Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi


О‘zibо‘shatgich vagonlar, avtoag’dargich kuzovlari va temir arqon yо‘lli yuk vagonchalarida odamlarni tashish taqiqlanadi


Download 76.96 Kb.
bet8/10
Sana24.03.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1294137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

1.3.40. О‘zibо‘shatgich vagonlar, avtoag’dargich kuzovlari va temir arqon yо‘lli yuk vagonchalarida odamlarni tashish taqiqlanadi.
1.3.41. Karyerda odamlarni piyoda harakatlanishiga, buning uchun maxsus qurilgan yо‘laklar yoki avtotransport harakati yо‘nalishiga qarama-qarshi tomondan avtoyо‘l chekkasi bо‘ylab ruxsat etiladi.
Qorong’i paytlarda piyodalar yо‘laklari va temir yо‘li, hamda avtomobil yо‘llari kesib о‘tish joylari yoritilishi kerak.
1.3.42. Pog’onalar о‘rtasidagi aloqalar uchun ikki yonidan qо‘l tayanchi о‘rnatilgan va 60 gradus qiyalikka ega pillapoya о‘rnatilishi yoki 20 gradusgacha qiyalikdagi buldozer tushiriladigan joylar qurilishi mumkin.
Pillapoyani eni kamida 0,8 m bо‘lishi, har 15 m joyida esa gorizontal maydonchasi bо‘lishi kerak.
Pog’onalar о‘rtasidagi aloqa yо‘llarini barpo etish zaruriyati karyerning texnik rahbar tomonidan aniqlanadi, ularni qurish joylari esa konchilik ishlarini rivojlantirish rejasiga binoan belgilanadi.
1.3.43. Ikki yonidan qо‘l tayanchi yoki tо‘siq о‘rnatilgan tonnel turidagi pillapoya bо‘yicha harakatlanganda, hamda shunday pillapoyaga ega kon-transporti jihozi bilan tushish va chiqishda «uch nuqtali tayanch» (bir vaqtda bir qо‘l va ikki oyoq, yoki ikki qо‘l va bir oyoq) talabi bajarilishi kerak.
1.3.44. Odamlarni portlatilgan kon massalari bо‘ylab, shu jumladan pog’onadan pog’onaga harakatlanishi har bir holat uchun va faqat ishlab chiqarish zaruriyatlariga kо‘ra muhandis- texnik xodimning ijozati bilan ruxsat etiladi.
1.3.45. Faqat о‘tish qо‘priklar orqali tasmali konveyerdan о‘tishga ruxsat beriladi.
Konveyer ostidan о‘tish va harakatlanish joylarida tashilayotgan material bо‘laklarining tasmadan odamlarga tushishidan saqlaydigan himoya shiftlar bо‘lishi kerak.
Himoya shiftlarning eni odamlar о‘tidigan joylarida 1,5 m, transport vositalari о‘tadigan joylarda transport vositasi gabaritidan har ikki tomonga kamida 0,7 m chiqib turishi lozim.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling