55
Hayvonlar dastlab suvda, bundan 1 mlrd yil oldin
paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Bundan 450 mln
yil avval hayvonlar o‘simliklar bilan bir vaqtda quruq-
lik yuzasini egallay boshlaydi.
Quruqlikda birin-ketin
suvda ham, quruqlikda ham yashovchilar, hasharotlar,
sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan.
Bundan 230–200 mln yil avval dinozavrlar paydo
bo‘lib, yer yuzida hukmronlik qiladi va 70
mln yil
avval qirilib ketadi. Ularning o‘rnini qushlar va sut-
emizuvchilar egallab, hozirgi hayvonot dunyosi shakl-
lanadi.
Tabiatda hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvon-
lar oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Ular
o‘simliklar
bilan oziqlanib, o‘zlashtirgan moddalarini
yana tuproqqa qaytaradi va o‘simliklarning o‘sishiga
qulay sharoit yaratadi. O‘simlik va hayvonlarning
qoldig‘i bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini qol-
diqlardan tozalaydi.
Hayvonlar odam hayotida
ham katta ahamiyatga
ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi. Uy hayvon-
lari go‘sht, sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olish
maqsadida hamda transport vositasi sifatida boqiladi.
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri tobora kuchayib
borishi ayrim hayvonlar
sonining keskin qisqarib ke-
tishiga olib keldi.
Mamlakatimizda o‘simliklar va hayvonlarni muho-
faza qilish hamda ko‘paytirish uchun qo‘riqxonalar
tashkil etilgan.
1. Tabiatning jonli qismiga nimalar kiradi?
2. O‘simliklarning asosiy xususiyati nimada?
?
56
3. O‘simliklar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
4. Hayvonlar deb qanday jonzotlarga aytiladi?
5. Nima uchun o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish
kerak?
O‘z yashash joyingizdagi o‘simlik va hayvonlarni
daftaringizga tavsifl ab yozing.
TABIAT ZONALARI
Yer shar shaklida bo‘lganligi uchun Quyoshdan
keladigan yorug‘lik va issiqlik Yer yuzining hamma
joyiga bir tekisda tushmaydi. Quyosh Yerning ekvatori
atrofl ariga ko‘proq nur sochadi.
Shimoliy va janubiy
qutblarga tomon quyosh nuri va issiqligi kamayib bo-
radi. Havo harorati va yog‘inlar miqdori ham o‘zgarib
boradi. Buning natijasida suvlar, o‘simliklar, hayvon-
lar, tuproqlar ham o‘zgaradi.
Oqibatda tabiat zonalari
vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: