Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi


Ehtiyot arqon ish bajarish paytida, u tarang holda bо‘lishi lozim. 1.3.30. E


Download 76.96 Kb.
bet6/10
Sana24.03.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1294137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Ehtiyot arqon ish bajarish paytida, u tarang holda bо‘lishi lozim.
1.3.30. Ehtiyot arqonlari va saqlagich kamarlarini foydalnishga berishdan oldin, ular tayyorlovchi-zavodni talablariga mos ravishda statik yuklanish sinovidan о‘kazish kerak. Saqlagich kamarlar va ehtiyot arqonlardan foydalanish jarayonida, ularni 6 oyda kamida 1 marta davriy sinovdan о‘tkaziladi. Sinovga dosh bergan himoya vositalarida raqami kо‘rsatilgan shtamp, keyingi sinovning sanasi va sinovni о‘tkazgan laboratoriyaning nomi bо‘lishi kerak.
Saqlagich kamarlardan foydalanish tayyorlovchi-zavodning yо‘riqnomalariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.
1.3.31. Amaldagi elektr qurilmalarda ishlarni bajarish paytida (payvandlashdan tashqari) ipi texnik kapron tasma yoki shunga о‘xshash materialdan bо‘lgan saqlagich (montyorlik) kamarlarini qо‘llash lozim.
Kuchlanishda bо‘lgan tok о‘tkazuvchi qismlardan uzoqda zо‘riqishni olib tashlash yoki zо‘riqishni olib tashlamasdan bajariladigan payvandlash ishlarida ipi zanjirdan bо‘lgan saqlagich (montyorlik) kamarlarini qо‘llash lozim.
1.3.32. Mexanizmlarni ishga tushirishdan, hamda mashina, temir yо‘l tarkibi va avtomobillarni harakatlantirishdan oldin tovushli yoki nurli signallar berish majburiydir, muhandis-texnik xodimlar signallarni maqsadi bilan ishchilarning hammasini tanishtirishlari shart. Bunda signallar mashinalar, mexanizmlar harakatlanadigan hududida ishlovchilarning hammasiga eshitiladigan (kо‘rinadigan) bо‘lishi kerak.
Tо‘xtatish haqidagi signal berilganda, shuningdek notо‘g’ri yoki tushinarsiz signalda ishlayotgan mexanizmlar zudlik bilan tо‘xtatilishi kerak.
Mashina yoki uni mexanizmini ishga tushirishdan oldin mashinist brigada a’zolari va yaqinda turgan shaxslarni xavfsizligiga ishonch hosil qilishi va xavfli hududdan ularni chiqarish choralarini kо‘rishi lozim.
1.3.33. Kon massasini avtomobil va boshqa temir izdan yurmaydigan trasport vositalariga yuklashda yuklovchi jihozning (ekskavator, frontal yuklagich va shu kabilar) mashinisti ma’nolari karyer (korxona) ma’muriyati tomonidan belgilanadigan signallarni berishi kerak.
Kon massasini ekskavator (frontal yuklagich) bilan temir yо‘l vagonlariga yuklashda va ularni ekskavator yonidagi uyumlarga bо‘shatishda poyezd brigadasi temir yо‘l trasportidan foydalanish uchun belgilangan signallarga muvofiq ravishda ekskavator mashinisti tomonidan beriladigan signallarga bо‘ysunishga majbur.
Signallar jadvali yuklovchi jihozga (mexanizmga) yoki uni yaqin bо‘lgan kо‘rinadigan joyga osib qо‘yilishi kerak.
1.3.34. Ishdan xoli vaqtda konchilik, transport i yо‘l-qurilish mashinalari qazish joyidan (zaboydan) xavfsiz joyga kо‘chirilishi, ishchi organlari (chо‘mich va boshqalari) yerga tushirilishi, kabinasi yopilishi va ta’minlovchi kabeldagi kuchlanish о‘chirilishi kerak.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling