Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Mitselial arqonchalarni har xil yuksak zamburug‗lar guruhlarining vakillari 
tez-tez hosil qiladi. Oddiy arqoncha bir qancha bir-biriga tashqi shilimshiq qobig‗i 
yoki kalta anastomozlar yordamida yopishgan, ko‗p sonli bo‗lmagan va parallel 
joylashgan bir xil gifalardan tashkil topadi. Oddiy arqonchalarni faqat mikroskopda 
ko‗rish mumkin.
Funksional differensiatsiyalashgan arqonchalar ma‘lum bir funksiyani bajarish 
uchun xizmat qiladi. Masalan, uy zamburug‗i (Serpula lacrymans) ning 
arqonchalari gifalar ko‗p sonli anastomozlari vositasida bir-biriga mustahkam 
birikishi natijasida hosil bo‗ladigan tuzilmalardir. Uning arqonchalari uch xil 
gifalardan tashkil topadi: 1) oddiy vegetativ; 2) arqonchalarga mexanik 
mustahkamlik beruvchi qobig‗i qalin va ichki qismi tor; bular o‗ziga xos qoplovchi 
material funksiyasini bajaradi; 3) ichki qismi keng va hujayra devorchalari har xil 
darajada qalinlashgan, septalari qisman yemirilgan o‗tkazuvchi (tomir) gifalar. 
O‗tkazuvchi (tomir) gifalari ozuqa moddalari harakatini ta‘minlaydi, demak ular 
o‗tkazuvchi sistema vazifasini bajaradi. Ular gifalar o‗lchami, qalinligi, shakli, 
konsistensiyasi, tusi va tuzilishi bo‗yicha farqlanadi. Arqoncha yordamida 
zamburug‗ ancha uzoq masofadagi ozuqa manbaalaridan foydalanishi mumkin.
Rizomorflar yanada mustahkamroq, to‗q tusli, shoxlangan arqonchalar 
bo‗lib, tashqi ko‗rinishidan ular o‗simlik ildiziga o‗xshaydi. Ularning uzunligi bir 
necha metr, kengligi bir necha mm ga yetishi mumkin. Rizomorf tarkibidagi 
gifalarning funksiyalari har xil. Rizomorfning tashqi qismi to‗q tusli va qalin 
qobiqli hujayralardan, ichki qismi – rangsiz, yupqa qobiqli gifalardan hamda 
o‗tkazuvchi tomirlarga o‗xshash (shoxlanmagan, septalari mavjud bo‗lmagan, 
ichki bo‗shlig‗i keng va qobig‗ida xalqasimon bo‗rtmalari bo‗lgan) gifalardan 
tashkil topadi.
Arqonchalar va rizomorflarning asosiy funksiyasi – zamburug‗ vegetativ 
ko‗payishida uning tarqalishini ta‘minlashdir. Masalan, to‗nka zamburug‗i 
rizomorflari bilan daraxtdan daraxtga, ko‗pincha bir necha metr masofaga, 
tarqaladi. Arqonchalar va rizomorflar orqali suv va ozuqa moddalar 
rivojlanayotgan meva tanachalariga yetkazib berilishi mumkin. Nihoyat, qalin 


17 
qobiq bilan qoplangan bu tuzilmalar zamburug‗ noqulay atrof-muhit sharoitlarida 
saqlanishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling