Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Qisqacha nazariya: Agar idish ichidagi
𝑉 0 hajmga ega suyuqlikning temperaturasi 𝜗, ∆𝜗 ga oʻzgarsa, qattiq jismda kuzatiladigandek, uning hajmi ∆𝑉 0 ga oʻzgaradi. ∆𝑉 0 = 𝛾 𝑉 0 ∆𝜗 (2.3) Suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlash Amalda hajmiy kengayish koeffitsiyenti 𝛾 suyuqlikning temperaturasiga 𝜗 bogʻliq emas, ammo suyuqlikning turiga bogʻliq. Umuman olganda suyuqliklar odatda, qattiq jismlarga nisbatan koʻproq kengayadi. Hajmiy kengayish koeffitsiyenti dilatometr yordamida aniqlanishi mumkin. Dilatometr tor boʻgʻizli shisha kolba boʻlib, uning ustki tomonidan, radiusi r ma′lum boʻlgan ochiq kapillyar mahkamlanadi. Kapillyardagi suyuqlikning sathi h uning yon tomoniga chizib qoʻyilgan milimetrli shkala boʻyicha aniqlanadi. Shisha kolba suvli vannada bir tekis qizdirilsa, suyuqlikning hajmi kengayishi evaziga kapillyardagi suyuqlikning sathi koʻtariladi. Suyuqlik sathining oʻzgarishi ∆ℎ hajmning oʻzgarishiga mos keladi, ya′ni ∆𝑉 = 𝜋 𝑟 2 ∆ℎ (2.4) bu yerda r = (1.5 ± 0.08) mm. Ammo, bundan tashqari qizishda dilatometrni oʻzining ham kengayishini hisobga olish kerak. Bunday kengayish suyuqlik sathining oʻzgarishiga toʻsqinlik qiladi. Shunday qilib, suyuqlik hajmining oʻzgarishini quyidagidan aniqlash mumkin: ∆𝑉 0 = ∆𝑉 + ∆𝑉 𝐷 (2.5) 74 bu yerda ∆V D dilatometr hajmining oʻzgarishi boʻlib, u quyidagidan aniqlanadi: ∆𝑉 𝐷 = 𝛾 𝐷 𝑉 0 ∆𝜗 (2.6) bu yerda 𝛾 𝐷 = 0.84×10 --4 K -1 . (2.3), (2.5), va (2.6) formulalardan foydalanib, suyuqlikning hajmiy kengayish koefisiyentini aniqlash formulasini keltirib chiqarish mumkin: 𝛾 = (1/𝑉 0 ) (∆𝑉/∆𝜗) + 𝛾 𝐷 (2.7) Dilatometning 𝑉 0 hajmini ham aniqlash kerak boʻladi. U quyidagicha aniqlanadi: oldin boʻsh quruq dilatometrning massasi 𝑚 1 oʻlchanadi, shundan soʻng ochiq kapillyarning pastki belgisigacha suv bilan toʻldirilgan dilatometrning massasi 𝑚 2 oʻlchanadi. Turli temperaturalar uchun suv zichliklari keltirilgan jadvaldan (1- jadvalga qarang) foydalangan holda, dilatometrning hajmi quyidagi formuladan topiladi: 𝑉 0 = (𝑚 2 – 𝑚 1 )/𝜌 (2.8) Jadval 1. Toza suv zichligining ρ temperaturaga bogʻliq ϑ funksiyasi sifatida adabiyotlarda keltirilgan natijalar 𝜗 𝑝, 𝑔/𝑠𝑚 3 𝜗 𝑝, 𝑔/𝑠𝑚 3 15 o C 0.999099 23 o C 0.997540 16 o C 0.998943 24 o C 0.997299 17 o C 0.998775 25 o C 0.997047 18 o C 0.998596 26 o C 0.996785 19 o C 0.998406 27 o C 0.996515 20 o C 0.998205 28 o C 0.996235 21 o C 0.997994 29 o C 0.995946 22 o C 0.997772 30 o C 0.995649 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling