17
iii. Mustahkamlash.
5-mashq asosida multimedia ilova namoyish etiladi. o‘quvchilarga so‘zlar-
ning bitta tovushini o‘zgartirib, yangi so‘z hosil qilishlari kerakligi aytiladi.
qovun – sovun
ikki – _______
mart – _______
so‘qmoq – _______
savlat – _______
Mashq shartini bajarish uchun o‘quvchilar multimedia 1-ilovadagi harflardan
foydalanib so‘zlarni yozishlari lozim. So‘z to‘g‘ri yozilsa,
«To‘g‘ri», aksi bo‘lsa,
«o‘ylab ko‘ring» degan ovoz eshitiladi. o‘quvchilar quyidagi so‘zlarni yozish-
lari kerak:
qovun – sovun
ikki – ukki
mart – mard
so‘qmoq – to‘qmoq
savlat – davlat
mashq to‘liq bajarilgach,
«ofarin» so‘zi va qarsak ovozi eshitiladi. namo-
yish
tugagach, quyidagi savollar beriladi:
qaysi tovushlar so‘zlarning ma’nosini o‘zgartiryapti?
–
–
q – s, i – u, t – d, s – t, s – d tovushlari.
– bu so‘zlarni talaffuz qilganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
– tovush bilan.
Shu so‘zlarni yozganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
–
– Harf bilan.
mashqdagi so‘zlar ma’nosi ustida ishlash maqsadida ma’nodosh so‘z toptiriladi.
Lug‘at ishi:
mard – jasur, qo‘rqmas,
botir
Do'stlaringiz bilan baham: