Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

 
 
 
 
 


10 
2.2. Zamburug„larning tuzilishi va belgilari 
Zamburug„larning umumiy belgilari. Zamburug‗lar eukariotik, sporalar 
yordamida ko‗payadigan, xlorofillga ega bo‗lmagan, oziqlanish tipi bo‗yicha 
geterotroflar bo‗lib, ozuqa moddalarni substratdan tanasining butun yuzasi bilan 
so‗rib oziqlanadigan, nojinsiy va jinsiy usul vositasida ko‗payadigan, somatik 
(vegetativ) strukturalari odatda gifalar deb ataladigan ipsimon, shoxlangan, qobiq 
bilan o‗ralgan hujayralardan tashkil topgan tuzilmalarga ega bo‗lgan 
organizmlardir. Ammo keyingi davrlarda zamburug‗larga berilgan bu tavsiflar 
yetarli emasligi ma‘lum bo‗ldi, chunki ilgari zamburug‗lar deb hisoblangan bir 
qator organizmlar kelib chiqishi va ko‗p boshqa belgilari bo‗yicha bir-biriga yaqin 
emasligi aniqlandi. Bu organizmlarning barchasini biz ushbu qo‗llanmada 
«zamburug‗lar» deb ataymiz; ularning nomenklaturasi va sistematikasi quyida 5-8-
boblarda bayon qilinadi. 
Biokimyosi 
va 
fiziologiyasi, 
hujayralarining 
ultratuzilishi, 
hujayra 
qobig‗ining tarkibi va tuzilishi, modda almashinuvi xarakteri va oziqlanish usuliga 
ko‗ra zamburug‗lar hayvonlar bilan o‗simliklar orasidagi mavqeni egallaydi, 
chunki ularda ham hayvonlarga, ham o‗simliklarga xos ayrim belgilar mavjud. 
Haqiqatan, hujayralari polyarligi, uchki (apikal) qismi chegaralanmagan miqdorda 
o‗sa olishi, yaxshi shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, 
vegetativ holatda harakatsiz bo‗lishi zamburug‗larga o‗simliklar bilan o‗xshashlik 
beradi. Ammo zamburug‗larning hayvonlar bilan o‗xshashlik belgilari ham bor. 
Bular – zamburug‗larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, azot 
almashinuvi jarayonida mochevina hosil bo‗lishi va yig‗ilishi, zahira ozuqa 
moddasi sifatida glikogen sintez qilinishi, ko‗p turlarda xitin mavjudligi va b. 
Shu bilan birga ba‘zi belgilari – vegetativ tanasi mitseliydan iborat bo‗lishi va 
osmotrof oziqlanishni ta‘minlay olishi; o‗ziga xos yadro sikllari, getero- va 
dikarioz mavjudligi bilan zamburug‗lar o‗simliklardan ham, hayvonlardan ham 
farq qiladi. Shularni hisobga olgan holda ko‗p olimlar zamburug‗larni tirik 
organizmlarning Mycota (= Fungi yoki Mycetes) nomli alohida olami sifatida 
ajratib chiqarish tarafdoridir.


11 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling