Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Mitseliyning o„zgargan shakllari


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Mitseliyning o„zgargan shakllari. Ba‘zi zamburug‗larning mitseliylari 
substratga tekkan joylarida, rizoidlar, deb ataladigan kalta, shoxlangan gifalar 
dastasini hosil qiladi. Rizoidlarning funksiyasi ildizlarnikiga yaqin bo‗lib, ular 
yordamida zamburug‗ substratga yopishadi.
Zamburug‗larning aksariyati hayotining muayyan bosqichlarida bir-biriga 
chirmashib va bir-biri bilan qo‗shilib ketgan gifalardan tashkil topgan tuzilmalarni 
hosil qiladi. Ular soxta to‗qima, yoki plektenxima, deb ataladi. Yuksak 
o‗simliklarga xos bo‗lgan haqiqiy to‗qimalarga differensiyalanish mavjud 
bo‗lmasa ham, zamburug‗larning plektenximalarini, gifalar zichligi asosida, ikki 
tipga – prozenxima va psevdoparenximaga – bo‗lish mumkin. Prozenxima po‗k 
soxta to‗qima bo‗lib, unda gifalar bir-biriga nisbatan goh parallel joylashadi, goh 
bir-biriga 
chirmashib, 
qo‗shilib ketadi. Bunday tipdagi to‗qimalardan 
zamburug‗larning rizomorflari va stromalari tashkil topadi. Psevdoparenxima 
(soxta parenxima) oval yoki izodiametrik hujayralar va bir-biriga chirmashib, 
qo‗shilib ketgan gifalardan tashkil topgan bo‗lib, tuzilishi yuksak o‗simliklarning 
parenximasiga o‗xshaydi. Psevdoparenximalardan zamburug‗larning sklerotsiylari 
tashkil topadi.


15 
Zamburug‗lar, atrof-muhit sharoitlari bilan bog‗liq holda, vegetativ tanasini 
o‗zgartirish qobiliyatiga ega. Mitseliyning ba‘zi bunday o‗zgargan shakli o‗ziga 
xos tinim davridagi struktura bo‗lib, zamburug‗ uzoq vaqt davomida bu shaklda 
saqlanishi mumkin.
Mitseliyning o‗zgargan shakllariga sklerotsiylar, stromalar, mitselial 
arqonchalar, rizomorflar va mitselial pardalar kiradi (4-rasm). Ulardan eng ko‗p 
uchraydigani – sklerotsiylar – har xil shakl va har xil o‗lchamga ega bo‗lgan zich, 
qattiq tanachalardir. Ular ozuqa moddalariga boy va tarkibida suv kam bo‗lgan 
gifalar bir-biriga zich yopishib hosil qilgan soxta to‗qima (plektenxima) dan iborat 
bo‗lib, ularning asosiy funksiyasi – noqulay atrof-muhit sharoitlarida tur o‗z 
hayotchanligini saqlashidir. Ularning ichki qismi (o„zagi) odatda yupqa qobiqli, 
rangsiz yoki och tusli gifalardan, tashqi qismi (qobig„i) esa qalin, to‗q tusli 
elementlardan tashkil topgan. Shu sababdan tashqi tomonidan sklerotsiylar 
ko‗pincha qora tusli bo‗lib ko‗rinadi. Tinim davini o‗tagach, sklerotsiylar o‗sadi va 
bunda mitseliy yoki sporalash organlarini hosil qiladi.
Differensiatsiyalashgan sklerotsiylarni ko‗p yuksak zamburug‗lar, jumladan 
sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka va boshqa o‗simliklarda kasallik qo‗zg‗atuvchi 
Sclerotium, Botrytis, Verticillium, Claviceps turkumlari turlari va b. hosil qiladi. 
O‗lchami kichik (odatda mikroskopik) sklerotsiylar mikrosklerotsiylar deb 
ataladi. Agar sklerotsiy faqat gifalardan tashkil topib, zamburug‗ bilan zararlangan 
o‗simlik to‗qimalaridan oson ajraladigan bo‗lsa, u differensiyalashgan sklerotsiy, 
deb ataladi. Agar sklerotsiy hosil bo‗lishida gifalardan tashqari zararlangan 
o‗simlik to‗qimalari ham qatnashsa, u sklerotsial stroma, yoki mumiya, deb 
ataladi.
Ko‗p zamburug‗lar hosil qiladigan mitselial stromalar – o‗sib, substrat 
ichiga singib kirgan yirik va seret gifalar qatlami bo‗lib, uning ichida yoki ustida 
zamburug‗ning meva tanachalari yoki spora hosil qiluvchi organlari paydo bo‗ladi. 
Stromalar yumshoq yoki yog‗ochsimon qattiq, har xil shaklli va tusli bo‗lishi 
mumkin. Mitselial stromalarni ko‗p askomitsetlar hosil qiladi.


16 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling