54
O‘SIMLIK VA HAYVONOT OLAMI
Atrofi mizni o‘rab turgan tabiat jonli va jonsiz tarki-
biy qismlardan iborat. Tabiatning jonli tarkibiy qismiga
o‘simliklar va hayvonlar kiradi.
Ular tabiiy sharoitga
bog‘liq holda juda xilma-xildir.
O‘simliklar – Quyosh nuri, havo, tuproq va
suvdan o‘z hayoti uchun zarur moddalarni olib,
tanasida to‘plash qobiliyatiga ega tirik orga-
nizmlar dunyosi.
O‘simliklarning kelib chiqishi Yerda hayot paydo
bo‘lishi va ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bun-
dan 3 mlrd yil oldin dastlabki ko‘k-yashil suvo‘tlar
paydo bo‘lgan. O‘simliklarning
oziqlanish jarayonida
atrof-muhitdan qattiq, gazsimon va suyuq moddalarni
shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi
murakkablashib borgan. Shu tariqa o‘simliklar
rivojla-
nib, hozirgidek turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simliklar havodan zaharli
gazlarni yutib hamma uchun zarur bo‘lgan kislorod
chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar
havo tar-
kibining doimiyligini saqlab turadi.
O‘simliklar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak,
yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi.
Ammo o‘simliklarni ko‘p miqdorda yig‘ib
olish va
oqilona foydalanmaslik ko‘plab o‘simlik turlarining
yo‘qolib ketishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: