15
iii. nazorat ishini tashkil etish.
Darslikda berilgan 3-mashqdagi rasm asosida multfilm namoyish etiladi.
Unda qish fasli tasvirlangan.
daraxtlar, dalalar qor bilan qoplangan. bolalar
qishki kiyimda qishki o‘yinlar o‘ynayapti. namoyish
tugagach, darslikdagi rasm-
ga aylanadi.
namoyish tugagach, quyidagi savollar beriladi:
rasmda qaysi fasl tasvirlangan?
–
–
Qish fasli.
qishda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
–
–
Havo sovuq bo‘ladi, qor yog‘adi.
Hayvonlar va qushlar qishda qanday kun kechiradi?
–
(Masalan, ayiq issiq inida uyquda bo‘ladi, boshqa hayvonlar yashash uchun
kurashadilar.)
qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydi?
–
–
Bolalar qorbo‘ron o‘ynaydilar, chana va chang‘ida uchadilar.
rasmdagi bolalarga ism qo‘ying. (
–
Bolalar o‘zlari yoqtirgan ismlarni
qo‘yadi).
kimlar qorbo‘ron o‘ynayapti?
–
– …, …, …lar qorbo‘ron o‘ynayapti.
bolalar yana qanday o‘yinlar o‘ynayaptilar?
–
– …, …, …, …lar qorbobo yasashyapti, …, …lar chanada uchyapti.
o‘qituvchi darslikdagi savollarga o‘quvchilar bergan javoblarning mazmun
jihatidan to‘g‘ri tuzilganini namuna uchun doskaga yozadi. Har bir o‘quvchi daf-
tarlariga o‘zi tuzgan javoblarni yozadi. o‘quvchilarning savollarga bergan javob-
laridan ba’zilari namuna uchun o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: