1.3.57. Karyerlarda qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarganda amaldagi qurilish meyorlari va qoidalarii talablariga rioya etish lozim.
1.3.58. «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bо‘lgan jihozni tuzilishi, о‘rnatilishi va ishlatilishi tegishli qoidalari talablariga javob berishi kerak.
1.3.59. Karyerlardagi plakatlar va boshqa ogohlantiruvchi yozuvlar ikki tilda – о‘zbek va rus tillarida bajarilishi kerak.
1.3.60. Karyerlardagi hamma baxtsiz hodisalar va avariyalar «ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va boshqa xodimlar sog’lig’iga yetkazilgan zararlarni tekshirish va hisobga olish tо‘g’risidagi nizom» va «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bо‘lgan obyektlarda baxtsiz hodisalar keltirib chiqarmagan avariyalarni texnik tekshirish va hisobga olish tо‘g’risidagi yо‘riqnoma» ga muvofiq ravishda tekshirilishi, rо‘yxatdan о‘tkazilishi va hisobga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |