Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi
Qoidalarini qayta kо‘rib chiqish tartibi «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi. 1.2.7
Download 76.96 Kb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qoidalari 1.3.1.
1.2.6. Qoidalarini qayta kо‘rib chiqish tartibi «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
1.2.7. Qoidalari ushbu tahrirda nashr etilishi bilan 1995 yil 11 avgustda ishlab chiqilgan «foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda xavfsizlik qoidalarii»ning amal qilishi tо‘xtatiladi. Umumiy qoidalari 1.3.1. Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishni bajaruvchi har bir korxonada (tashkilotda) quyidagilar bо‘lishi kerak: A) foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya (maxsus ruxsatnoma); B) karyerning tasdiqlangan loyihasi; V) kon bо‘lagini guvohlovchi dalolatnoma; G) yerdan foydalanish huquqiga oid dalolatnoma; D) xavfsizlik sertifikati; Ye) davlat komissiyasining karyer yoki uning navbatini foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomasi; J) konchilik ishlarini olib borish huquqiga oid litsenziya (ruxsatnoma); Z) belgilangan marksheyderlik va geologik hujjatlar; I) «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan konchilik ishlarini rejasi; K) konchilik ishlarini bexatar olib borishni ta’minlovchi texnik vositalar; L) buzilgan yerlarni qayta tiklash ishlari rejasi; M) konchilik ishlarini boshqarish va bexatar olib borishni ta’minlovchi xodimlar; N) о‘zbekiston respublikasining «ekologik ekspertiza tо‘g’risida»gi qonuni 11,15 va 21- moddalariga muvofiq ravishda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi; O) atrof muhitni muhofaza qilish bо‘yicha tadbirlarning yillik va istiqbolli rejalari; P) chiqindilarning shakllanishi, ularni rо‘yxatga olish, joylashtirish limitlari va chiqindi pasporti. 1.3.2. Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya о‘zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida beriladi, xamda uning egasiga konchilik korxonasini (karyerni) loyixalash, kon bо‘lagini olish va yer bо‘lagini berish uchun asos bо‘ladi. 1.3.3. Karyer loyixasi, shu jumladan konni tajriba-sanoat asosida qazib olishga oid loyixa xam, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalarga ega bо‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xorijliklar tomonidan xam ishlab chiqilishi kerak. Loyixani ishlab chiqish, loyixa tashabbuskori yoki uni buyurtmasiga kо‘ra loyixalash tashkiloti tomonidan tuziladigan, xamda «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishiladigan pudrat shartnomasi va loyixalash topshirig’iga asosan bajariladi. Karyerning asosiy loyixaviy yechimlari va texnologik parametrlarini qayta kо‘rib chiqish zaruriyatini tug’diruvchi kon-geologiya va kon-texnik shartlar о‘zgarganda, yangi loyihalashga oid topshiriq asosida loyixa qayta ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda qayta tasdiqlanishi kerak. Agar aniqlangan о‘zgarishlar asosiy loyixaviy yechimlarni qayta kо‘rib chiqishni talab etmasa, unda loyixalarni ishlab chiquvchi korxona bilan kelishilganidan keyin karyerning ayrim texnologik parametrlari о‘zgartirilishi va korxonaning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. agar aniqlangan о‘zgarishlar karyerning asosiy loyixaviy yechimlarni va texnologik parametrlarini qayta kо‘rib chiqishni talab etmasa, unda ishlar korxona-ning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlangan maxalliy loyihalar asosida olib borilishi mumkin. 1.3.4. Foydali qazilmalarni, shu jumladan texnogen tusdagilarni ham qazib olish uchun ajratilgan kon bо‘lagi, foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya egasiga «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Kon bо‘lagi korxonani qurish, qayta qurish va kengaytirishni boshlashdan oldin amaldagi «foydali qazilmalarni qazib olish uchun ajratilgan kon bо‘lagi berish haqidagi nizom»ga muvofiq ravishda rasmiylashtirilishi kerak. Kon bо‘lagi chegarasidan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish taqiqlanadi. Korxona tomonidan unga berilgan kon bо‘lagini boshqa korxonaga berishga ruxsat etilmaydi. 1.3.5. Konni yoki uning qismini tajriba-sanoat asosida qazib olish, «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan konchilik ishlari loyihasi va rejalari, foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya asosida kon bо‘lagi berilmasdan amalga oshiriladi. 1.3.6. Konchilik korxonasini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini (yer bо‘lagi) rasmiylashtirish, davlat xokimiyati xududida korxona qurish kо‘zda tutilgan tumanning organlari qarori bilan kon bо‘lagi olinganidan keyin, belgilangan tartibda amalga oshiriladi, xamda dalolatnoma berish, shuningdek topografik xaritaning nusxasiga tegishli ust xat yozish va unda yer bо‘lagining chegaralari kо‘rsatish bilan guvoxlantirila-di. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling