67
39-rasm. Tipratikan.
40-rasm. Sariq ilon.
Adirlar turli xil qushlarga boydir (38-rasm). Bu joy-
larda chum
chuq, musicha, qaldir
g‘och, chug‘urchiq,
qarg‘a, mayna,
sassiqpopishak, zag‘izg‘on kabi
qushlardan tashqari, chittak, qorayaloq va bulbul-
ning har xil turlari uchraydi.
Adirlarda tulki, bo‘ri,
toshbaqa, yumronqoziq, jay-
ra, bo‘rsiq, tipratikanlarni ham uchratish mumkin.
Tipratikanlar turli zararkunanda hasharotlar va ke-
miruvchilar
bilan oziqlanib, odamlarga foyda keltiradi
(39-rasm). Shuning uchun bunday beozor va foyda
keltiruvchi tipratikanlarni ko‘paytirish
va muhofaza
qilish kerak.
O‘lkamiz adirlarida cho‘llardagi kabi turli kaltake-
sak lar ham hayot kechiradi. Adirda eng ko‘p uch-
raydigan ilonlardan biri – sariq ilondir (40-rasm).
Sariq ilon aslida kaltakesak turlaridan biridir. Uni
oyoqsiz kaltakesak desa bo‘ladi. Ilonlarning ko‘zlari
doimo ochiq turadi. Sariq ilon esa odamni ko‘rganda
ko‘zlarini yumib oladi. Shu jihati bilan ham uni
boshqa ilonlardan farqlash mumkin.
Sariq ilon turli
zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, odamlarga
katta foyda keltiradi.
68
?
Tayanch so‘zlar: adir, yaylov, o‘tloq.
1. Adir deb qanday yerlarga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: