85
4-laboratoriya ishi
QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI ISSIQLIK
IZOLYASIYASINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 7, 8, 9, 11, 41, 32, 47, 58.)
Tajriba maqsadi: Quyosh kollektorining temperatura
koeffitsiyentini issiqlik
izolyasiyasi bilan va usiz oʻlchash. Quyosh kollektorining effektivligini baholash.
Qisqacha nazariya: Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va oʻzi hamda
toʻldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi 𝜂 suv yutgan
issiqlik energiyasining
∆𝑄 kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ∆𝛦
nisbati bilan oʻlchanadi:
η =
ΔQ
ΔΕ
(2.18)
Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi:
𝛥𝐸 = 𝛥𝑡 (2.19)
bunda E radiasiya quvvati.
Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq boʻlganda,
u atrof muhitga nurlanish,
konveksiya va issiqlik oʻtkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu yoʻqotishlar
sababli kollektorning effektivligi kamayadi. Tajribada
suyuqlikning majburiy
sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor,
quvurlar va
bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan
suvda mujasamlashganligi
uchun quyosh kollektorining temperaturasi juda yuqori boʻlib keta olmaydi.
Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qoʻllaniladi.
Bunda bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari oʻlchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: