Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
mitseliy xarakterlidir. Gaustoriy
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blumeria (a), Albugo (b) va Peronospora (v) turkumlari turlarining gaustoriylari
mitseliy xarakterlidir.
Gaustoriy. Fitopatogen zamburug‗larning hujayralararo joylashgan ekzogen va endogen mitseliysi ko‗pincha maxsus organ – gaustoriy (so‗rg‗ich) – hosil qiladi (3-rasm). U xo‗jayin o‗simlik hujayrasiga kiradi va undan ozuqa moddalarni so‗radi. Gaustoriylar har xil shaklga, ayrim sistematik guruhlar turlari uchun esa bir xil va turg‗un shaklga ega bo‗lib, bu holda ular muayyan sistematik guruhlarning diagnostik belgilaridan biri sifatida qo‗llaniladi. 3-rasm. Blumeria (a), Albugo (b) va Peronospora (v) turkumlari turlarining gaustoriylari (Popkova i dr., 2005) Gaustoriylarning rivojlanishi, masalan, Ascomycota filumiga mansub ekzogen un-shudring zamburug‗larida quyidagi usulda amalga oshadi. O‗simlik yuzasida gifa yassi palla – apressoriy – hosil qiladi va uning vositasida epidermisga zich yopishadi. Apressoriydan ajralib chiqadigan fermentlar ta‘sirida o‗simlik hujayrasining devorchasi shishadi va yumshaydi. Apressoriydan ingichka gifa o‗sib chiqadi va xo‗jayin o‗simlikning yumshagan hujayra devorchasini oson teshib, hujayra ichiga kiradi. U yerda gifa o‗sib, oldin pufaksimon struktura, undan esa ancha murakkab organ – gaustoriy – hosil qiladi. Endogen hujayralararo mitseliyda ham gaustoriy shu usulda rivojlanadi, bunda faqat apressoriy hosil bo‗lmaydi. 14 Gaustoriy xo‗jayin o‗simlik hujayra qobig‗ini teshib kiradigan asosiy va juda ingichka qismdan va hujayra ichidagi kengaygan qismdan tashkil topadi. Shakli, o‗sish xarakteri va shoxlanishi bo‗yicha gaustoriylar oddiy mitseliy gifalaridan kuchli darajada farq qiladi. Buning sababi faqat hujayra ichi bo‗shlig‗ining torligi emas, balki hujayra tarkibi begona tana kirishiga ko‗rsatadigan javobi hamdir. Ko‗p hollarda xo‗jayin o‗simlik hujayrasi sitoplazmasidan sellyuloza ajratilib, u gaustoriy atrofida qobiq hosil qiladi. Gaustoriylardan farqli o‗laroq, tirik hujayra bo‗shlig‗idan o‗tayotgan endogen mitseliyning o‗sish xarakteri o‗zgarmaydi. Gaustoriylar mavjudligi hujayralararo va hujayra ichi mitseliylari orasidagi tafovutni yo‗qqa chiqaradi. Ayrim hollarda ma‘lum bo‗lishicha, mitseliy hujayralar orasida yoki ichida rivojlanishi zamburug‗ qanday sharoitda rivojlanayotganligi bilan bog‗liq ekan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling