Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


-rasm. Cho‘l qumlari turli shakllarni  hosil qiladi.  30-rasm


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

29-rasm. Cho‘l qumlari turli shakllarni 
hosil qiladi. 
30-rasm.  
Taqir. 
CHO‘LLAR VA VOHALAR
Yer yuzining ayrim joylarida juda kam yog‘in 
yog‘adi, yillik yog‘in miqdori 200 mm dan oshmay-
di, oqar suvlar ham yo‘q. Bunday joylar qurg‘oqchil 
bo‘lib, o‘simlik 
lar yaxshi rivoj 
lanmaydi. 
O‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydigan 
qurg‘oqchil yerlar cho‘l deb ataladi.
Cho‘l qumli, gilli yoki toshli bo‘ladi. Qumli cho‘lda 
sha mol qumlarni suradi, ba’zida do‘ngliklarni hosil 
qiladi. Bunday do‘nglik barxan deb ataladi. Shamol 
tufayli turli shakl 
lar vujudga keladi (29-rasm). 
Gilli cho‘llarda qotgan va yorilib ketgan joylar-
da turli shakllarni hosil qilgan taqir yerlar mavjud
(30-rasm).
Cho‘l qurg‘oqchil va havosi issiq bo‘lgani 
uchun o‘sim 
liklar kam o‘sadi. O‘t o‘simliklar, asosan, 


59
biroz yom 
g‘ir yog‘adigan bahor boshlarida o‘sib, 
qurg‘oqchil yozda qurib qoladi. 
Saksovul, yantoq kabi o‘simliklar qurg‘oqchil sha-
roitga moslash 
gan. Bu o‘sim 
liklarning ildizi juda 
uzun bo‘lib, yerosti suvlaridan to‘yinadi. 
O‘zbekiston hududining yarmiga yaqinini cho‘llar 
egallagan. O‘lkamiz hududida Qizilqum, Ustyurt, 
Mirzacho‘l, Qarnobcho‘l, Qarshi cho‘llari mavjud. 
Cho‘llarda yoz mavsumi 5–6 oy davom etib, 
havo harorati soya joyda +50°C gacha ko‘tariladi, 
qum esa +80°C gacha qiziydi. Bu davrda yog‘in 
yog‘maydi. Keng cho‘llar ustida issiq shamol esib
o‘zi bilan qum va changlarni olib keladi. Bunday 
sharoit o‘simlik va hayvonlar uchun halokatlidir.
O‘lkamiz cho‘llarida bahor boshlarida va kuz oxir-
larida oz miqdorda yomg‘ir yog‘adi. Qishda havo 
harorati 
−20°C gacha sovuq bo‘lib, qor yog‘adi. 
Cho‘llarda yantoq, shuvoq, tereskan, jung‘or gul-
sapsari, nashtarbarg, merendera, cho‘l yulg‘uni, sas-
siqqavron, saksovul, juzg‘un, quyonsuyak, oqtikan 
kabi o‘simliklar o‘sadi (31-rasm). Cho‘lning ayrim joy-
larida bahorda boychechak, lola va lolaqiz 
g‘aldoqlar 
bilan qoplanib, chiroyli manzarani hosil qiladi.
Qushlardan so‘fi to‘rg‘ay, turto‘rg‘ay, yo‘rg‘atuvaloq,
bizg‘ildoq, qironqara, tuvaloq, qirg‘iy, ilonxo‘r burgut, 
qoraqush kabilar uchraydi (32-rasm).
Cho‘lda yirik hayvonlar 
dan jayron, oqquyruq, qu-
lon, tulki, chiyabo‘ri, qum mushugi kabilar yashay-
di. Mayda hayvonlardan esa qo‘shoyoq, toshbaqa, 
tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilonlar ko‘p


60

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling