Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

 



II.ASOSIY QISM 
2.1. Zamburug„lar haqida umumiy ma‟lumotlar.
Zamburug‗lar bir va ko‗p hujayrali, shakllangan yadroga ega bo‗lgan 
eukariot organizmlarning o‗ziga xos guruhini tashkil etadi. Xalqaro mikologiya 
instituti 
direktori 
prof. 
D. 
Xouksvortning 
hisoblariga 
ko‗ra tabiatda 
zamburug‗larning 1,5 mln ga yaqin turi mavjud
1
, ammo hozirgacha fan tomonidan 
ularning taxminan 70 mingtasi (5 foizi) aniqlangan (Alexopoulos et al., 2007). 
O‗simliklar kasalliklarining aksariyatini mikroskopik zamburug‗lar qo‗zg‗atadi.
Zamburug‗larning tirik mavjudotlar orasida tutgan o‗rni haqida fanda 
hali ham bahslar ketmoqda. Oldin barcha tirik mavjudotlar o‗simlik va hayvonot 
dunyolariga bo‗linar edi. Zamburug‗larni o‗simliklar dunyosida joylashtirib, suv 
o‗tlari bilan birga tuban (sporali) o‗simliklar guruhiga kiritishar edi. Haqiqatan, 
hujayralarining polyarligi, ustki (apikal) qismi o‗sishi chegaralanmaganligi, yaxshi 
shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, vegetativ holatda 
harakatsiz bo‗lishi jihatidan zamburug‗lar o‗simliklarga o‗xshaydi. Ammo 
zamburug‗larning o‗simliklardan farqlari va hayvonlar bilan o‗xshashlik belgilari 
ham bor. Bular – zamburug‗larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, 
azot almashinuvi jarayonida mochevina hosil bo‗lishi va yig‗ilishi, zahira ozuqa 
moddasi sifatida glikogen va ba‘zi boshqa birikmalar sintez qilinishi, ko‗p 
turlarning hujayra qobig‗i xitin (va gemitsellyuloza) dan tashkil topishi va b. Shu 
bilan birga ba‘zi belgilari – vegetativ tanasi mitseliydan iborat bo‗lishi va osmotrof 
oziqlanishi; o‗ziga xos yadro sikllari, getero- va dikarioz mavjudligi bilan 
zamburug‗lar o‗simliklardan ham, hayvonlardan ham farq qiladi.
Sistematika tuzishda zamburug‗larning alohida guruhlari orasidagi 
evolyusion aloqalar hisobga olinishi lozim. Sistematikaning asosi – tur. 
Zamburug‗lar sistematikasi, ya‘ni ularni dunyo, bo‗lim, sinf, tartib, oila, turkum va 
turlarga bo‗lish turlarning morfologik, biologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik, 
sitologik va boshqa xususiyatlariga asoslanadi, fitopatogen turlarning esa, birinchi 
1
Бошқа микологларнинг ҳисоб-китобларига кўра, замбуруғлар ва замбуруғсимон организмлар таркибига 
тахминан 500 000 та тур киради (R.M. May, 1991). 



navbatda xo‗jayin o‗simliklarga ixtisoslashishini hisobga oladi. Hozirgi paytda 
sistematikada alohida organizmlar yoki ularning guruhlarining DNK si tuzilishiga 
juda katta ahamiyat berilmoqda. Natijada zamburug‗ va zamburug‗simon 
organizmlar sistemasida katta o‗zgarishlar yuz berdi. Kasallik diagnostikasida uni 
qo‗zg‗atuvchi turning sistematikadagi o‗rnini aniqlash shart va bu kasallikka qarshi 
asoslangan kurash choralarini tanlab olishga imkon beradi. 
Ilgari zamburug‗lar guruhiga kiritilgan organizmlar hozir tirik tabiatning yana 
uchta mustaqil dunyosiga bo‗lindi – Protozoa yoki Protists (Protozoa, Protistlar), 
Chromista yoki Stramenopila (Xromista, Stramenopila) va Fungi yoki Mycota 
(Fungi, Mikota – Haqiqiy zamburug‗lar). Ulardan har birining tarkibiga bir necha 
filum
2
kiradi. 
Zamburug‗simon 
organizmlarning 
Protozoa 
dunyosiga 
miksomitsetlar 4 ta filum sifatida kiritilgan; Chromista dunyosiga esa qo‗ng‗ir, zar 
tusli, sariq-yashil va diatom suv o‗tlari bilan birga soxta zamburug‗larning 3 ta 
filumi – gifoxitridiylar, oomitsetlar va labirintullar kiritilgan. Haqiqiy 
zamburug‗lar dunyosiga Xitridiomikota, Zigomikota, Askomikota, Bazidiomikota 
filumlari hamda Anamorf zamburug‗lar (eski nomi Deyteromikota bo‗limi, yoki 
Takomillashmagan zamburug‗lar sinfi) guruhi kiradi. Bu dunyolarning 
fitopatologiya nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo‗lgan filumlarining tavsiflari 
quyidagi matnda va 7-jadvalda keltirilgan.
Botanik nomenklaturaning xalqaro kodeksi (BNXK) ga binoan 
zamburug‗ turlariga nom berishda binar nomenklatura qo‗llaniladi, ya‘ni turning 
to‗la nomi ikkita – turkum hamda tur – nomidan iborat bo‗ladi. Masalan, arpada 
to‗rsimon dog‗lanish qo‗zg‗atuvchi zamburug‗ning anamorf bosqichining nomi 
Drechslera teres (Sacc.) Shoem. Turning ilmiy tavsifini birinchi bo‗lib bayon 
qilgan muallif(lar) tur nomidan keyin keltiriladi. Bu yerda tur nomidan keyin 
qo‗yilgan (Sacc.) so‗zi bu turni birinchi bo‗lib Sakkardo (Saccardo) bayon 
etganini, ammo uni Helminthosporium teres deb ataganini bildiradi. Keyinchalik 
Shumeyker zamburug‗ Drechslera turkumiga mansubligini, patogenning haqiqiy 
2
Микология ва фитопатологияда қўлланиладиган ―филум‖ атамаси тахминан ―бўлим‖ атамасига тўғри 
келади. Филумлар номларининг охири -mycota билан, синф номларининг охири эса -mycetes билан 
тугалланади. 



nomini hamda taksonomiyadagi o‗rnini aniqlagan. Helminthosporium teres Sacc. 
nomi – Drechslera teres (Sacc.) Shoem. nomining ko‗rsatilishi shart (majburiy) 
bo‗lgan sinonimidir. 
BNXK ga binoan tur nomi lotin tilida yozilishi har bir zamburug‗ 
turining nomi butun dunyoda bir xil bo‗lishini ta‘minlaydi. Turkum nomi doim 
bosh harf bilan, tur nomi esa kichik harf bilan yoziladi. Taksonomik kategoriyalar 
ham BNXK ning qoidalariga binoan yoziladi. Bunda taksonlarning oxirgi qismlari 
quyidagi shaklda unifikatsiya qilingan: dunyo – Mycota, filum (bo‗lim) - 
Ascomycota, sinf – Euascomecetes, tartiblar guruhi – Loculoascomycetes, tartib – 
Pleosporales, oila – Pleosporaceae, turkum – Pyrenophora, tur – Pyrenophora 
tritici-repentis. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling