Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Karbon manbaalari. Zamburug‗lar geterotrofligi uchun atrof-muhitda ular 
uchun organik karbon manbai bo‗lishi shart. Zamburug‗lar bu maqsadda qo‗llay 
oladigan birikmalar soni nihoyatda ko‗p. Ba‘zi turlarning karbonga ehtiyojini 
qondirish uchun birorta organik birikma yetarli bo‗lsa, boshqalari muhitda o‗sish 
faktorlari (V guruh vitaminlari, aminokislotalar va h.) bo‗lishini talab qiladi. 
Ba‘zi polifag zamburug‗lar tarkibida karbon bo‗lgan har xil substratlarni 
qo‗llay oladi. Misol uchun, Aspergillus flavus har xil oziq-ovqat (don, non 
mahsulotlari, quruq meva, go‗sht, yong‗oq, sabzavotlar) va boshqa mahsulotlardan 


19 
(teri, qog‗oz, gazlama, hasharotlar fekaliysi va insonning ichak sistemasidan) 
ajratilgan. Mikroorganizmlarning ko‗pchiligi monosaxaridlarni, ayniqsa glyukozani 
yaxshi o‗zlashtiradi. Ba‘zi istisnolar mavjud, misol uchun Phytophthora turlari 
murakkabroq karbonsuvlarni – kraxmal va dekstrinni – afzalroq ko‗radi. Ba‘zi 
Fusarium turlari pentozalarni yaxshi o‗zlashtiradi. Zamburug‗larning ayrim turlari 
ko‗p atomli spirtlar (masalan, mannit), organik kislotalar va aminokislotalarni oson 
o‗zlashtiradi. Ba‘zi zamburug‗lar karbonvodorodlarni (neft, yonilg‗i, moy, asfalt va 
b.) (Cladosporium resinae), mum va parafin kabi turg‗un birikmalarni (Aspergillus 
flavus, A. niger) o‗zlashtira oladi. Ba‘zi, lipaza faolligiga ega zamburug‗lar 
(Aspergillus niger, Penicillium notatum) zig‗ir va paxta yog‗i muhitida yaxshi 
o‗sishi va konidiyalar hosil qilishi aniqlangan. 
Azot manbaalari. Zamburug‗lar hayot kechirishida azot ozuqasi karbonga 
nisbatan kam hajm egallaydi. Buning sabablari, birinchidan, hujayra kimyoviy 
tarkibidagi azot miqdori karbonga nisbatan 5-6 marta kam; ikkinchidan, karbon 
birikmalari ayni vaqtda ham konstruktiv, ham energetik almashinuvda ishlatilishi 
tufayli ularning katta miqdorlari o‗zlashtiriladi. Ammo zamburug‗ metabolizmida 
azotning roli karbonnikidan kam emas.
Zamburug‗lar azotni ham mineral, ham organik manbaalardan olishi mumkin. 
Ularning ko‗pchiligi azotga ehtiyojini ammoniy tuzlari, ba‘zilari esa ham ammoniy, 
ham nitrat tuzlari hisobiga qoplaydi. Mineral azotning eng universal manbai nitrat 
azotidir. Nitratlar (NO
3
-
) va nitritlar (NO
2
-
) azotini zamburug‗larning taxminan 90% 
o‗zlashtira oladi. Ba‘zi zamburug‗lar, masalan oomitsetlarning ko‗pchiligi va ba‘zi 
bazidiomitsetlar nitrat azotini yaxshi o‗zlashtira olmaydi. Azotli organik 
birikmalarni faqat ammiak hosil qilib parchalaydigan zamburug‗lar o‗zlashtira oladi. 
Phoma, Rhizoctonia, Pullularia, Puccinia turkumlariga mansub turlar gaz shaklidagi 
azotni o‗zlashtiruvchi (azotfiksatsiya qiluvchi) zamburug‗larning kichik guruhiga 
kiradi. 
Ozuqa moddalar zamburug‗lar organizmiga, hujayra ichida va uning 
tashqarisidagi osmotik bosim har xil bo‗lishi tufayli, bevosita hujayra qobiqlari 
orqali kiritiladi. Bunda xuddi zamburug‗ o‗sayotgan substratdagi organik 


20 
moddalarni so‗rib oladiganga o‗xshash jarayon kuzatiladi. Ozuqa moddalar osmos 
usulida kiritilishi, zamburug‗ ularni faqat suvli eritma shaklida o‗zlashtira olishini 
belgilaydi. O‗simlik to‗qimalaridagi murakkab organik birikma (oqsil, karbonsuv) 
larni zamburug‗lar o‗zlarining ferment sistemalari yordamida oddiyroq, suvda 
eruvchan moddalarga aylantiradi. So‗ngra boshqa ferment sistemalari teskari 
jarayonni – so‗rilgan oddiy moddalardan zamburug‗ tanasini qurishda lozim 
bo‗lgan yuqori molekular birikmalar sintezini – kataliz qiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling