Unit 1 Nouns- otlar: singular nouns- birlik otlar plural


Unit 5 Possessives – egaliklar


Download 120.2 Kb.
bet10/50
Sana05.04.2023
Hajmi120.2 Kb.
#1273745
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Grammarway rule 1-20

Unit 5
Possessives – egaliklar.
Possessive Case (‘s/s’) – qaratqich kelishigi (ning/larning)
1. Biz qaratqich kelishigini quyidagi holatlarda ishlatamiz:
a) Biror narsa biror kimga tegishli ekanligini tasvirlaganimizda.
Mary’s bag – Merining sumkasi.
b) Ikki va undan ortiq odamlarning o’rtasidagi munosabatni tushuntirganimizda.
Tom’s uncle – Tomning amakisi.
c) Magazinlar va uylar haqida gaplashganimizda.
He’s at the baker’s – u novvoyxonada.
They are at Bob’s – ular Bobning uyida.
2. Qaratqich kelishigi ikki usulda yasaladi:
a) ‘s odamlar va hayvonlar uchun.
Jim’s flat – Jimning kvartirasi.
b) Predlog of (ning/larning) ni narsalarga nisbatan ishlatamiz.
The legs of the table – stolning oyoqlari.
3. Birlikdagi otlar va atoqli otlarning o’zagiga ‘s (ning) ni qo’shamiz.
The boy’s ball – bolaning koptogi.
Emily’s car – Emelining moshinasi.
Agar atoqli otlarimiz-s ga tugaydigan bo’lsa, biz ‘s yoki belgisini o’zini qo’shamiz.
Doris’s hat yoki Doris’ hat – Dorisning shlyapasi.
4. Qaratqich kelishigining ko’plik shaklini yasashimiz uchun s’ ni otning o’zagiga qo’shamiz.
The girls’ house – qizlarning uyi.
Noto’g’ri otlarimizning birlik va ko’plik shakllari qaratqich kelishigida bir xil yasaladi.
The man’s boat – kishining qayig’i, the men’s boat – kishilarning qayig’i.
Woman’s daughter – ayolning qizi, women’s daughters – ayollarning qizlari.
Child’s dog – bolaning kuchugi, children’s dogs – bolalarning kuchuklari.
5. Qachonki bir xil narsa ikkita va undan ortiq odamlarga tegishli bo’lsa
s ni faqatgina oxirgi otning o’zagiga qo’shamiz:
Paul and Tina’s house – Poul va Tinaning uyi. (bitta narsa ya’ni uy ikkita odamga tegishli)
6. Qachonki ikki yoki undan ortiq narsalar, ikki yoki undan ortiq odamlarga tegishli bo’lsa va har bir shaxsning o’zining shaxsiy narsasi bo’lsa ‘s ni har bitta shaxsning o’zagiga qo’shamiz:
Mary’s and Sarah’s roller skates – Meri va Saralarning roliklari (har bir shaxsning o’zining shaxsiy roligi bor).

Download 120.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling