U yu. O„roqov
Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
12.4. Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning
(ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatorini yuritish qoidalari Qoidalar ―Davlat xaridlari to‗g‗risida‖ gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini (keyingi o‗rinlarda — Klassifikator) yuritish tartibini belgilaydi. Ushbu Qoidalarning maqsadi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va xalqaro klassifikatorlarga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlarni tavsiflash va davlat xaridlari samaradorligini oshirishdan iborat. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli davlat organi (keyingi o‗rinlarda — vakolatli davlat organi) Klassifikatorga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish huquqiga ega. Klassifikatordan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: davlat xaridlari maqsadlari uchun tovar (ish, xizmat)ni tasniflash va kodlash; tovar (ish, xizmat)ning batafsil tavsifini davlat xaridining reja- jadvalida, davlat xaridi to‗g‗risidagi e‘londa, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining ofertasida, tanlov va tender hujjatlarida, davlat xaridlari to‗g‗risidagi shartnomada va qonun hujjatlariga muvofiq davlat xaridlari to‗g‗risidagi boshqa axborotlarda aks ettirish; 125 davlat xaridlari to‗g‗risidagi barcha ma‘lumotlarni yig‗ish, hisobga olish, ishlov berish va tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni ta‘minlash; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning spetsifikatsiyalarini shakllantirishda; davlat xaridlarining boshlang‗ich narxini va loyiha xarajatlarining me‘yoriy ko‗rsatkichlarini aniqlashda xolisligiga erishish; xalqaro statistika metodologiyasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari bo‗yicha ma‘lumotlarni taqqoslash orqali statistik ma‘lumotlarni tayyorlash; davlat xaridlari shaffofligi va samaradorligini ta‘minlash; xalqaro elektron axborot tizimlari bilan davlat xaridlari bo‗yicha hamkorlik imkoniyatlarini oshirish. Klassifikator O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari bo‗yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (keyingi o‗rinlarda — MST) asosida ishlab chiqilgan. Tuzilishiga ko‗ra Klassifikator tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlanishi, maxsus kodi va tavsifnomalaridan iborat. Klassifikator maxsus kodlariga quyidagilar kiradi: MSTning xarfli kodi va olti xonali raqamli kodlardan iborat birinchi daraja; tovar (ish, xizmat)ning guruhi (tipi)dan kelib chiqib shakllantirilgan uch xonali raqamli kodlardan iborat ikkinchi daraja; tovar (ish, xizmat)ning standart parametrlari asosida shakllantirilgan besh xonali raqamli kodlardan iborat uchinchi daraja. Klassifikator o‗n to‗rt raqamdan iborat va XX.XX.XX.XXX — XXXXX ko‗rinishdagi formulaga ega. Klassifikator kodlarining tuzilishi formulasi: Klassifikatorni yuritish jarayonida tovar (ish, xizmat)ni guruhlarga (tiplarga) bo‗lish imkoniyati mavjud bo‗lmagan taqdirda yettinchidan to‗qqizinchigacha bo‗lgan raqamlar ―0‖ etib belgilanadi. 126 Tovar (ish, xizmat)ning alohida tavsifnomalari vakolatli davlat organi tomonidan mavjud texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardan kelib chiqib yuritiladi. Klassifikator tuzilishining asosini faoliyat va tovar (ish, xizmat) turining yagonaligi tamoyili tashkil etadi, ya‘ni tovar (ish, xizmat)ning har bir turi ma‘lum bir iqtisodiy faoliyat turiga tegishli bo‗lishi va har bir faoliyat ushbu faoliyat natijasida yaratilgan tovar (ish, xizmat) kategoriyasiga mos kelishi kerak. Tovar (ish, xizmat)larni aniqlashtirish jarayonlari ketma-ket kodlarga bo‗lish yo‗li orqali amalga oshiriladi. Kategoriyaning kichik kategoriyalarga detalizatsiyasi tasniflash xususiyatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda mahsulotning asosiy tasniflash xususiyatlari mahsulotning ko‗lami, maqsadi, tarkibi, ishlab chiqarish usuli, bajaradigan vazifalaridan iborat. Tasniflashning bir xil darajasida joylashgan guruhlash bir-biri bilan tutashmasligi kerak, ya‘ni ular o‗xshash tushunchalarni o‗z ichiga olmasligi kerak. Tasniflashning har bir bosqichida yuqori darajali guruhlashni ajratish uchun faqat bitta xususiyat ishlatilishi kerak. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomi uning asosiy parametrlarini va unga oid batafsil ma‘lumotni o‗z ichiga olishi kerak. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomidagi birinchi so‗z ot so‗z turkumida, bosh kelishik va birlikda bo‗lishi kerak, qonun hujjatlariga muvofiq ko‗plikda belgilangan nomlar bundan mustasno. Nom kichik harflar bilan yozilishi va birinchi so‗z katta harf bilan boshlanishi kerak. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomini aks ettirishda quyidagilarga yo‗l qo‗yilmaydi: juft ochiq joylar (probellar) qo‗yishga, nomning oxiri va boshida ochiq joylar (probellar) qo‗yishga; nomining oxirida va boshida tinish belgilari qo‗yishga; nomida ―yo‖ harfi ishlatishga (―e‖ bilan almashtiriladi); apostroflar va qavs belgilari ishlatilishiga, kiril harflari, lotin harflari va tinish belgilaridan boshqa har qanday belgilar qo‗yishga. Nom aniq talqin qilinishi va tovar (ish, xizmat) haqida maksimal ma‘lumotni o‗z ichiga olishi kerak. Tovar (ish, xizmat) nomining axborot mazmuni ushbu turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelishi kerak (ustuvorlik kamayish tartibida): Davlat standarti (GOST), Sanoat standarti 127 (OST), Texnik shartlar (TU), Pasportlar yoki texnik tavsiflar, ishlab chiqaruvchi kataloglari. Klassifikator vakolatli davlat organining axborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi. Klassifikatordan davlat xaridlari bo‗yicha maxsus axborot portali operatorlari axborot tizimlari o‗rtasidagi o‗zaro axborot almashinuvi orqali foydalanishlari mumkin. Bunda vakolatli davlat organi operatorlardan Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq olishga haqli. Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq vakolatli davlat organi va Operator o‗rtasida tuziladigan Kelishuvga asosan belgilanadi. Klassifikator O‗zbekiston Respublikasining davlat tilida yuritiladi. Klassifikator boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin. Klassifikatorga davlat sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar kiritilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Klassifikator pozitsiyalari quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi: tovar (ish, xizmat) kodi, nomi, o‗lchov birligi, bajarilgan ish hajmi va ko‗rsatilgan xizmat. Tovar (ish, xizmat)ning tavsifi quyidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi: iste‘mol xususiyatlari va tovar (ish, xizmat)ning boshqa xususiyatlari, shu jumladan, funksional, texnik va sifat xususiyatlari. Miqdoriy baholashga ega bo‗lgan xususiyatlar kiritilayotganda, uning o‗ziga xos qiymati yoki muayyan qiymatlarning to‗liq ro‗yxati yoki maqbul qiymatlar oralig‗i yoki o‗zgarmas qiymatlar, shu jumladan, tovar (ish, xizmat)ga bo‗lgan talablar hisobga olingan holda belgilanadi. Miqdoriy baholashga ega bo‗lmagan xususiyatlar kiritilayotganda, xarid qilinayotgan obyektlarga qo‗yiladigan talablar hisobga olingan holda tovar (ish, xizmat)ning tegishli xususiyatlarining to‗liq ro‗yxati ko‗rsatiladi. Klassifikator pozitsiyalarini shakllantirish va kiritish vakolatli davlat organi tomonidan apparat-texnika vositalaridan foydalangan holda avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling