‘ay telba, rasvo yaqoyu ostin, 
Ne bilur Majnun degan subh ila shomu choshtin, 
Naylayin, o‘ylab tiriklikning kamiyu kostin, 
Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin, 
So‘zki haq bo‘lsa: savolimga javobim, kim desun? 
Shoir o‘z she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, o‘ziga xos 
xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanadi. Muqimiy she’rlarining tili sodda, uslubi 
ravon, fors-arab so‘zlari nihoyatda oz, jonli tilga yaqin. Bu esa shoirning o‘zbek adabiy 
tilining rivojlanishi va taraqqiy etishiga qo‘shgan hissasi deyish mumkin. 
Muqimiyning umri iqtisodiy qiyinchiliklar, turli voqea-hodisalar girdobida 
notinch o‘tdi. Ammo ilm-ma’rifatga, ijod va yaratuvchilik faoliyatiga hamisha vaqt topa 
olganligi, boshqalarni ham bu yo‘lga muttasil targ‘ib qilganligi tahsinga loyiqdir.
Shoirning nisbatan qisqa bo‘lgan umri davomida qoldirgan adabiy merosi 
o‘zining ilg‘or g‘oyalari, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhi bilan bugungi kungacha 
xalqimizning ma’naviy merosi bo‘lib kelmoqda. Muqimiy o‘zining “Ko‘rgan kishi” radifli 
she’rida kelguvsi avlodlarga vasiyat qilayotgandek, ushbu misralarni bitgan edi: 
...Nazmini qildi latofatlik Muqimiy boridin, 
Istasin deb to o‘qib nomu nishon ko‘rgan kishi. 
Demak, Muqimiy nafaqat mumtoz adabiyotimizning ulkan namoyandasi, balki 
xalqimiz ijtimoiy tafakkurida yorqin iz qoldirgan ulug‘vor siymolardan biri, tarix 
sahifalariga o‘z nomi abadiy yozilishiga erisha olgan ilg‘or fikrli ziyoli inson sifatida 
ham qadrlanishga loyiqdir. 
Mumtoz adabiyotimiz- ulkan bir xazina. Istiqlol sharofati bilan ana shu merosni 
o‘rganish, undan kishilarning ma’naviy olamini boyitishda oqilona foydalanishga 
harakat qilinmoqda. Buyuk o‘zbek shoiri Muqimiy devoni ham ana shu savobli 
ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ilgari keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan 
ijod namunalarining to‘plamga kiritilgani, avvalgi nashrlarda yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilinganligi nashrning qiymatini yanada 
oshiradi.
Muqimiy bir necha muddat Qo‘qondagi yer o‘lchash boshqarmasida ishlagan 
vaqtida bu ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu uning “Tanobchilar” she’rida ham aks etgan. 
Atrofda yuz berayotgan nohaqliklar, fojialar shoir qalamining yanada o‘tkirroq, 
keskinroq bo‘lishiga olib keldi. Muqimiy xalq dardu quvonchlarini o‘z asarlarida ifoda 
eta olgani uchun ham el o‘rtasida mashhur bo‘lib ketdi. Bir muxammasida shoir 
shunday deb yozgandi: Kettilar hasrat bilan mardum yig‘ib dunyo, darig‘, Hirsu g‘aflat 
pardasi bosib, bo‘lib a’mo, darig‘, Dahrdin bir oliyhimmat bo‘lmadi paydo, darig‘,Johu 
qudrat birla xok o‘ldi g‘aniylar, vo darig‘, Xayru ehsonin ko‘rolmay benavolardin biri. 
Muqimiyning hayoti doimo muhtojlikda o‘tdi. U 1890 yilda o‘z hovlisini sotib, pulini 
o‘gay onasi va singillariga bo‘lib bergach, mahallasidagi Sohibzoda Hazrat 
madrasasining bir hujrasiga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda umrbod yashab qoldi. Muqimiy 
o‘z davrining mashhur shoirlari bo‘lmish Muhyi, Nisbatiy, Furqat, Zavqiy, Muhayyirlar 
bilan shu yerda uchrashib, do‘stlashdi, ular bilan adabiy majlislar, mushoiralar o‘tkazdi. 
Bu adabiy hamkorlik samaralarini biz mazkur shoirlarning ijodiy merosidagi bir xil 
mavzu, bir xil radif va qofiyadagi ko‘plab she’rlarda ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 
Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Nusrat, Nisbatiylarning birgalikda G‘oziy g‘azaliga 
bog‘lagan muxammaslari, “Gul”, “Sandali” radifli g‘azallar, “Viktor” siklidagi satiralar, 
“Fonus”, “Ko‘samen” singari yumoristik she’rlar fikrimizga dalil bo‘la oladi.Muqimiy 
madrasada turgani uchun ilm ahli sifatida unga ham vaqf daromadidan bir ulush berib 
turilardi. Lekin madrasa vaqflarini podsholik olib qo‘yganligi uchun undan ham 
mahrum bo‘lgan. Bu haqda Muqimiy jiyani Ro‘zimuhammadga yozgan xatida shunday 
deydi: “Har daf’a xat beramiz – savg‘osiz, sizga munosib yuborg‘udek bir nimarsa 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
18 
yuborolmay xatlarimiz quruqdin-quruq borib, nihoyatda yozgan xatlarimizdin xijolat 
va sharmanda bo‘lamiz. Bechorachilik, podsholik madrasalarni vaqfini olib qo‘ygan, 
hech bir tarafdin daromad-daxl yo‘q, qashshoqlig‘”. Lekin xalq o‘z sevimli shoirini 
doimo qo‘llab turgan. Muqimiyni shaxsan taniganlardan biri: “Qishloqlardan yigitlar, 
ashulachilar sovg‘a-salom bilan Madaminxo‘janing hujrasiga kelishib, uning 
g‘azallaridan olib ketishar edi”, – deb eslaydi. Dehqonlar shoirni o‘z qishloqlariga 
chorlab ham turganlar.Muqimiy she’riyati xalqqa juda yaqinligi bilan ham alohida 
ajralib turadi. XIX asrda ijodi xalq o‘rtasida bunchalar mashhur bo‘lgan o‘zbek shoirlari 
barmoq bilan sanarli. Shuning uchun uning yuzlab she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib 
ketganligi bejiz emas. “Yakka bu Farg‘onada”, “Muncha ham”, “Ko‘zlaring”, “Kim 
desun?”, “Ayrilmasun”, “Yodimga tushdi”, “Yolg‘uz”, “Biri” va boshqa nazm namunalari 
fikrimiz dalilidir.
Shoirning o‘zi ham bir she’rida bu haqda faxrlanib shunday yozadi:Muqimiy 
so‘zidin bo‘yi muhabbat kelgay, ey ahbob,Tarannum qilsa mahfillarda hofizlarning 
xushxoni.Uning “Bachchag‘ar”, “Avliyo”, “Tanobchilar”, “Hajvi Viktor” kabi hajviyalari, 
“Burun”, “Loy”, “Ko‘saman”, “Pashshalar”, “Bezgak”, “Otim” singari yumoristik she’rlari, 
o‘zbek adabiyotida yangilik bo‘lgan she’riy “Sayyohatnoma”lari shoir ijodining 
abadiyatini ta’minlab turuvchi asarlardir.Muqimiy 1903 yil 25 may, dushanba kuni 53 
yoshida o‘z hujrasida vafot etdi. Shoir Qo‘qondagi Shayxon qabristoniga dafn etilgan. 
Uning vafotiga bag‘ishlab o‘sha davrning peshqadam shoirlari bo‘lmish Mavlaviy 
Yo‘ldosh va Sulaymonqul Rojiy marsiya-ta’rixlar yozib qoldirganlar. Muqimiy hayoti va 
ijodini ilmiy o‘rganish XX asrning 30-yillaridan boshlandi. Shoir G‘afur G‘ulom 1938 yili 
“Muqimiy bayozi”ni tayyorlab, muxtasar so‘zboshi bilan nashr ettirdi. Uyg‘un, 
H.Olimjon kabi shoirlarimiz ham Muqimiy hayoti va ijodi haqida maqolalar yozdilar. 
Keyinroq esa Abdulla Olimjon, Hodi Zarifov singari olimlar shoir hayoti va ijodi haqida 
maxsus tadqiqotlar yaratib, asarlarini nashr ettirdilar. Bu borada taniqli 
adabiyotshunos olim G‘ulom Karimovning xizmatlari kattadir. U Muqimiy hayoti va 
ijodi haqida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1960 yilda Muqimiyning ikki 
tomlik asarlar to‘plamini, 1974 yilda bir tomlik salmoqli asarlar to‘plamini lug‘at, 
izohlar bilan nashr ettirdi. 1970 yili shoir hayoti va ijodi haqidagi “Muqimiy” nomli 
monografiyasini e’lon qildi.Shoir hayoti va ijodini ommalashtirishda shoir va 
dramaturg Sobir Abdullaning ham xizmatlari katta bo‘ldi. U “Muqimiy” nomli musiqali 
drama yaratdi. Shoir hayoti va ijodiga oid badiiy lavhalardan iborat “Mavlono Muqimiy” 
asarini e’lon qildi. Bu asarlar o‘z davrida katta shuhrat qozondi.Ammo, shuni ham 
ta’kidlab o‘tish joizki, Muqimiy hayoti va ijodiga doir mazkur asarlar sho‘rolar davrida 
yaratilganligi sababli ularda kommunistik mafkuraning kuchli tazyiqi sezilib turadi, 
ya’ni o‘sha davr adabiyotini sun’iy ravishda demokratik va reaksion adabiyotga ajratish, 
Muqimiy va Muhyi o‘rtasidagi ixtiloflarni bo‘rttirib ko‘rsatish, Muqimiyga Abdullajon 
Nasimiy va Haziniyni qarama-qarshi qo‘yish shular jumlasidandir.Istiqlol yillarida 
adabiy merosimizni xolis va haqqoniy o‘rganish yo‘lida keng imkoniyatlar ochildi. Ilgari 
nohaq qoralangan yoki bir yoqlama o‘rganilgan ijodkorlar haqida xolis ilmiy tadqiqotlar 
yaratilib, ularning asarlari chop etildi. Shu o‘rinda Po‘latjon domla Qayumovning 1998 
yilda chop etilgan uch jildlik “Tazkirai Qayyumiy” asari muhim voqea bo‘ldi. Bu tazkira 
adabiyotimiz tarixidagi bir qancha bahsli masalalarga oydinlik kiritdi. Tazkiradagi 
Muqimiy va Muhyiga oid fikrlar, shuningdek, professor Sh.Yusupovning “O‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati” gazetasining 1996 yil 21 iyun sonida e’lon qilingan “Muqimiy va 
Muhyi” sarlavhali maqolasi adabiyotshunosligimizdagi yangicha fikrlashning 
mahsulidir. Bu jarayon davom etmoqda. 
Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit 
Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik 
unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil 
an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan 
qaradi.
Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular g‘azallariga muxammaslar 
bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom 
ettirdi. O‘zbek adabiyotida demokratik yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi 
Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli 
shoirlar o‘zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur 
optimizm bilan sug‘orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
19 
xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. She’rlarining tub 
mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari 
tashkil etgan. Ularda do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat 
ulug‘langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. 
Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan («Kelur oxir 
seni ham yo‘qlag‘udek bir zamon yaxshi» va boshqa). Hasrat, shikoyat, norozilik 
motivlari mavjud bo‘lgan she’rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi 
orzu-ideallari aks etgan. 
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning 
ijodida tanqidiy yo‘nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks 
etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo‘linadi. Satiralarida chor amaldorlari, 
ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan («Tanobchilar» va boshqa) 
«Saylov», «Dar mazammati zamona» va boshqada o‘lkaga kirib kelayotgan kapitalistik 
va g‘ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko‘rsatilgan. Ba’zan, o‘sha 
davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar 
yozgan («Hajvi halifai Mingtepa»). 
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. 
Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar 
ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan 
(«Devonamen», «Ko‘samen» «Hayron qildi loy», «Pashshalar», «Shikoyati bezak» va 
boshqa). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga yangicha 
munosabat aks etgan («Ta’rifi pech», «Aroba qursin», «Loy» va boshqa). 
Muqimiy o‘zbek adabiyotiga ishchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini 
yaratdi («Maskovchi boy ta’rifida», «Voqeai Viktor» va boshqa). Turli shaxar va 
qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli «Sayohatnoma» asarini 
yozdi. Asar yengil, o‘ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda 
xalq turmushining og‘irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir 
yaxshilikni ma’qullab, go‘zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh 
bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi 
maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she’riy, 20 ga yaqin nasriy 
maktublari saqlangan. She’rlari qo‘lyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada 
nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida 
bizgacha yetib kelgan. 
1907 yilda “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N.Ostroumov Toshkentda “ 
Devoni Muqimiy” nomli to‘plamni nashr etdirishi bilan keng jamoatchilik hajvchi shoir 
she’rlari bilan tanisha boshladi.Afsuski, bu paytda shoir muhtojlikda hayot kechirib, 
kasallikdan vafot etib ketgandi. 
1903 yil, may.Qo‘qonlik 53 yoshli Muhammad Aminning har yili qaytalab turgan 
» yaraqon»(jigar xastaligi), quloq og‘rig‘i kasalligi ancha kuchaygach, umri oilaviy 
nizolar, kambag‘allik, kimlar bilandir kelishmovchiliklar bilan o‘tgani natijasida 
orttirilgan xastaligi uni to‘shakka yotqizib qo‘ygan edi.Biroq xastaligiga qaramay, 
ruhiyati tetikligi uchun shoir o‘tgan kunlarini sarhisob qilib, o‘zidan ham ko‘ra 
Moskvalik jiyani Ro‘zimuhammad haqida o‘ylar, yozgan maktublariga javob kelishini 
intizorlik bilan kutardi.Muhammad Amin shu tariqa xastalanib yotganicha 25 may, 
dushanba kuni Qo‘qonning Begvachcha mahallasidagi hujrasida vafot etadi. 
Asli Toshkentlik bo‘lib, 1836 yilda Qo‘qonga kelganicha novvoylik qilib turg‘un 
bo‘lib qolgan Mirzaxo‘ja Oyshabibi ismli qizga uylanadi.Kelinning otasi Saidolim 
Nodirshoh o‘g‘li ham asli Xo‘jandlik bo‘lib, u ham Qo‘qonga kelib turg‘un bo‘lib qolgan 
edi. Vaqt o‘tib yangi oilada yolg‘iz o‘g‘il va to‘rt qiz-Tojiniso, Ulu-bibi, Saydiniso, 
Mehriniso voyaga yetadi. Oiladagi va mahalladagilar Mirzaxo‘janing o‘g‘lini 
Madaminxo‘ja deb chaqirishar, onasining bolalikda ilmga havas ruhida tarbiyalangani 
bois, she’rlar ham yoza boshlagan shoir esa, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, deya 
yozganlariga imzo qo‘yardi. 
Madaminxo‘janing onasi Bibioysha adabiyot va san’atga oshno ayol bo‘lib, 
mahalladagilar uni Xumorbibi deya atashar,o‘g‘li ham onasi ta’sirida ilmga, ijodga hasav 
bilan voyaga yetadi.Otasi esa novvoyligi ortidan 7 ta jondan iborat oilani qiynalib 
boqdi.Shunga qaramay, ilm va ijodga havas ruhi uyg‘ongan bolam o‘ksinmasin, deb bor 
to‘plagan mablag‘iga Madaminni avval mahalladagi Abduxalil domlaning maktabida, 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
20 
keyin esa Qo‘qondagi “Hokim oyim” va Buxorodagi “Mehtar anbar” madrasalarida 
o‘qitdirdi.Muqimiy tahsil davomida arab va fors tillarini o‘rganadi. 
Madrasalar tahsilini tugatgach, Qo‘qonga qaytgan Muqimiy, biroz muddat yer 
qurilish mahkamasida mirzalik, daryo qirg‘og‘idagi Oqjarda kemachilarga pattachilik 
qilib yurdi.Ammo ba’zi noinsof tanobchilar, kemachilar bilan kelishaolmay, har ikkala 
ishni tashlab uyiga qaytib keldi.Tabiatan adolatgo‘y bo‘lgan Muqimiy parom va 
tanobchilar mavzusini o‘z she’rlarida aks etdirib ham o‘tgan: 
Kelganim ushbu makonga qiladur manga alam, 
Loyiqi tab’ yo‘q odamki,desam hasratu g‘am, 
Gaplashurg‘a kishi yo‘q ertadin oqshomg‘acha ham, 
Kun sovuq, qora chiroq, go‘rdek uyu, o‘tin kam. 
Chiqsam eshikka qilur to‘rg‘ayi chuldir-chuldir. 
yoki tanobchilarning qing‘irliklarini hajv qilarkan, she’r oxirida shoir shunday 
xulosa chiqaradi: 
Tag‘i bular yaxshiyu bizlar yamon, 
El tamizidin hazar et, al’amon. 
Hayotda shunday qing‘irliklarni ko‘rib yurgan vaqtda onasining kasallikdan 
vafot etadi va otasi Ziyodabibi degan beva ayolga uylanadi.Uning Sanambibi ismli qizi 
ham bor edi.Otasi ishi yurishmay uyga qaytib kelgan Madaminni 1878 yilda ana shu 
o‘gay qiziga uylantirib qo‘ydi. 
Garchi oradan bir yil o‘tib, o‘g‘li Akbar tug‘ilgan bo‘lsa-da,Madamin Sanambibi 
bilan otasi va singillariga, qolaversa, ba’zida o‘ziga ham bo‘lgan hurmatsizligi sababli 
kelishaolmay, 1881 yili ajrashishga majbur bo‘ldi.U shu tariqa uy-joyini otasi, o‘gay 
onasi va singillariga tashlab, o‘g‘lini olganicha madrasa hujrasiga bosh olib ketdi.1886 
yilda otasi ham vafot etadi. 
Muqimiy madrasa mudarrisi sifatida hujrada yasharkan, madrasa peshvosi 
Sohibzoda Hazratning yordamini aytmasa, qiyin hayot kechirgan.Uning hujradagi bor-
yo‘q bisoti oddiy bir namat, bir sholcha, o‘g‘li Akbar uchun bir sidra ko‘rpa-yostiq, ko‘za, 
qumg‘on, dekcha va choynak-piyoladan iborat edi.Biroq shunga qaramay, shoir yaxshi 
ijod qildiki, uning yozganlarida qiynalib yashaganidan nolish, zamonasining 
taraqqiyotidan orqada qolganidan kuyinish kabi jihatlar yaqqol aks etib turardi: 
Ketardim bosh olib, gar bo‘lsa erdi, ro‘zg‘orim yo‘q, 
Netay bezodu to‘sha, yo‘lga yurmakka madorim yo‘q, 
Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q, 
O‘zingdan o‘zga, yo rab, rahbari laylu nahorim yo‘q, 
Hidoyat aylagaymu deb Muqiyming intizor o‘lmish.. 
Yoki boshqa bir she’rida: 
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan, 
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar, 
degan satrlar bor. 
Boshqa bir ash’orida bo‘lsa: 
Ranj-mehnat sog‘arin kimdurki davron yutdurur, 
To`leim ham nechakim ortuqcha pinhon yutdurur, 
Charx selisiz Muqimiyg‘a qachon non yutdurur, 
Almaiyg‘a baski baxti dam-badam qon yutdurur, 
Margdur shirin qotida zahridin achchiq hayot… 
deya dardlarini qog‘ozga to‘kadi shoir. 
Ha, davr qiyinchiliklari nafaqat Muqimiy, balki Almaiy, Mahmudxo‘ja, G‘aribiy, 
Kamiy kabi ijodkor do‘stlariga ham katta ta’sir o‘tkazgandi. Muqimiy chiroyli husnixat 
egasi bo‘lganidan xattotlik qilib pul topar, kelgan oz-moz chaqaga, o‘g‘li ikkalasi uchun 
kundalik yemish xarajat qilardi. Buning ustiga yaraqon, sariq kasalligiga, quloq 
og‘rigiga chalinganidan, tabiblar unga havo almashtirishni maslahat bergach, o‘g‘lini 
singillariga topshirib, topgan ozgina puliga Isfara, Konibodom, Toshkentning bahavo 
joylariga sayohat qildi.Aynan ana shu sayohatida u o‘zbek she’riyatida mashhur bo‘lgan 
«Sayohatnoma» asarini yozib qoldirdi… 
Faryodkim, garduni dun, 
Aylar yurak-bag‘rimni xun. 
Ko‘rdiki bir ahli funun- 
Charx anga kajraftor ekan… 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
21 
Shoir sayohati davomidagi quvonchniyu, davr jafolarini ham shu tariqa qalamga 
olib o‘tadi.Umuman olganda Muqimiy ijodida hajv katta o‘rinni egallaydi.Uning 
“Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Voqeai Viktor”, “Saylov”, 
“Dar shikoyati Laxtin” hajviyalarida zamondoshlarning va jamiyatning kirdikorlari fosh 
etilgan.”Voqeai ko‘r Ashurboy hoji” singari hajviyalarda esa hajga borib kelgan axloqiy 
buzuq kimsaning ishratbozligi tasvir etilgan. 
Muqimiy o‘zining turmushi nochorligi, oilaviy ishlari yurishmaganligi, 
sog‘lig‘ining yomonligi, qolaversa, zamonasidagi mutaasibona qarashlar iqtidorli 
insonlar parvoziga to‘g‘anoq bo‘layotganligi bois, o‘z jiyani va o‘g‘lidan umidvor 
edi.Ularning 
kamolini 
ko‘rib, 
armonga 
aylangan 
orzulari 
ular 
orqali 
ushalishini,»Sayohatnoma» turkumiga kiruvchi she’rlarini olis Moskva-yu Peterburgga 
borib ham yozishni istardi.O‘g‘li Akbarning hali bola bo‘lganligi sababli, jiyani 
Ro‘zimuhammaddan ko‘proq umid qilar, jiyani ortidan ergashib, o‘g‘lining ham olis 
Moskvaga borib yashashi, o‘qishini orzu qilardi.Axir bu manaman degan boyvachchaga 
ham nasib qilavermasdi-da! 
Xulosa qilib aytganda Muqimiyning “Sayohatnoma” asari o‘zbek mumtoz 
adabiyotimizning nodir namunalaridan to‘lib, mazkur asar o‘sha davr voqeligi, muhiti 
va kishilari haqida bizga to‘liq ma’lumot beradi. 
o y d a l a n i l g a n a d a b i yo t l a r 
 
1. Abdurasulov M. O’zbek ma’rifatparvar shoirlari ilm-ma’rifat haqida. T.: “O’qituvchi”. 
1972. 
2. Valixo’jayev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. T.: “O’zbekiston. 1993 
3. Jalolov A. O’zbek ma’rifatparvar-demokratik adabiyoti. T.: 1978 
4. Jo’rayev H. Lirikada an’anaviylik va o’ziga xoslik. T.: 2004. 
5. Karimov G’. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent. 1976. 
6. Muqimiy. Bog’ aro. T.: Akademnashr. 2010. 
7. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T.: “O’qituvchi”. 1980. 
8. Toshkanov S. O’zbek adabiyotida satirik xarakter problemasi. T.:1987 
9. Qodirova M. O’zbek shoiralari ijodida ozodlik motivlari.T.:1977 
10. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: O’qitish muammolari va yechimlar.T.:2009 
© 
Ja.Z. Nizomiddinov
, 2022. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
22 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling