Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Tajriba oʻtkazish boʻyicha maslahatlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Tajriba oʻtkazish boʻyicha maslahatlar 
(2.54) tenglama boʻyicha, idishning hajmi qanchalik katta boʻlsa, poʻlat zoldirning 
ossillyasiya davri shunchalik katta. Boshqa tarafdan, tajriba aniqligi ossillyasion 
davrni T aniqlash aniqligi bilan belgilanib, bu davr (2.55) tenglamadagi kvadrat 
ildizdan topiladi. Shuning uchun, mazkur tajribada aspirator (soʻrib oluvchi 
qurilma) qoʻllaniladi. 


116 
Poʻlat zoldirning ossillyasiyasi soni shisha trubkaning va poʻlat zoldirning 
tozaligiga juda kuchli bogʻliq. Har bir tajribadan oldin 38-rasmda koʻrsatilganidek, 
ipga bogʻlangan yumshoq mato yoki teri parchasi bilan shisha trubkani diqqat 
bilan tozalash kerak. Shisha trubkani yumshoq mato parchasi bilan tozalashda 
tozalovchi vositalardan foydalaning. 
38-rasm. Har bir tajribadan oldin yumshoq mato parchasi bilan shisha trubkani 
diqqat bilan tozalash zarur. 
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Marriot kolbasi, 10 l (371 04) – 1ta 
2. Ossillyasion trubka (371 05) – 1ta
3. Taymer (313 07) – 1ta 
4. Aneroid barometr (317 19) – 1ta 
5. Plastik menzurka, 1000 ml (590 06) – 1ta
6. Vazelin, 50 g (675 3100) – 1ta 
Tajriba qurilmasi: 
- Shisha trubkani 38-rasmda keltirilganidek tozalang.
- Poʻlat zoldirni tozalang. 
Eslatma: Faqat presizision shisha trubkani va poʻlat zoldirni tozalashgina 
zoldirning yaxshi ossillyasiyasiga olib keladi. 
Shisha trubkani rezina tiqinga oʻrnating. Siz rezina tiqinning oldingi tarafidan 
jipslagich xalqadan foydalanishingiz mumkin, buni soddagina oddiy qogʻoz bilan 
amalga oshirish mumkin (39-rasm). 


117 
39-rasm. Tajribani oʻtkazish uchun qulaylik yaratish maqsadida jipslashtiruvchi 
xalqa sifatida rezina tiqinga kiritilgan qogʻoz oʻramidan foydalanish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling