Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Zamburug„larning tuzilishi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Zamburug„larning tuzilishi. Zamburug‗lar hujayralari qobig‗ida hayvonot 
dunyosiga xos bo‗lgan xitin, modda almashinuvi mahsulotlarida mochevina 
mavjudligi, zahira modda sifatida glikogen hosil bo‗lishi va ba‘zi boshqa 
xususiyatlar zamburug‗larni hayvonot dunyosiga yaqinlashtiradi. Ammo 
zamburug‗lar o‗simliklar ham, hayvonlar ham emas. Zamburug‗larning rivojlanishi 
o‗simliklar hamda hayvonlar bilan bog‗liq bo‗lmagan holda kechgan. Bu nuqtai 
nazarning to‗g‗riligi haqida paleontologik va biokimyoviy bavosita dalillar 
mavjud: bu o‗simliklar bilan zamburug‗lar o‗z evolyusion yo‗nalishlariga 
ajralmasdan ilgari ham zamburug‗lar mavjud bo‗lganligidir.
Zamburug‗larning vegetativ tanasi, mitseliy deb ataluvchi juda tor
shoxlangan gifalar sistemasidan tashkil topgan. Mitseliyning asosiy elementi – gifa 
– uzun ip bo‗lib, u uchki qismi bilan chegaralanmagan miqdorda o‗sish 
qobiliyatiga ega. Gifalarda ko‗ndalang joylashgan to‗siqlar (septalar) mavjud 
bo‗lmasligi mumkin, bunday holda mitseliy ko‗p shoxlangan bitta hujayradan 
iborat bo‗ladi. Bunday mitseliy septalanmagan yoki hujayralanmagan (ya‘ni, 
hujayralarga bo‗linmagan) mitseliy, deb ataladi (1-rasm). Septalari mavjud bo‗lgan 
gifalar ko‗p hujayrali (septalangan) mitseliy hosil qiladi (2-rasm).
Septalangan mitseliy septalar vositasida bir, ikki va ko‗p yadroli hujayralarga 
bo‗lingan. Bunday mitseliy yuksak (askomitset, bazidiomitset va anamorf) 
zamburug‗larga xos. Septalar hujayralanmagan mitseliyda ham – reproduktiv 
organlar rivojlanganida yoki gifalar shikastlanganida – hosil bo‗lishi mumkin. 
Hujayra bo‗linganida septa ikki tomondan markaziga qarab o‗sadi. Odatda 
septaning markazida «pòra» deb ataluvchi teshikcha qoladi; bu teshikcha orqali 
ozuqa moddalari va ba‘zi hujayra organellalari bir hujayradan ikkinchisiga 
harakatlanadi.
Ba‘zi zamburug‗larda, misol uchun, xitridiylarda (Chytridiomycota), septalar 
ko‗p sonli mikroteshiklar bilan perforatsiya qilingan. Bunday septa mikroteshikli 
septa, deb ataladi. Zamburug‗larning aksariyatida septada markaziy teshik mavjud 
va septaning qalinligi chetlaridan teshikka qarab kamayib boradi. Bu – 
askomitsetlarda uchraydigan oddiy septa


12 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling