U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
Misollar
1. Ikki mergan nishonga bittadan o„q uzadi. Birinchi merganning ni- shonga tekkizish ehtimoli 0,6; ikkinchisiniki 0,8 ga teng. Ikkala mergan- ning bir paytda nishonga tekkizish ehtimolligi qancha? J: 0,48 2. O„yin kubi uch marta tashlandi. Birinchi tashlashda juft ochko, ikkinchi tashlashda 5 ochko, uchinchi tashlashda uchga karrali ochko tushish ehtimolligini toping. J: 104 3. Aloqa kanalida bir xil ehtimollik bilan 10 ta signal uzatiladi. Halaqit mavjudligi uchun uzatilayotgan signallardan to„rttasi buziladi. Tavakka- liga olingan uchta signaldan kamida bittasi buzilmasdan qabul qilinish ehtimoli qancha? J: 4. Elektr zanjiri ketma-ket ulangan ikkita elementdan tuzilgan bo„lib, ular biri-biridan erkli ravishda ehtimollar bilan ishdan chiqishi mumkin. Zanjirning manbadan uzilish ehtimolini toping. J: 0,2 5. Shisha idishni mashinaga yuklashda sinish ehtimoli 0,06 ga, tashish vaqtida sinish ehtimoli 0,05 ga teng. Shisha idishni sinish ehtimoli qancha? J: 0,11 6. Detallarga ishlov berish tizimining buzilishi natijasida sifatsiz detal chiqish ehtimoli 0,02 ga, stanok buzuqligi tufayli sifatsiz detal chiqish ehtimoli 0,08 ga teng. Sifatsiz detal chiqish ehtimoli qancha? J: 0,1 7. Og„zaki imtihon topshirish uchun talaba o„qituvchi bergan uchta savoldan ikkitasiga javob berishi kerak. Talaba berilishi mumkin bo„lgan 40 ta savoldan 8 tasiga javob bera olmaydi. Talabaning imtihon topshirish ehtimoli qancha? J: 8. Yig„ilgan sxemani tekshirish maqsadida uchta birlik impuls ketma-ket berilgan. Ulardan har birining o„tish ehtimoli qolgan impulslarning o„tgan-o„tmaganligiga bog„liq emas va mos ravishda ; Yuborilgan impulslardan kamida ikkitasining o„tish ehtimolligini toping. J: 0,712 9. Uchta mergan nishonga qarata bittadan o„q otishdi. Birinchi mergan- ning nishonga tekkizish ehtimoli 0,5 ga, ikkinchi va uchinchi merganlarning nishonga tekkizish ehtimollari mos ravishda 0,6 va 0,7 ekanligi ma‟lum bo„lsa, quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping. a) merganlardan faqat bittasi nishonga tekkizdi; b) merganlardan hech bo„lmasa biri nishonga tekkizdi; d) uchala mergan ham nishonga tekkizdi; e) faqat ikkita mergan nishonga tekkizdi; f) merganlardan hech bo„lmasa biri nishonga tekkiza olmadi. J: a) 0,29 b) 0,94 e) 0,21 d) 0,44 f) 0,79 105 10. Xaridorga zarur mahsulotning birinchi, ikkinchi va uchinchi do„konda bo„lish ehtimolligi mos ravishda 0,7; 0,8; 0,9 ekanligi ma‟lum bo„lsa, quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping. a) zarur mahsulot ko„pi bilan ikkita do„konda bor; b) zarur mahsulot kamida 2 ta do„konda bor. J: a) 0,49 b) 0,902 11. Lotereyaning har 10200 ta biletining 100 tasiga turli buyumlar va 30 tasiga esa pul yutuqlari qo„yilgan. Bir dona lotereya bilet egasining buyum yoki pul yutug„ini yutib olish ehtimolligini toping. J: 0,013 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling