U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


ii. Uy vazifasini tekshirsh


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

ii. Uy vazifasini tekshirsh. 
o‘quvchilardan uyga berilgan 87-mashq so‘raladi. monitorda rasm ko‘rsa-
tiladi. «videotopishmoq texnologiyasi»dan foydalangan holda so‘raladi. 
o‘quvchilarga muallim, kutubxonachi, quruvchilar, mehmonlar, shoir, qo‘shnilar 
rasmi aks etgan tasviriy rasmlar yoki videolavha namoyish etiladi. o‘qituvchi to-
monidan berilgan savollarga javob berish bilan muhokama o‘tkaziladi: 
Kim? – Muallim, kutubxonachi, shoir. 
– 
Kimlar? – Quruvchilar, mehmonlar, qo‘shnilar. 
– 
«sinkveyn» metodi. multimedia ilova asosida amalga oshiriladi yoki qu-
yidagi usuldan foydalaniladi. 
bu metoddan foydalanganda o‘qituvchi mavzuga mos bitta so‘z tanlaydi va 
sinkveyn tuziladi. bunda keyingi so‘zlar ma’nosiga qarab savol asosida yoziladi 
va oxirida gap hosil qilinadi. 
quruvchilar so‘ziga sinkveyn tuzishadi. buning uchun ushbu gapda ishtirok 
etgan so‘zlarga savollar beriladi: 
1. Quruvchilar – kimlar? 
2. Ko‘rkam va chiroyli – qanday? 
3. Bino – nima ? 
4. Qurdilar – nima qildilar? 
5. Quruvchilar ko‘rkam va chiroyli bino qurdilar. 


68
Har bir so‘z izohlanadi, savol beriladi, quruvchilik kasbi haqida ma’lumot 
beriladi. 
iii. yangi mavzu bayoni.
yangi mavzu 88-mashq asosida «Mozaika» usulida tushuntiriladi. 
o‘quvchilar kitoblarini yopishadi. o‘qituvchi tomonidan konvertga solin-
gan so‘zlar qirqimlari tarqatiladi. Vaqt belgilanadi. Har bir guruh konvertdagi 
so‘zlardan gap hosil qiladi. Vaqt tugagach, o‘qituvchi guruh sardorlariga taqdi-
mot uchun navbat beradi. 
masalan: 
1 - g u r u h uchun keldi, dala, boshladi, ishlarini, Bahor, Dehqon. 
2 - g u r u h : chiqdi, gullar, Quyosh, qip-qizil, ochildi, bo‘lib. 
3-g u r u h : Chaqmoq, yog‘di, kuchli, chaqdi, yomg‘ir. 
oqituvchi muhokamadan so‘ng qaysi guruh vazifani belgilangan vaqt ichida 
tez va to‘g‘ri bajargan bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib ekanligini aytadi. 
88-mashqni guruh a’zolaridan biri doskaga yozadi. 
kim?, nima qildi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chiziladi
doskada husnixat tarzida yozdiriladi. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling