Umumuy o‘rta ta’lim maktablarining 10 sinfi uchun darslik


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 26.54 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1622834
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. „Jurnalist qalamining o‘tkirligi“ deganda nimani tushunasiz?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, siz gazetxonlik madaniyatiga rioya qilasizmi?
3. Bloger so‘zini qanday izohlaysiz?
4. Bugungi kun ommaviy axborot vakillarining nutqi haqida o‘z fikrlaringizni ayting.
5. Quyida jurnalist Qulmon Ochilning yozuvchi Said Ahmad bilan bo‘lgan intervyusidan parcha berilgan. Uni o‘qib, adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish holatlari yuzasidan mulohaza yuriting. Sarlavhaga diqqat qarating.
SUYANADIGAN CHINORLARIM KO‘P
– Bir kuni Siz ustozingiz G‘afur G‘ulomdan „Tengdoshlaringizdan qaysi birining asarlarini yaxshi ko‘rasiz?“ – deb so‘raganingizda u kishi gapni hazilga burib yuborgan ekanlar. Endi shu savolni o‘zingizga bersam, nima deysiz?
– Qariganimda tengdoshlarimning biri yaxshi, biri yomon deb baloga qolmay. Yaxshisi, shogirdbachchalardan so‘rang.
– Mayli, shogirdlaringizni ayting, bo‘lmasa.
– U „bezobrazniy“larni shogird deyishga tiling bormaydi. Qolaversa, ularning o‘zi endi katta ustoz bo‘lib qolishgan. Erkinning qanchadan qancha shogirdlari bor. O‘tkirning ortidan qancha yosh talantlar ergashib yuribdi. Ne’matni aytmay qo‘ya qolay. U hajvchilikda o‘ziga xos maktab yaratyapti….
http://eduportal.uz 11
– Shogirdlaringiz bilan qanday til topishasiz?
– Ularning fe’l-atvori menga ma’lum. O‘tkir donolik qilib kuydiradi. Nosir gapni chimchilab-chaqib aytadi. Ne’mat gunoh qilib qo‘yganda Buxoro lahjasida ikkita latifa aytib, kuldirib qutuladi. Xudoyberdi „pora“ beradi. Uzoq kelmay ketsa, biron paqir shaftolimi, shotut murabbomi olib keladi. Yegan og‘iz uyalar, deganlaridek, uni koyishga tilim bormay qoladi. Do‘st safarlarda bilinadi. Bu shogirdbachchalarim ko‘p safarlarda sinalganlar. Shunday suyansam bo‘ladigan chinorlarim borligidan quvonaman.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
2.1- topshiriq. Gazeta uchun xabar matni yozing.
Taxminiy mavzular:
1. „Hayotimdagi unutilmas hodisa“.
2. „Kitobxonlik tanlovi“.
3. „Men havas qiladigan mashhur inson“.
4. „O‘zi ham, so‘zi ham, ishi ham ibrat“.
Bajarish tartibi:
1) yozishga arziydigan voqea yoki hodisani toping;
2) muhim jihatlarini eslang, dalillarni aniqlang;
3) hodisa ro‘y bergan vaqt, joyni ko‘rsating; qatnashchilarni qayd qiling;
4) ularning har birini qisqacha tavsiflang (bu juda muhim);
5) voqelikka munosabatingizni aniqlab oling;
6) tasvirlar ekansiz, voqeani baholang, munosabatingizni bayon qiling.

Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling