Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

 
 Tadqiqot natijalari. 
Olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
shuni 
koʻrsatadiki, 
tuproqdagi 
mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan 
yuqumsiz kasalliklar taʼsirida qishloq xo‗jalik ekinlariga katta zarar etishi 
mumkin. Shu sababli ushbu tadqiqot oʻtkazildi va natijada yuqoridagi kasalliklarga 
qarshi kurashning samarali usullari haqida kerakli xulosalarga ega bo‗ldik. 
Natijalar shuni koʻrsatadiki, u yoki bu ozuqa elementi o‗simliklar uchun ortiqcha 
bo‗lishining ta‘siri xarakteriga qarab, o‗simlikning u yoki bu organi yoki butun 
o‗simlik shikastlanadi, hosildorligi pasayadi, ba‘zan o‗simliklar nobud bo‗ladi. Shu 
sababdan qishloq xo‗jalik ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida ishlab chiqilgan 
chora-tadbirlar sistemasida o‗simliklar ozuqa moddalari bilan ta‘minlangan 
bo‗lishini va o‗simliklarni zaharlovchi omillarni bartaraf qilib turishni ta‘minlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa tuproqqa o‗g‗itlarning katta miqdorlarini 
solishni ko‗zda tutuvchi qishloq xo‗jalik ishlab-chiqarishini jadallashtirish 
jarayonida bu chora-tadbirlarning ahamiyati benihoya. 


27 
IV. XULOSA 
Zamburug‗lar bir va ko‗p hujayrali, shakllangan yadroga ega bo‗lgan eukariot 
organizmlarning o‗ziga xos guruhini tashkil etadi. 
Fitopatogen zamburug‗larning oziqlanishi, ularning parazitik ixtisoslashishi 
darajasiga bog‗liq holda, o‗simlikning tirik yoki o‗lik hujayralari hisobiga amalga 
oshadi. Saprotrof tarzda yashash qobiliyatini saqlagan fakultativ parazitlar 
muayyan vaqt davomida ham o‗simliklar, ham hayvonlarning o‗lik organik 
moddalari hisobiga yashashi mumkin. Hujayralari ichidagi va tashqarisidagi 
osmotik bosim har xil bo‗lishi yordamida zamburug‗lar ozuqa moddalarni suvli 
eritma shaklida butun yuzasi bilan so‗rib, oziqlanadi. 
Zamburug‗larning hayot kechirishi, o‗sishi, rivojlanishi va parazitlik faoliyati 
atrof-muhit sharoitlariga, birinchi navbatda namlik, harorat, muhit nordonligi (rN), 
kislorod bilan ta‘milanishiga va boshqalarga bog‗liq. Muayyan namlik va harorat 
mavjud bo‗lishi – zamburug‗ rivojlanishi xarakterini belgilovchi asosiy shartdir. 
O‗simlik kasallik bilan zararlanishi darajasi bularga bevosita bog‗liqligi tufayli, 
fitopatogenning potensial imkonlarini baholashda namlik va harorat alohida 
ahamiyat kasb etadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling