Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Qisqacha nazariya: Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos boʻlib, bu
moddalardan chiziqli qutblangan yorugʻlik oʻtganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa ba′zi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorugʻlikning oʻng aylanishli va chap aylanishli qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorugʻlik oʻng va chap aylanishli qutblangan toʻlqin qismlariga ajralishi mumkin. Toʻlqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib oʻtgan masofasiga proporsional boʻlgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. Toʻlqinning ikki qismi bu masofani bosib oʻtganidan soʻng, superpozisiya natijasida yoʻnalishi asl toʻlqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan toʻlqinga aylanadi. Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorugʻlik yoʻli davomligidagi erigan modda konsentrasiyasiga va yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga bogʻliq. Kuzatuvchi yorugʻlik nuri tarqalishi yoʻnalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorugʻlikning qutblanish tekisligi soat strelkasi boʻyicha burilsa (oʻng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi. Asosan har qanday optik aktiv moddada oʻng aylanishli va chap aylanishli modifikasiyalar boʻlishi mumkin. Bu ikki modifikasiyaning mu′ayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama- qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikasiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikasiya teng proporsiyada boʻlgan aralashma resemat deb ataladi. 233 Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga koʻndalang oʻrnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D (+) - suvdagi saxaroza optik aktiv modda sifatida qoʻllaniladi. D (+) belgi qutblanish tekisligini modda oʻng tomonga aylantirishini anglatadi. 91-rasm. Qutblanish tekisligini shakar eritmasi bilan burilishini kuzatish uchun tajriba qurilmasi a. Galogen lampa korpusi b. Yorugʻlik filtri (tasvir siljitgichda) c. Polyarizator d. Shakar eritmasi e. Analizator f. Linza g. Kuzatish ekrani Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling