Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi
Download 76.96 Kb.
|
1-Ma\'ruza
1.3.13. О‘zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug’iga muvofiq ravishda konchilik korxonasiga ishga kirayotganlar barcha xodilar (mehnat shartnomasini tuzish paytida) dastlabki tibbiy kо‘rikdan, konchilik ishlarida ishlovchilar va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida bо‘lganlar esa davriy tibbiy kо‘rikdan о‘tishlari lozim.
Tibbiy guvohlash va kо‘riklar natijalariga kо‘ra korxonaga ishga kirayotgan yoki ishlayotgan shaxslarning kasbi bо‘yicha, shu jumladan xavfli, zararli moddalar va yomon ishlab chiqarish omillari ta’siridagi sharoitlarda ishlashlari uchun, ularni sog’lig’i va yaroqlilik darajasi haqida xulosa beriladi. 1.3.14. Xodimni kasbiy kasallanish paydo bо‘lishning potensial xavfi yuqoriligi shubhasiz bо‘lgan ishga qabul qilish yoki о‘tkazish paytida ma’muriyat uni bu tо‘g’risida ogohlantirishi, ya’ni ish sharoitlari, zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini profilatika qilish usullari, shaxsiy muhofaza vositalari, shuningdek unga beriladigan imityozlar va kompensatsiyalar bilan tanishtirishi, hamda uning shunday sharoitlarda ishlashga roziligini yozma ravishda olishi kerak. 1.3.15. Xodimda zidlik yoki kasbiy kasallik belgilari aniqlanganda, ma’muriyat tibbiy xulosaga asosan uni zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bilan bog’liq bо‘lmagan ishga о‘tkazishi kerak. 1.3.16. Xodimlar tibbiy kо‘rik о‘tishdan bosh tortgan yoki о‘tkazilgan kо‘riklar yuzasidan tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, ma’muriyat bu holatlarni mehnat intizomini buzish deb qarashi, ularni ishlashiga ruxsat bermaslikka haqli. 1.3.17. Fuqorani sog’ligiga zid bо‘lgan ishga qabul qilish taqiqlanadi. 1.3.18. Xodimni mutaxassisligi va kasbi, uning lavozimi va bajaradigan ishiga muvofiq bо‘lishi kerak. Xodimdan kasbiga tо‘g’ri kelmaydigan va unga о‘rgatilmagan ishni talab qilish taqiqlanadi avariyalarni oldini olish va bartaraf etish hollari bundan mustasno. 1.3.19. Ishchilar va mutaxassislar tasdiqlangan meyorlarga muvofiq ularni kasbi, lavozimi va ish sharoitlariga mos bо‘lgan maxsus kiyimlar, poyafzallar va boshqa shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanishlari kerak, hamda ulardan foydalanishga majburdirlar. Karyer hududida turgan shaxs himoya kaskasini kiyishi kerak. 1.3.20. Mashinistlar va mashinist yordamchilari boshqa konchilik mashinalariga ishga о‘tkazilganlarida, ular avvaldan ushbu konchilik mashinalarning foydalanish hujjatlari, elektrlashtirilgan mashinalarda esa elektr ta’minoti sxemalarini mumkin bо‘lgan о‘zgarishlari bilan tanishtirilishlari kerak. 1.3.21. Ishlovchilar uchun ishlarni bexatar olib borishga oid yо‘riqnomalar dastlabki yо‘riq paytida, о‘rganish uchun imzo bilan ularni qо‘liga berilishi, yoxud ish joylari yoki uchastkalarda osib qо‘yilishi, yoxud ishlovchilar uchun qulay aniq joylarda saqlanishi mumkin. 1.3.22. Karyer shtatida bо‘lmagan, ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun uning bо‘lishi lozim bо‘lmagan shaxslar (xuddi shunday delegsiya tarkibida bо‘lgan chet el fuqarolari) xavfsizlik texniksiga oid yо‘riqdan о‘tishlari va karyerda bо‘ladigan hamma vaqtda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanishlari kerak. Ekskursantlar, delegatsiyalar, nazorat organlari vakillarining karyer sanoat maydoni va ish joylariga borishlari, karyer rahbariyati bilan kelishuvga binoan karyer vakili kuzatuvida amalga oshiriladi. 1.3.23. Ishlarni bajarish uchun yozma naryad berilishi kerak. Ishlarni bajarishga oid naryadni berish va uni bajarilishini nazorat qilish korxonaning texnik rahbari tasdiqlangan naryad tizimi haqidagi nizomga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Loyihalar, pasportlar, sxemalar bilan kо‘zda tutilgan ishlarga oid naryadlarni berish paytida ishni va xavfsizlik choralarini tо‘liq izohlamasdan shu hujjatlarni ilova qilish mumkin. Bunda kо‘rsatilgan hujjatlar ishlarni sifatli va bexatar bajarish uchun zarur va yetarli ma’lumotlarga ega bо‘lishi lozim va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak, ishlarga rahbarlik qiluvchi va ishlarni ijro etuvchi shaxslar esa imzo bilan tanishtirilishlari kerak. Naryadda smena davomida uchastkada bajariladigan ishlarning barcha turlari, jumladan boshqa uchastka va xizmatlar xodimlari tomonidan bajariladigan ishlar ham kо‘rsatilishi kerak. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling