Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi


Izoh: 1.ishlarni bajarishga oid naryadlar amaldagi qoidalariga muvofiqligi aniqlangan taqdirdagina qabul qilinadi


Download 76.96 Kb.
bet5/10
Sana24.03.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1294137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Izoh: 1.ishlarni bajarishga oid naryadlar amaldagi qoidalariga muvofiqligi aniqlangan taqdirdagina qabul qilinadi.
2. Amaldagi elektr qurilmalarda bajariladigan ishlarning ayrim turlari tezkor (tezkor-ta’mirlash) xodimlar tomonidan joriy foydalanish tartibida bajariladigan ishlar rо‘yxatiga mos ravshida amalga oshiriladi.
1.3.24. Har bir ish joyi ishlar boshlanishidan oldin yoki smena davomida usta tomonidan, kecha-kunduz davomida uchastka boshlig’i yoki uning о‘rinbosari tomonidan kо‘rikdan о‘tkazilishi lozim, qaysiki xavfsizlik qoidalarii buzilishi mavjud bо‘lsa, ular ishlarni bajarishni taqiqlashga majburdirlar, buzilishlarni bartaraf etish bundan mustasno.
Xavfsizlik qoidalarii buzilishi mavjud bо‘lgan joylarda ishga naryad berish taqiqlanadi buzilishlarni bartaraf etish, avariyalarni oldini olish va tugatishga oid naryadlar bundan mustasno.
1.3.25. Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ish boshlanishga qadar о‘z ish joyining (brigada, zveno ish joyining) xavfsiz holatiga ishonch hosil qilishi, naryadni bajarish uchun talab etiladigan asboblar, mexanizmlar, moslamalar va saqlagich qurilmalarining sozligini tekshirishi, hamda ishni boshlash haqida qaror qabul qilishi kerak.
Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ishlarni bexatar bajarishga tо‘siqlik qiluvchi buzilishlarni aniqlashi bilan uni bartaraf etishga majbur, agar u buni о‘z kuchi bilan bajara olmasa, unda naryad berganga murojaat etishi, hamda keyinchalik uning kо‘rsatmasi bо‘yicha harakat qilishi kerak.
1.3.26. Kon-transporti jihozlari va mexanizmlarida «smenani qabul qilish va topshirish kitobi (jurnali)» bо‘lishi lozim, uni yuritish tartibi karyer ma’muriyati tomonidan belgilanadi, uning tо‘g’ri yuritilishi esa muhandis-texnik xodimlar va texnik nazorat shaxslari ish joyiga borishlari bilan, ular tomonidan davriy ravishda tekshirilishi kerak.
1.3.27. О‘zga tashkilotning xodimi ishlarni bajarishi uchun karyer hududiga kirishiga ruxsat etish, qaysiki uchastka yoki obyektning chegaralari belgilanishi, ishlarni bexatar о‘tkazishni ta’minlash bо‘yicha tomonlarning о‘zaro javobgarligini kо‘zda tutuvchi tadbirlar ishlab chiqilishi lozim bо‘lgan dalolatnoma-ruxsatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
1.3.28. Kon-transporti jihozlarining elektr qismini ta’mirlashda «iste’molchilar elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarii»ga muvofiq ravishda tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishi kerak.
Kon-transporti jihozlarining mexanika qismini ta’mirlashda, ta’mirlanayotgan mexanizm va uzellarni о‘z-о‘zidan yoki notо‘g’ri ulanib ketishining oldini olish uchun, ishga tushiruvchi apparatura о‘chirilishi, uning dastaglariga «ulamang – odamlar ishlayapti» plakatlari osib kо‘yilishi kerak, ijrochilarga ruxsat etish esa shu jihozning mashinisti tomonidan ish boshlanishi va yakunlanishi paytida «smenani qabul qilish va topshirish kitobi»ni rasmiylashtirish bilan bajarilishi lozim.
Gidrosistemaga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashga oid ishlarni bajarishga faqat dvigatel о‘chirilgan va gidrosistemadagi bosim tashlangan holda ruxsat etiladi.
1.3.29. Agar biror ishni bajarish yoki jihozga xizmat kо‘rsatish uchun yer (pol) sathidan 1,5 m dan baland bо‘lgan joyga kо‘tarilish lozim bо‘lsa, unda buning uchun hamma joyi nosirpanchiq tо‘shamali, ostki tomonidan kamida 0,14 m balandlikda polosa bilan qoplangan va balandligi 1,0 m dan kam bо‘lmagan oraliq elementi bо‘lgan suyanchiqli maydoncha qurilishi yoki qurilishda xavfsizlik qoidalariiga muvofiq ravishda yasalgan havoza qо‘yilishi kerak. Bu maqsadlar uchun tasodifiy tayanchlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Maydonchalar (havozalar) qо‘yishning iloji bо‘lmaganda yoki 1,5 m dan baland bо‘lgan joyda narvon bilan ish bajarganda ishchilar saqlagich kamarlar va ehtiyot arqonlardan foydalanishlari kerak, qaysiki ularning mahkamlanish joylari konstruksiyada belgilanishi va naryadda kо‘rsatilishi kerak.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling