Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Zamburug„larning fermentlari
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
Zamburug„larning fermentlari. Zamburug‗larning ferment sistemalari
murakkab tuzilishga ega. Ularning fermentlarini ikki guruhga bo‗lish mumkin. Birinchi guruh – ekzofermentlar, substratdan ozuqa moddalarni olish uchun uni yemirish jarayonlarini kataliz qiladi. Ikkinchi guruh – endofermentlar, hujayraga kiritilgan ozuqa moddalarini o‗zgartirib, ulardan yuqori molekular birikmalar sintezini amalga oshiradi. Fermentlar ishtirokida kimyoviy reaksiyalar o‗tadi va hujayraga lozim bo‗lgan energiya hosil bo‗ladi. Fermentlar to‗plamining tarkibi zamburug‗larning yashash tarzi va ixtisoslashishi bilan chambarchars bog‗liq. Fermentlarning eng xilma-xilligi ozuqa substrati sifatida o‗simliklar va hayvonlarning o‗lik to‗qimalarini o‗zlashtiruvchi va har xil materiallarda biozararlanish qo‗zg‗atuvchi saprotrof zamburug‗larda mavjud. Murakkab ferment sistemasi yordamida saprotroflar ozuqa manbai sifatida har xil substratlarni o‗zlashtira oladi. Fakultativ parazitlarning fermentlar to‗plami ham ancha boy. Ammo, zamburug‗ning parazitik ixtisoslashishi darajasi qancha yuqori bo‗lsa, uning fermentlar to‗plami shuncha kam bo‗ladi. Shunday, fakultativ parazitlarga nisbatan fakultativ saprotroflar va ayniqsa obligat parazitlarning ozuqa substratlari ancha aniq va barqaror. Sifat tarkibi bo‗yicha fitopatogen zamburug‗larning o‗simlik hujayra qobig‗ini yemiruvchi fermentlari mavjud. Bulardan sellyulaza ta‘sirida sellyuloza shishadi va eriydi, pektinaza esa hujayralararo plastinkalarni eritish va to‗qimalarni bo‗tqa shakliga keltirish jarayonlarini kataliz qiladi. Bu fermentlari yordamida zamburug‗ xo‗jayin o‗simlik hujayrasi ichidagi moddalardan foydalanishga yo‗l ochadi. 21 Zamburug‗ o‗simlik hujayrasiga kirgandan keyin uning ichidagi moddalarni o‗zlashtira oladigan shaklga keltirish vazifasini bajarishda qatnashadigan fermentlarining ahamiyati oshadi. Bular birinchi navbatda kraxmalni gidrolizlovchi (amilaza), oqsillarni parchalovchi (proteaza) va b. Bu fermentlar yordamida zamburug‗lar amalda o‗simlikning barcha qismlarini yemiradi. Normal yashashi, o‗sishi va ko‗payishi uchun zamburug‗larning ko‗p ozuqa elementlariga ehtiyoji bor, ularning orasida eng muhimlari qatoriga karbon, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, magniy va mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt, marganes, molibden va b.) kiradi. Zamburug‗larga vitaminlar, birinchi navbatda biotin va tiamin, o‗sishni boshqaruvchi va boshqa biologik faol moddalar ham lozim. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling