Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi
Kon va yer bо‘lagi loyihalari loyihalovchi tashkilot yoki korxona tomonidan tayyorlangan bо‘lishi kerak. 1.3.8
Download 76.96 Kb.
|
1-Ma\'ruza
1.3.7. Kon va yer bо‘lagi loyihalari loyihalovchi tashkilot yoki korxona tomonidan tayyorlangan bо‘lishi kerak.
1.3.8. Yangi qurilgan yoki qayta qurilgan karyerlar va uning obyektlarini foydalanishga qabul qilish, shnk 3.01.04-04 bilan belgilangan tartibda tayinlangan qabul komissiya tomonidan «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi, о‘zbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi, sanitariya nazorati, yong’in nazorati, mehnat va aholinini ijtimoiy himoya qilish davlat texnik inspeksiyasi, korxona kasaba qо‘mitasi vakillari ishtirokida kmk 3.01.04-99 talablariga muvofiq belgilangan tartibda beriladigan xavfsizlik sertifikati mavjud bо‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. Davriy tо‘xtatilishi yoki foydalanishga topshirilishi konchilik ishlarini bajarish texnologiyasi (kо‘chma temir yо‘llari, konveyer liniyalari, elektr uzatish liniyalari, ulashish tarmoqlari, suv tо‘kish qurilmalari, quvur о‘tkazgichlar va boshqalari) bilan bog’liq bо‘lgan obyektlarda qabul komissiyasini tuzish zaruriyati korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. 1.3.9. Normal foydalanishga halaqit qiladigan, xodimlarni mehnat xavfsizligini va sanitar-gigiyena sharoitlarini yomonlashtiradigan chalalar, shuningdek yong’inga qarshi qurilmalar va mehnatni muhofaza qilish obyektlar bо‘yicha chalalar bilan qurilgan yoki qayta qurilgan karyerlar va karyer obyektlarini foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi. 1.3.10. Konchilik ishlarini olib borishga oid litsenziya «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan korxonaga, foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya egasiga yoki konchilik ishlarini olib borishga jalb etiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilotga beriladi. 1.3.11. Loyihada kо‘zda tutilmagan jihoz korxona bosh muhandisining qaroriga kо‘ra karyerda ishlatilishi mumkin, bunda karyerning texnik rahbari tomonidan uni asosida undan xavfsiz foydalanish tartibi va shartlarini belgilovchi loyiha, pasport yoki yо‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak. Chet eldan jihoz olib kelishga oid shartnomani tuzishdan oldin «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasining sertifikatsiyalash markazidan о‘zbekiston respublikasi davlat standartlariga, uni muvofiqligi haqida sertifikat olinishi kerak. Agar jihozni loyihalovchi va yetkazib beruvchi mamlakatning xavfsizlik qoidalarii meyorlari va talablari о‘zbekistonda amal qiluvchi qoidalari nuqtai nazaridan xavfsizlik darajasini pasaytirsa, unda mavjud farqlar oldindan о‘zbekiston respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan bо‘lishi kerak. Jihoz bilan birga yetkazib berladigan texnik hujjatlar, pasportlar, yо‘riqnomalar va boshqa foydalanishga oid hujjatlar о‘zbek va rus tillariga tarjima qilinishi, hamda о‘zbekistonda amal qiluvchi qoidalariga muvofiq bо‘lishi, elektrik, gidravlik va boshqa sxemalarning shartli belgilari davlat standartlariga javob berishi kerak. Qoidalariga oid mumkin bо‘lgan chetlanishlar shartnomani tuzishdan oldin о‘zbekiston respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan bо‘lishi kerak. Qoidalari va muvofiqlik sertifikatiga oid chetlanishlarni kelishish tо‘g’risidagi hujjatlarning nusxalari jihoz pasportiga ilova qilinishi kerak. 1.3.12. Konchilik korxonasi sanoat maydoni atrofida amaldagi sanitariya meyorlariga muvofiq о‘lchamlari aniqlangan sanitariya-himoya zonasi belgilanishi kerak. Sanitariya-himoya zonasida korxonaning ishlab chiqarish-xо‘jalik faoliyati bilan bog’liq bо‘lmagan holda qishloq xо‘jaligi va boshqa maqsadlarda yerdan foydalanish uchun sanitariya nazorati va о‘zbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi organlari bilan kelishuv bо‘yicha ruxsat etiladi. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling