Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

 
 
 


25 
III. Eksperimental qismi 
 Tadqiqotni maqsad va vazifasi 
Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‗jaligi va agrotexnologiyalar 
instituti O‗simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti 
«O‗simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi.
Tajribaning maqsadi: Tajribani o‗tkazishdan maqsad tuproqdagi 
mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan 
yuqumsiz kasalliklar belgilarini o‗rganish hamda ushbu kasalliklarga qarshi 
kurash choralarini aniqlashdan iborat.
Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat: 
- tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda 
kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklarini tarqalishi, rivojlanishi va zararini 
monitoring qilish; 
- tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda 
kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklar belgilarini bioekologik xususiyatlarini 
o‗rganish; 
- tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda 
kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklarga qarshi kurash choralarini aniqlash. 
 Tadqiqot olib borish usullari va joylari 
Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar mikologiya va qishloq xo‗jaligi 
fitopatologiyasida umumqabul qilingan usullar asosida bajarilib, kasalliklar bilan 
zararlanish va kasallikning rivojlanishi I.I.Minkevich, Sokhi S.S, Meya A.I, 
Mabbett T.H va A.Ye.Chumakov; kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qo‗llash, 
biologik va iqtisodiy samaradorliklarini aniqlashda Sh.T.Xo‗jaev uslubiy 
qo‗llanmalaridan foydalanib, ma‘lumotlar B.A.Dospexov uslubi bo‗yicha 
dispersion tahlil qilinadi. 
Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‗jaligi va agrotexnologiyalar 
instituti O‗simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti 


26 
«O‗simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. 
Tajriba davomida laboratoriya sharoitida tuproqdagi mikroelementlarning kam 
yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklargni qaysi 
muddatda va o‗simliklarning qancha qismiga zarar keltirishini o‗rganishga aniqlik 
kiritdik.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling